(eramizdan awalgi 384—322-yillar)
Markaziy Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo'lgan Aristotel
eramizdan awalgi 384-yilda Stag‘irda (Makedoniya yarirri oroli)
shifokor oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Nikomax podsho
Aminti II saroyida shifokorlik qilgan.
A ristotel 17 yoshida A finaga keladi va bu yerda o ‘z
zamonasining mashhur olimlarilan b o ‘lgan Platonga shogird
tushadi. Platonning vafotidan so'ng Aristotel 347-yili Afinadan
Troad tomon o‘tib, Assosga boradi. Chunki bu yerda ustozning
tarafdorlari ko‘p edi. Unga, ayniqsa, zo‘ravon, zolim Germiy
homiylik qiladi. Aristotel Germiy vafotidan so‘ng Lesbos yarim
orolidagi Mitilen shahriga ko'chib o ‘tadi va u yerda 342-yilgacha
yashaydi. 342-yili Makedoniya podshosi Filipp o‘zining Aleksandr
ismli 13 yoshli o‘glining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan
chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta
kutubxona tashkil qiladi.
Shu davrda Gretsiyada chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib
ketgan edi. N atijada qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu
maktablardan so‘z san’ati ustalari yetishtirib chiqardi. Keyinchalik
22
chiroyli so‘zlash haqidagi qo‘llanmalar maydonga keldi. Shunday
asarlardan biri Aristotelning «Ritorika» nomli kitobidir. Buyuk
olim uni mashhur «Poetika» nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan
oldingi 330-yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan
edi.
M a’lumki, ungacha Anaksimon, Lampsak ham «Ritorika»
nomli qo'llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman
o ‘xshamaydi. Ularning birinchisi qo'llanm a bo‘lsa, ikkinchisi
chiroyli so‘zlash nazariyasi bo'yicha ilmiy mulohazalardan iborat.
Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asaming
birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish
uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi
kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning
fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri
va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi
so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy
fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan
darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan
so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez
yetishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari,
Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun hazil-
mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib, tinglovchilarni
hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan
foydalansa, har xil epitet, chog‘ishtirish va metofaralami qo‘llasa,
nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar
ko'payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo‘ymasligi kerakligini ham
ta’kidlaydi.
Arsitotel notiqlik san’atini egallashni 5 qismga bo‘lib o‘rgatadi:
Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash).
Materialni joylashtirish shakli (rejasi).
Materialni eslab qolish (o‘zlashtirish).
Materialni socz yordamida to ‘g‘ri aks ettirish.
Materialni to ‘g‘ri talaffuz etish.
Aristotelning fikrlari hozirgi kunda ham o ‘z qimmatini saqlab
kelmoqda.
23
Demosfen
Do'stlaringiz bilan baham: |