1966 yil 26 aprel soat 05:22!
Toshkent shahri seysmik jihatdan faol mintaqada joylashgan hudud hisoblanadi. 1966 yil 26 aprel tongini butun dunyo yaxshi eslaydi. Bu vaqtda Toshkent vayronaga aylangandi. Zilzila bo‘lishidan avval juda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Shahar chekkasida shafaq ko‘rindi. Keyinroq olimlar shafaq nima sababdan kelib chiqqanini aytishdi. Zilzila o‘qchog‘i 5-10 kilometr chuqurda joylashgan bo‘lgan. Yer ostida yig‘ilgan tektonik kuchlanish yer yuzasiga chiqish vaqtida elektr energiyasiga aylangan va Toshkent aholisiga mana shu energiya shafaq bo‘lib ko‘ringan.
Shahardagi zilzila markazi “Qashqar” (Qoshg‘ar) mahallasi va “Labzak” o‘rnida bo‘lgan. Hududda vertikal zarblar kuchining magnitudasi 5,3 ga teng, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik maydoni 10-12 kvadrat kilometrni tashkil qilgan. Yerning 2-3 gers chastotada silkinishi 10-12 daqiqa davom etgan. Shu yili 9 maydan 10 mayga o‘tar kechasi, 24 may va 5 iyunda (6-7 ballga teng) kuchli silkinishlar takrorlangan.
Voqea yuz berishi bilan Sharof Rashidov boshchiligidagi respublika hukumati barchasini nazoratiga oldi. Toshkentga mingdan ortiq chodir joylashtirildi, 600 ga yaqin vaqtinchalik oziq-ovqat do‘konlari tashkil qilindi. Suv ta’minoti uzluksiz ishladi. Bu bilan o‘z navbatida shaharda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epidemiyaning oldi olindi. Eng qizig‘i, manbalar shaharda o‘sha vaqti talonchilik holati umuman kuzatilmagan deyishadi. SSSRning barcha davlatlaridan Toshkentga turli ko‘rinishda yordamlar kela boshladi.
“Помогите Ташкенту!” – poytaxtning qayta tiklanishi
Shahar chodirlar, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, jihozlari bilan ta’minlandi. Fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy mablag‘larini o‘tkazadigan jamg‘arma tashkil qilindi. O‘sha vaqtda SSSRda pul birligi rubl bo‘lgan. Mazkur jamg‘armaga 10 million rubldan ortiq pul kelib tushgan. Mablag‘ning 5,5 million rubli yakka tartibdagi turar-joy binolarini ta’mirlash uchun tuman ijroiya qo‘mitalari tomonidan egalariga ajratildi. Pulning bir qismi shaharda o‘yin maydonlari qurish, odamlar joylashtirilgan vaqtinchalik lagerlarda bepul ovqatlanish va boshqalarga yo‘naltirildi. 15 mingda ortiq oila o‘z roziligi bilan O‘zbekistonning boshqa hududlari yoki qo‘shni davlatlarga joylashtirildi.
Poytaxtni qayta qurish uchun qo‘shni davlatlardan minglab odamlar jalb qilindi. 1966 yilning dekabrida qurilish ishlarining birinchi bosqichi tugadi. 300 mingdan ziyod fuqarolar boshpanali bo‘ldi. Qisqa, uch yarim yil ichida zilzila oqibatlari to‘liq bartaraf etildi. O‘sha vaqtda SSSR shoiri Andrey Voznesenskiy Toshkentga yordam berish uchun quyidagi mazmunda chaqiruv-she’rini ham yozgandi:
Помогите Ташкенту!
Озверевшим штакетником вмята женина в стенку.
Ты рожаеш, Земля.
Говорят, здес красивые горные встанут массивы.
Но настолко л красиво, чтоб живых раскрошило?
Если лес - помоги,
если хлеб - помоги,
если ест - помоги,
если нет - помоги!
Zilziladan 10 yil o‘tgach, 1976 yil 20 may kuni hodisaga atab, Toshkentda “Jasorat” monumental majmuasi o‘rnatilgan. Granit poydevorga qora labradoritdan yasalgan kub o‘rnatilgan, uning bir tomonida 26 aprel 1966 yil sanasi bitilgan. Ikkinchi tomonida siferblatlari 05:22 ni ko‘rsatib turgan soat o‘yilgan. Kubdagi darz yerning yorilishi ramzi bo‘lib, to bolasini bag‘riga bosgan ayol va ularni tabiiy ofatdan ko‘ksi bilan to‘sib turgan erkakning bronza haykali poyigacha davom etgan. Monument foni bo‘lib, Toshkentning qayta tiklanishini aks ettiruvchi bo‘rtma kompozitsiya xizmat qiladi.
1966 yil sanasi Toshkent tarixida vayrongarchilik yer qimirlashi voqeasi bilan muhrlanib qolgan, biroq, shahar bu hodisani g‘alaba bilan yengdi: yangi binolar qad rostladi, tumanlar barpo etildi. Sharof Rashidov O‘zbekiston aholisini tiklash bilan birga, butun sovet xalqini, asosiysi, SSSR rahbariyatini safarbar etishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi silkinishlardan so‘nggina Toshkentga tezlik bilan Brejnev va Kosiginlar yetib kelishgan, so‘ngra, Sovet Ittifoqining barcha respublikalarining ommaviy qurilish guruhlari kelishni boshlagan. Shahar markazidan aholi yashashi uchun chodir shaharchalar tashkillashtirish uchun armiya hizmatda bo‘lgan.
Vayronaga aylangan shaharni tiklashga bo‘lgan harakatni hech bir mamlakat xali ko‘rmagan edi. Shaharda yangi aholi tumanlar paydo bo‘ldi: Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Qoraqamish. Paxsa uylardan butunlay voz kechildi. Hukumatning qarori bilan, ularning o‘rnida ko‘pqavatli uylar qad rostladi. Toshkent 3,5 yil ichida butunday tiklandi.
Sharof Rashidovning tashabbusi bilan, 1968-1970 yillar Toshkent metropolitenining qurilishi boshlanib, uzunligi 12,2 km.ni tashkil qiluvchi, to‘qqizta bekatga ega bu yerosti yo‘lining ochilishi 1977 yil bo‘lib o‘tdi. Mamlakatda nafaqat shaharning ta’mirlanishi, balki, xalq xo‘jaligining yirik qurilish obyektlarining qurilish ishlari ham amalga oshirilgan. Toshkent markazida 1969 yil, sobiq S. P. Koroleva nomidagi Oy va Marsning ilmiy aerokosmik tadqiqotlari bo‘yicha OKB filiali tashkil etilib, keyinchalik “O‘zbekkosmos” nomini olgan.
O‘zbekiston Sharqning sanoat markazlaridan biriga aylangan. Toshkent avatsiya zavodi (TAPOICh) dunyodagi eng yirik korxonalar beshtaligidan joy olgan. Bu yerda yiliga 60 dan ziyod yirik harbiy-transport va fuqarolik samolyotlari chiqarila boshlab, Yevropa davlatlarining yirik aviatsiya uyushmalari bilan taqqoslana olgan.Toshkent traktor zavodi yiliga 21 mingdan ziyod traktorlar ishlab chiqargan, “Tashselmash” - yiliga 10 mingdan ortiq paxta terish mashinalari ishlab chiqargan.
Bugungi kunda Poytaxtimizda faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent metropoliteni ham aynan Sh.Rashidovning xizmatlari bilan bunyod etilgan. Sharof Rashidov zilziladan so’ng to’liq poytaxtimizni yangitdan bunyod etib bergan.
Sharof Rashidov SSSR respublika rahbarlari ichida Markazga ta’sir eta olgan. O’zbekiston nomini Jahonga tanitgan buyuk siyosat arbobi edi. “Toshkent deklaratsiyasi” Kuba davlat rahbari bilan uchrashuv, Jahon xalqlari kino festivallari Sharof Rashidovning ham siyosiy , ham ma’daniyat sohasidagi o’z o’rnini munosib belgilaydi”.*
*Xalqning atoqli farzandi - T.: 2017-yil
5. Mustaqillik yillarida Sh.Rashidov shaxsiga bo’lgan munosabat.
Sharof Rashidov faoliyati bilan bog’liq bir holatni ko’rib chiqaylik: Anqaboy Quljonov O‘zbekiston Oliy Kengashi Hay'ati Raisi Sh. Rashidovning O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Kengashi kotibi N. A. Muhiddinovga yo‘llagan maktubini Oliy Kengash xujjatlari ichidan topib e'lon qilgan. *
“...O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ko‘pgina masjidlar, mozorlar, diniy obidalar xarob holatda va ular mayda ehtiyojlar uchun foydalanilmoqda. Masalan, Toshkent islom bilim yurtini ochishga mo‘ljallangan Baroqxon madrasasining chap qanoti ta'mirlanmoqda, bu yerda esa Toshpromtorgning kerosin do‘koni joylashgan. Tilla Shayx markaziy jom'ye masjidi saroy hududida joylashgan va diniy boshqarmaga qarashli bino 23-maktabning fizkultura zali bilan band. Masjid hovlisiga esa bu bino derazasi orqali chiqiladi.
…….Imom Qaffol Shoshiy masjidi mozori atrofini esa avtomashina maktabi talabalari yotoqxonasi egallagan. Bu masjid gumbazidagi yarim oy shaklidagi islom dini timsoliga Qizil bayroq o‘rnatilgan, Zayniddin Shayx Jom'ye masjidi yonidagi mozor esa me'morchilik boshqarmasi ixtiyoriga berilgan, qulf osib qo‘yilgan. Oqibat natijada musulmon ulamolari ushbu mozorni chet ellik mehmonlarga ko‘rsata olmadi, chunki qarovul kalitni o‘zi bilan olib ketgan, qorovulni har qancha izlashsa ham topishning iloji bo‘lmadi, chet ellik mehmonlar oldida, noqulaylik vujudga keldi.
……Masjid va qabristonlarni nobop asrash va foydalanishda keltirilgan bu xildagi faktlar Xudoga ishonuvchilar va nomozxon kishilarda norozilik tuyg‘usini yuzaga keltiradi, ayni vaqtda, xorijiy mehmonlarda noxush taassurotlar uyg‘otadi va bu hol xorijda salbiy sado beradi. Bularning barchasi amerika-ingliz imperialistlariga g‘arazli maqsadlarda bizning sovet tuzumimizga qarshi tuhmat qilishda foydalanish uchun qo‘l keladi.
*Anqaboy Quljonov Yangiyer ozovi gazetasi muharriri
Bu ishga O‘zbekiston KPMK rayosatining aralashuvini zarur deb hisoblayman.
Qaror loyihasini taqdim etaman.
Sh. Rashidov”.
Bu qaror qabul qilindi.
Sharof Rashidov muqaddas dinimiz Islom an’analarini hurmat qilib uni qayta tiklashga e’tibor berdi. Bu ish sovet davlarlarining ateistik qarashlarida qarshi chiqish edi. Ammo Sharof Rashidov qo’rqmadi va qator obyektlarimizni tuzatib berdi. Ma'naviy jasorat deganlari ham ayni shu edi. Dinni zahar emas, yagona malham deganlari ayni shu edi. Bir odamning butun boshli qo‘shinga, minglab saf tortib turgan soldatlarga, yuzlab tanklarga, minglab pulemyotlarga, minglab avtomatli, qurol aslahali qattollarga qarshi jangga otlandi va yengib chiqdi deganlari ayni shu edi. Xudo Sharof otaning bu jasorati uchun o‘zi mukofotlasin, Abu Lays as-Samarqandiy hazratlari “Masjidlarni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir” degan edilar, yerda Xudoning uyi-masjidlarni obod qilgan muhtaram zotga, Olloh taolo jannat bog‘chalaridan ko‘rkam joylar ato etsin.
“1983 yil edi. Otam bir necha oydirki to‘shakda qimirlamay shiftga qarab yotar, uyda bor budimizni sotib shifoxonaga tashir, allaqachon ro‘zg‘orimizning tagi ko‘rinib qolgan bo‘lsada, otamning sog‘ayib ketishiga ishonib, shifokorlar nima desa hammasini muhayyo etar, kecha-yu kunduz otamning oldidan bir qadam nari siljimasdik. Onamning qop-qora sochlari shu bir necha kecha-yu kunduzning ichida ko‘zimiz o‘ngida oppoq oqarib ketganini ko‘rib turar edik.*
“Mana Rashidovday odam ham vafot etibdi. Do‘xtirlar ushlab qololsa shu odamni ushlab qolar edi. Endi dori-darmon tashishni bas qilinglar. Endi o‘lishimga ishondim. Endi mendan rozi bo‘lib xayrlashinglar. Men hammalaringdan roziman...””**
Do'stlaringiz bilan baham: |