Mavzu: Shamollar va havo massalari Maqsad va vazifalar



Download 350 Kb.
bet2/4
Sana01.04.2022
Hajmi350 Kb.
#522384
1   2   3   4
Bog'liq
shamol hulkar

Kelgusi rejalar
O‘qituvchi
Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqyalar bilan bog‘laydi va solishtiradi.
O‘quvchi:
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
Dars bosqichlari
Bosiqichlar
Mazmuni
Metodlar
Vaqti
1-bosqich Tashkiliy qism
Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.
og‘zaki ,muloqot 3 daqiqa
2-bosqich Motivatsiya
Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.
“BLITS” so‘rov topshiriqlari
SHakli: “ha-yo‘q” 8 daqiqa
Asosiy bosqich:
a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.
b) yangi mavzu bayoni - daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi
Mavzu:Shamollar va havo massalari
Maqsad va vazifalar
O‘quvchilarda atmosfera, havo harorati, bosimi haqidagi bilim va tushunchalarni shakllantirishda davom etish; boshlang‘ich sinfda Tabiatshunoslik fanidan Quyosh nuri, Yer yuzida esuvchi shamollar haqida olgan bilimlarini eslatish; nega shamol esadi, briz, passat, musson shamollarining paydo bo‘lishi, shamolning ahamiyati haqida bilim berish. O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas, xaritalar va rasmlar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
O‘quv materiali mazmuni
O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari bunda samolni vujudga kelishining asosiy sabablarini, Briz shamoli u yer yuzasining qaysi joylarida paydo bo‘lishini, musson va passat shamollarining hosil bo‘lish sabablarini va vaqtlarini Yer bag‘rining foydali qazilmalarga boyligi haqida aytib bera olishi.
O‘tilgan mavzuni atlas va o‘qituvchining o‘quvchilarga bergan ma’lumotlariga asoslanib savol va topshiriqlar bo‘yicha mustahkamlash:
Asosiy bosqich:
a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning daryolar haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.
b) yangi mavzu bayoni - daryo elementlarini ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.
og‘zaki bayon, tushuntirish,savol-javob 20 daqiqa
4-bosqich Mustahkamlash Grafik usulda test topshirig‘i. Daryoning elementlari rasmlardagi qaysi harflarga mos kelishini aniqlash.Grafik usulida test topshirig‘i. 12 daqiqa
5-bosqich Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq
Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar 2 daqiqa
Mashg‘ulotning borishi
Dars rejasi:
1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa).
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
3. “Geografik nomlarni bilasizmi?” elektron doskasi orqali bilimlarini tekshirish. (elektron doska bo‘lmasa o‘qituvchi tomonidan geografik nomlar yozilgan tarqatmalar tayorlab qo‘yiladi.) (5 daqiqa)
4.“Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (7daqiqa).
5 Yangi mavzu bayoni. O‘qituvchining kichik maruzasi (6 daqiqa).
6.“Yer yuzida esuvchi shamollar” filmini ko‘rish (5 daqiqa).
7. Guruhlar taqdimoti “O‘tkir zehinlilar o‘yini” (12 daqiqa).
8. “Qisqa muddatli test sinovi” (3 daqiqa).
9. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa).
10. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa).
11. Uyga vazifa.
1. O`qituvchining kirish so`zi (1daqiqa).
Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish, davomatni aniqlash;
b) o`quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish;
2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa).
O`quvchilar iqlim elementlariga ko`ra 5 ta guruhga bo`linib, joylariga o`tirishadi (emblemalar ilova qilinadi).
I-guruh. Quyosh
II-guruh. Bulut
III-guruh. Shamol
IV-guruh. Yomg`ir
V-guruh. Qor
O`quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:
Oltin qoidalar:
1. Faollik.
2. Vaqtga rioya qilish.
3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik.
4. O`zaro hurmat.
5. To`g`ri javob uchun rag`bat.
6. O`ng qo`l qoidasi.
7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”.
8. Intizom.
Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi.
3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash - 7 daqiqa).
Guruhlar o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo‘yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar. (savollar ilova qilinadi).
1-savol Havo haroratining sutkalik amplitudasi deb nimaga aytiladi?
Javob: Sutkalik havo haroratining eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlari oasidagi farqqa havo haroratining sutkalik amplitudasi deb ataladi.
2-savol Havo haroratining yillik amplitudasi deb nimaga aytiladi?
Javob: Yil davomidagi eng yuqori harorat bilan eng past harorat oasidagi tafovut havo haroratining yillik amplitudasi deb ataladi.
3-savol Yillik amplituda Yer yuzining qayerlarida kattalashib boradi?
Javob: Ekvatordan qutublarga tomon yillik amplituda kattalashib boradi.
4-savol Havo bosimi deb nimaga aytiladi?
Javob: Havoning Yer yuzasiga va undagi barcha narsalarga bergan bosimini havo bosimi deb aytiladi.
5-savol Havo bosimi qanday asbob bilan o‘lchanadi va u necha xil bo‘ladi?
Javob: Havo bosimi barometr asbobi bilan o‘lchanadi. U ikki xil bo‘ladi,
simobli barometr va metal barometr.
4. “Amaliy topshiriq” orqali uyga berilgan mavzu uyzasidan bilimlarni
tekshirish (7daqiqa).
1-topshiriq Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik haroratini toping. (Kechasi soat 1da +40C, soat 4da +40C, ertalab soat 7da +60C, soat 10da +120C, kundizi soat 13da +160C, soat 16da +180C, kechqurun soat 19da +120C, soat 20da +80C ga teng)
Javob: Buning uchun sutka davomida kuzatilgan natijalar qo‘shilib, kuzatilgan songa bo‘linadi. Ya’ni: Haroratlar yig‘indisi 80 : 8 =100C
Andijon shahrining o‘rtacha sutkalik harorati +100C ga teng.
2-topshiriq
Yanvar oyining o‘rtacha harorati -80C, iyul oyidagi o‘rtacha harorat +220C bo‘lsa, bir yillik havo haroratining amplitudasi necha gradusga teng bo‘ladi?
Javob: Yillik havo haroratining amplitudasini aniqlash uchun (issiq) iyul oyining havo haroratidan (sovuq) yanvar oyining havo harorati ayriladi, ya’ni
+22 - (-8) = +22+8 =+300C demak yillik amplitudasi +300C ga teng.
3-topshiriq
Agar tog‘ etagida havo harotati +300C bo‘lsa, 5000 m balandlikda havo harorati necha gradusga teng bo‘ladi?
Javob: Havo harorati har 1000 m balandlikka ko‘tarilganda -60C ga soviydi.
5000: 1000 = 5 marta soviydi. 5. (-6) = - 300C. Demak, +30+( -30) = 00C
Demak havo harorati 5000 m balandlikda 00C ga teng.
4-topshiriq
Samolyot 3 km balandlikda uchib borayotganda Yer yuzasida harorat +200C bo‘lsa, Samolyot uchib borayotgan balandlikdagi haroratni aniqlang.
Javob: Har 1000 m balandlikda harorat -60C ga pasaysa, 3 kmda - 180 C ga pasayadi ya’ni 3 . (-6) = - 180C 20+(-18) =+20C.
Demak samolyot uchib borayotgan balandlikda havo harorati +20C ga teng.
5-topshiriq
Troposferada havo harorati o‘rtacha har kilometr balandlikda 6°C pasayadi. Shuni hisobga olib, Toshkent va Samarqand shaharlarida Yer yuzasidagi harorat +22, +27°C bo‘lsa, bu shaharlardan 4 km balandlikdagi havo haroratini hisoblang.
Javob:
1 Toshkent + 22 + 4 : (-6 ) = + 22 - 24 = +2°C
2. Samarqand + 27 + 4 : (-6 ) = + 27 – 24 = +3°C
5. Yangi mavzu bayoni. O‘ituvchining kichik maruzasi (7 daqiqa).

Download 350 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish