Mavzuni o’rganilish darajasi: Sharof Rashidov faoliyati to’g’risida ko’p ilmiy ishlar dissertatsiya ishlangan bo’lib mustaqillikning dastlabki yillarida O`zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I .A.Karimov “ Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli asari Sh.Rashidov faoliyatini ochib berishda muhim o’rin tutdi. Shuningdek Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan qator ilmiy asarlar chop etildi. Bu asarlardan ilmiy yo’nalishda yozilganlari g’oyat ahamiyatli sanaladi. Fyodor Razzoqovning “Sharof Rashidov: hayot va mamot”, Nuritdin Muhitdinovning “Kremlda o’tgan yillarim” asarlari shular jumlasidandir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishida O’zbekistonda Sh.Rashidov nisbatan olib borilgan siyosat va uning oqibatlari zaruriy manbalar asosida o’rganish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. O`zbekistonda Sh.Rashidov faoliyatini keng ommaga yetqazish. Bu masalalarni ilmiy-nazariy tahlil qilish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq deb hisoblandi:
1. Sh.Rashidovni faoliyatini keng o’rganish.
2. Sh.Rashidovning xalqimiz oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish yo’lida asarlar chop etish.
3. Sh.Rashidov haqida tarixiy haqiqatni ochishda haqqoniy yo’l tutish va buyuk davlat arbobimizni munosib xotirlash. Yosh avlodga Sh.Rashidov haqida bilimlar berishni izchil tashkil etish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, Asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat.
I.Kirish
“Bu ulugʻ inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardosh berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi”.
“Umrining soʻnggi daqiqalarida ham dalaga borib, zahmatkash oʻzbek dehqonlari orasida boʻlganini barchamiz yaxshi bilamiz”.
Sh.M.Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Sharof Rashidovich Rashidov- buyuk o’zbek xalqining atoqli farzandi, eng qiyin ,eng taklikali, xalq och-nahor, yalang’onch bir paytda yurtni boshqargan fidoyi rahbar. Millatimizning asl farzandi. SSSR tuzumi davrida O’zbek xalqining jonkuyar himoyachisi va qalqoni. 34 yil davomida davlatimizni boshqargan haqiqiy rahbar. O’zbek ma’daniyati va ma’daniyatini yuksaltirgan yozuvchi. Toshkent shahrini qayta bunyod etgan binokor. Mirzacho’l va Qizilqum cho’llarida bog’rog’lar barpo etgan bobodehqon. Qancha ta’riflasak ham shuncha kam bu insonga. Sh. Rashidov 1950-yildan to vafotlariga qadar faqat yurt va millat haqida qayg’urdilar. Umrlarining oxirida ham Qoraqalpog’istonning paxta dalalarida edilar. Bugungi mustaqillik damlarida u kishining yorqin xotiralarini munosib e’zozlamoqdamiz. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 27-martdagi “Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi qarori bilan yurtimiz bo’ylab keng miqyosda yurtizming buyuk arbobining tavallad ayyomlari nishonlandi.
“Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etildi.Sharof Rashidovning hayot yo’llari va siyosiy faoliyatlari, ijod yo’llari aks ettirilgan videofilm tasvirga olindi. Bugungi kunda har yili Sharof Rashidov xotirasiga bag’ishlangan siyosiy-ijodiy kechalar tashkil etilib kelinmoqda.
II. Asosiy qism:
1. Sh.Rashidov-yirik davlat va jamoat arbobi;
Sharof Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax viloyatining dehqon oilasida tavallud topodi. Otasi Rashid Rashidov(Xalilov) dastlab oddiy dehqon, inqilobdan keyin esa militsiyaga ishga kirib ancha moddiy ahvolini yaxshilab oladilar. Bolagigi uncha yaxshi o’tmagan bo’lajak rahbar 1924-yil Jizzax shahridagi sovet tipidagi 7-yillik maktabga o’qishga keladi. Onalari Qo’ysinoy aya uy bekasi bo’lganlar. Sharof Rashidov 1931-yilda Narimonov nomidagi 7-yillik maktabni tugatganidan so’ng Jizzax pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi. O’qishni tugatgandan so’ng maktabda o’qituvchilik qildi. 1937-yilda tog’asi taniqli shoir va jamoat arbobi Hamid Olimjonning yordami bilan Samarqanddagi “Lenin yo’li” gazetasida mas’ul kotib bo’lib ishga kiradi. Rashidov o’qituvchilik bilan birga ijod bilan ham shug’ullanadi va yuqori qatlam vakillarining nazariga tushadi.
“Rashidov ijodiy ishlarini Jizzax va Samarqanddagi gazetalarga yuborib turadi. Tez orada u nufuzli siymolarning nazariga tushadi. Taniqli shoir Hamid Olimjonning jiyani ekanligi inobatga olinib unga Samarqanddagi “Lenin yo’li” gazetasining mas’ul kotibligi topshiriladi”. *
1937-1941-yillar oralig’ida Sh.Rashidov mas’ul kotiblikdan bosh muharrir darajasiga ko’tariladi.1939-yilda kommunistik partiya a’zoligiga qabul qilinadi. Sh.Rashidov hatto mashhur bo’lsn voqea Sohibqiron A.Temur qabrini ochishda kinorejissiyor Malik Qayumov bilan birga qatnashadi. Ammo bu mash’um voqeadan so’ng II-jahon urushi boshlanib ketadi. Sh.Rashidov 1941-yil avgust oyida Sovet armiyasi safiga yozilib Qirg’izistonning Frunze shahridagi kursantlar bilim yurtiga yuboriladi.
__________________________________________________________________*Fyodor Razzoqov Sharof Rashidov: hayot va mamot. – T.: “O’zbekiston” NMIU 2020-yil. 32-bet.
Bu yerda ular tayyorlanishlari lozim edi. Ammo urush shiddatli tush olganligi uchun 1941-yil oktabr oyining oxiridayoq urushga safarbar etiladilar. Shimoliy-g’arbiy frontda general-leytenant P.A.Kurochkin qo’mondonligida janglarda qatnashadi. Moskva uchun janglarda qatnashgan mazkur harbiy qism juda keng ko’lamli ishni amalga oshiradilar.
1942-yil yanvardayoq Shimoliy-g’arbiy front qo’shinlari qarshi hujumga o’tadilar. Ular Denyamdagi nemis qo’shinlarigacha yetib olishadi. Bu vaqtda 38-gvardiyachi diviziyada xizmat qilayotgan Sh.Rashidov munosib jang qilaayotgan edi. SSSR harbiy arxivlarida shaxsiy sifatlari evaziga SH.Rashidov1942-yil boshlarida “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlanadi. Ammo Sh.Rashidov janglarning birida jarohatlanadi va Frontdan ortga qaytishga to’g’ri keladi.Sverdlovskda bir necha oy davolangandan so’ng urushga qaytishga harakat qiladi. Ammo shifokorlar uni yuragidagi asorat sabab frontga jo’natishmaydi.
1943-yilda O’zbekistonda qaytgan Sh.Rashidov o’zi o’qigan maktabda director bo’lib ishlaydi. Ham dars beradi va rahbarlik qiladi. Xotirasi kuchliliig uchun rus-tili, tarix, ona-tili va boshqa fanlardan ham dars beradi. 1 yil maktabni boshqargan Sh.Rashidov yana “Lenin yo’li” gazetasiga qaytadi. 1944-yilda esa u yana bir pog’onaga ko’tariladi. Samarqand viloyati kompartiya kotibligiga saylanadi.
Sharof Rashidov mansab pillapoyasidan ko’tarila boshlar ekan jamiyatining eng quyi pog’onasidan to yuqori mansabgacha barcha soha vakillari bilan muloqotda bo’lganlar. Bu unga keying respublika rahbarligida juda qo’l keladi.
“Sharof Rashidov oʻzining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan nafaqat Oʻzbekistonda, balki uzoq-yaqin oʻlkalarda ham katta obroʻ-eʼtibor qozonganligini taʼkidlab oʻtdi”.*
Sh.M.Mirziyoyev.: Sharof Rashidovning 100-yilligiga bag’ishlangan tantanadagi nutqidan. Jizzax 2017-yil.
Sharof Rashidovning 1943-yildan keying hayoti to’liq siyosat maydonida bo’ldi. U kishi Farhod GESi qurilishida shaxsan qatnashadi. Samarqanddan 13-kishilik tarkib tuzilib Sharof Rashidov boshchiligida Farg’onaga boradilar. Uning bu ishi Markazdagi samarqandliklarning e’tiboriga tushadi va uni Toshkentga chaqirish yo’llarini izlashadi. Nihoyat 1947-yilda Toshkentga olib kelinadi.
“ Samarqandlik yurtdoshlarining say harakatlari bilan Sharof Rashidov Toshkentga “Qizil O’zbekiston” gazetasiga mas’ul kotib bo’lib tayinlanadi”. *
Sharof Rashidovning Toshkentga kelishi Markazdagilarning ham e’tiborini tortadi. Natijada 1947-yilning o’zidayoq IKP(ВКП МК) qoshidagi Oliy partiya maktabining sirtqi bo’limiga o’qishga kiradi.
Oilaviy hayot ham izga tushadi. Raqifasi Xursadnoy doimo yonida, farzandlari Ilhomjon va Sayyoraxonlar voyaga yeta borganlar.
Sharof Rashidovning Toshkentga kelishi uni respublika rahbariyati bilan yaqinlashtiradi. Nuritdin Muhitdinov va Usmon Yusupovlar unga hurmat bilan qarashgan. Ayniqsa Usmon Yusupov Sharof Rashidovning siyosiy va ijodiy faoliyatiga amaliy yordam beradi. Aynan Usmon Yusupovning harakatlari bilan Sharof Rashidov 1949-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi etib saylanadi. Bu haqda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi.
“SSSR Yozuvchilar Uyushmasi Raisi Aleksandr Fadeyev Sharof Rashidovni qo’llab quvvatlab shunday deydi: “taniqli patriya xodimi, iqtidorli adib, tug’ishgan birodarim Rashidov bilan faxrlanaman” 1949-yil Toshkent.”**
1949-yildagi bu voqealar ham siyosiy, ham ijodiy faoliyatlarida kata ijobiy o’zgarish edi. Shundan so’ng Sharof Rashidov siyosatga bog’lanadi. Keyingi yillarda respublikaning mas’ul lavozimi ukishini kutib turar edi.
*Fyodor Razzoqov Sharof Rashidov: hayot va mamot. – T.: “O’zbekiston” NMIU 2020-yil 52-bet.
**Fyodor Razzoqov Sharof Rashidov: hayot va mamot. – T.: “O’zbekiston” NMIU 2020-yil 64-bet.
1950-yil O’zbekiston KPMK plenimuda Usmon Yusupovning shaxsan o’zi Sharof Rashidov lavozimini Oliy sovet prezidiumga tavsiya etadi. 1950-yil avgust oyida Sharof Rashidov Oliy Sovet Prezidimiga saylanadi. 1950-1959-yillarda O’zbekiston Oliy Soveti presidium raisi lavozimlarida faoliyat yuritganlar.
Sharof Rashidov shu yillar oralig’ida ko’plab siyosiy buhtonlarga uchraydi. Birinchisi: 1950-yilda Oliy Sovet Prezidiumiga saylanganlarida uni Usmon Yusupovga qarshilar yo’q qilishga harakat qildilar.
Ikkinchisi: 1954-yilda Usmon Yusupovning Moskvadan ketishi bilan Toshkentda ham Sharof Rashidovni ketishini xoxlovchilar paydo bo’ldi.
Amin Niyozov va Nuritdin Muhitdinovlar unga qarshi bo’lmasalar ham lekin himoya ham qila olmas edilar. Chunki Markaz ruslar tomonidan boshqarilar va boshqa mahalliy millat vakillarining bosh chiqarishiga qarshi edilar. Buni 1949-yildagi va 1951-yildagi qatag’onning oqibatlarini eslash joizdir. Shu yillarda Stalining qatag’on mashinasi mahalliy millat ziyolilarini yo’q qilishda davom etayotgan edi.
Xulosa qilib shuni aytamizki Sharof Rashidov 1937-yildan to 1959-yilgacha eng quyi boshqaruvdan to yuqori rahbarlikgacha respublikamiz hayotini to’liq ko’rib kelgan edi. Urush yillari u kishini hayotida munosib iz qoldirdi va urushning qanchalik daxshatli ekanligini ko’rsatib qo’ydi. 1950-1959-yillardagi faoliyat esa
bevosita boshqaruv bilan davom ettiriladi.
2. Sh.Rashidovning jamoat arbobi va yozuvchi sifatidagi xarakteri. O’zbekistonda ma’daniy jarayonlarning rivojlanishida Sh.Rashidovning o’ziga xos o’rni;
Sharof Rashidov yoshligidan adabiyot bilan birga ulg’ayadi. Onalari Qo’ysinoy aya yosh adibga o’zbek ertak va qo’shiqlaridan aytib berar edi. Keyinchalik tog’asi Hamid Olimjon bilan birga yashay boshlagandan so’ng Sharof Rashidovdgi adabiyotga bo’lgan qobiliyat ham ochilib boraveradi. Gazeta kotibligiga ishga kirgandan so’ng qator she’r va maqolalari Jizzax gazetalarida bosilib chiqadi.
Sharof Rashidov Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari va muharrir (1937—41,1943), O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944—47), «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri (1947—49), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949—50) kabi ijodiy maskanlarda ham rahbar bo’lib faoliyat olib boradi. Sharof Rashidov «Chegarachi» dostoni (1937), «Qahrim» she’rlar to‘plami (1945), «G‘oliblar» qissasi (1953), «Bo‘rondan kuchli» (1958), «Qudratli to‘lqin» (1964), «G‘oliblar» (1972) romanlari, «Kashmir qo‘shig‘i» lirik qissasi (1956) muallifi hisoblanadi.
Sharof Rashidov oʻtgan asrning 30-yillaridan badiiy ijod bilan shugʻullanib, dastlab sheʼriyatda qalam tebratdi. Uning birinchi sheʼriy toʻplami “Samarqand kuylari”(1937) nomi bilan bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan sheʼrlari 1945 yilda “Qahrim” toʻplamida chop etildi. U ayni chogʻda adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratdi.
Adib “Gʻoliblar” (1953) qissasini qayta ishlab, 1972 yilda roman shaklida nashr ettirdi. “Boʻrondan kuchli” romani 1958 yilda, “Qudratli toʻlqin” romani esa 1964 yilda dunyoga keldi. Bu asarlarda xalqimizning urushdan keyingi tiklanish yillaridagi matonatli mehnati badiiy ifodasini topgan. Urush mavzusidagi bu asarlarda adib o’z ko’zi bilan ko’rgan urushning naqadar daxshatli ekanligini ko’rsatib beradi.
Ijodkorning “Kashmir qoʻshigʻi” (1957), “Komde va Moʻdan” (1959) kabi lirik qissalari va “Koinot” (1957) kinoqissasi anʼanaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan boʻlib, yoshlik, bahor, goʻzal hayot nashidasi madhiga bagʻishlangan. Adib hayotining soʻnggi yillarida yaratilgan “Dil amri” qissasi urush yillarida belorus tuprogʻida jang qilgan oʻzbek jangchilarining hayoti tasviriga bagʻishlangan.
Sharof Rashidov o’ziga xos trilogiyasining birinchi qismi, ya’ni “G‘oliblar” romanida (1951) yirik yerlar uchun xalqning kurashi aks etgan. Hamid Olimjonning Oyqiz romanining qahramoni tuman qo‘mitasi raisi Jo‘raboyevning kotibi - muhandis Smirnov. “Bo‘rondan kuchli” romanida (1958) ham xuddi shu qahramonlar tasvirlangan. Fe’l-atvorlar to‘qnashuvi, g‘oyalar mojarosi va dunyoqarashlar yanada chuqurlashdi. “Balog‘at” (1971) romanida qahramonlarning tadrijiy rivoji yakunlanadi. “Qudratli to‘lqin” (1964) romani Ulug‘ Vatan urushi yillari front ortidagi sovet odamlarining qahramonliklariga bag‘ishlanadi. “Kashmir qo‘shig‘i” (1956) nomli o‘ychan qissasida hind xalqining ozodlik uchun kurashi aks etgan.1950 yil Rashidov “Tarix hukmi” nomli publitsistik maqolalar to‘plamini chop ettiradi, 1967 yil esa “Do‘stlik bayrog‘i” kitobi chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb mavzulariga bag‘ishlanadi.
Sharof Rashidovning asrlari orasida “G’oliblar ” alohida o’rin tutadi. Bu asar dastlab qissa. Keyinchalik esaroman sifatida qayta yoziladi. Bu asar davrning muhim hisoblangan muammolaridan biri – qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuida yozildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida front orqasida qahramonona mehnat qilgan xalq hayotiga bagʻishlangan "Boʻrondan kuchli" (1958) va "Qudratli toʻlqin" (1964), "Gʻoliblar" (1972) romanlarini yaratdi.
Bu romanining dunyoga kelishi to’g’risida Sharof aka shunday eslaydi: “…1947 yilda O’zbekiston KP Samarqand viloyati kotibi bo’lib ishlab yurgan kezlarimda Oliy Sovet deputatligiga nomzod qilib ko’rsatilishim munosabati bilan saylovchilar bilan uchrashgnimda ayrim kolxozlarda buloqlarning ko’zini ochib, tog’ etaklaridagi qaqroq yerlarni shu buloq suvlari biln sug’orilayotganliklari haqida menga so’zlab berishgan edi. Ularning bu haqdagi hikoyalari meni hayajonga soldi va men o’zimning ilk qissamni shu mavzuda yozishga ahd qildim”.*
Rashidov xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan voqealarni davlat va partiya arbobi sifatida mushohada etib, adabiyotning badiiylik mezonlaridan koʻra gʻoyaviylik tamoyiliga koʻproq eʼtibor berdi. Hind xalq afsonasi asosida yozilgan "Kashmir qoʻshigʻi" lirik qissasi (1956) Rashidov ijodida alohida oʻrinni egallaydi.
E’tibor bersangiz, Sharof aka o’z romanini kamtarlik bilan adabiy janrlar orasida romandan kichikroq janr bo’lgan qissa deb atayapti. Ana shu dastlabki asarida ko’tarilgan mavzu butun umrining mazmuniga aylandi deyish mumkin.
Sharof Rashidov nomi bilan bog’liq mashhur “Toshkent kinovestivali” alohida o’rin tutadi. 1968-yildan boshlab har ikki yilda «Tinchlik, sotsial taraqqiyot va xalqlar ozodligi uchun» shiori ostida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining xalqaro kinofestivali o‘tkazilib turildi. Bu o‘zbek kino san’atining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi, albatta. Biroq kino san’ati ham mafkuraviy zug‘um ostida bo‘ldi, kommunistik mafkura, marksizm-leninizm
g‘oyalarini kinofilmlar orqali tashviq qilish ustun o‘rinni egalladi. Dastlab konkurssiz, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining kino sohasidagi yutuqlarini namoyish qilinishi bilan boshqa kinofestivallardan farq qilgan. Festival doirasi kinosi rivojlangan Yaponiya, Hindiston, Turkiya kabi davlatlar bilan bir katorda milliy kinosi endi shakllanayotgan davlatlarga ham moʻljallangan.
Sharof Rashidov o’zbek kino va teatri rivoji uchun ham munosib hissa qo’shdilar. 1958-yilda tashkil etilgan “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi hozirgi nom ostida faoliyatini olib borgan. 60-70-yillarda qator kinofilmlar yaratiladi. Xalqimiz o‘zbek san’atini baland ko‘targan Y.Rajabiy, H.Nosirova, M.Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda K.Yormatovning «Ibn Sino» (1957), «Osiyo Xalq hofizi Yunus Rajabiy. ustida bo‘ron» (1965), «Qora konsulning halokati»(1970) filmlari, rejissyor L.Fayziyevning «Ulug‘bek yulduzi» (1965) filmida o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi aks ettirildi. 60—70-yillarda o‘zbek kino san’atiga yosh, talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh. Abbosov, A. Hamroyev, R. Botirov, E. Eshmuhamedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh. Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen yetim emassan» (1963), «Toshkent — non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), .Hamroyevning «Shiddat» (1971), R. Botirovning «Seni kutamiz, yigit» (1972), E. Eshmuhamedovning «Nafosat» (1967) va «Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, izlanishlari tasvirlangan. Rejissyor M. Qayumovning «Bahordan bahorgacha» (1963), «MirzaXalq artisti, raqqosa Tamaraxonim. Xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova. Xalq artisti Galiya Izmailova Parij sahnasida. 1956-yil. cho‘l» (1975), «Paranji» (1977) lentalari Butunittifoq va jahon kinofestivallarida tomoshabinlarga manzur bo‘ldi va birinchi yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston teatr jamoalari 60—70-yillarda I.Sultonning «Noma’lum kishi», S. Azimovning «Qonli sarob», Oybekning «Qutlug‘ qon», Uyg‘unning «Qotil», A. Qahhorning «Ayajonlarim», S. Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni”, O’.umarbekovning “Shoshma quyosh” va boshqa asarlarini sahnalashtirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Bular jumlasiga O‘zbek akademik teatri tomonidan sahnalashtirilgan jahon klassikasi shoh asarlari — V. Shekspirning «Qirol Lir», «Hamlet» dramatik asarlarini ham kiritish mumkin. O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg‘ur, Y.Bobojonov, A. Ginzburg, T. Xo‘jayevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O. Xo‘jayev, A.Bakirov, S. Eshonto‘rayeva, Sh. Burhonov, N.Rahimov, R.Hamroyev, Z.Muhammadjonov, B.Qoriyeva Y.Abdullayeva, G‘.A’zamov, Y.Ahmedov, T.Oripov, T. Azizov, Q.Xo‘jayev, P.Saidqosimov va boshqa san’atkorlar salmoqli hissa qo‘shdilar.
«Shеkspir hayot bo‘lsa-yu, o‘zi Otеllo va Dеzdеmonasini Hamza
tеatri sahnasida ko‘rsa edi, uning ulkan ijrochi san’atkorlari bilan haqli
suratda faxrlangan bo‘lur edi»*.
_______________________________________________________
H. Djonson, ingliz yozuvchi, 1954-yil.
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki Sharof Rashidov siyosiy jarayonlardan vaqt ajratib ijodga ham e’tibor beradilar. Sharof Rashidov say-harakatlari bilan san’at, fan, ta’lim, teatr sohalariga ham e’tibor qaratadi. Toshkent kino festivali SSSRda muhim o’rin tutgan. Xalqaro miqyosida SSSR va o’zbek xalqining ma’daniyatini butun olamga yoyishda katta ahamiyat kasb etadi. Bu kinofestival ham aynan Sharof Rashidov nomi bilan bog’liq.
1968-yil tarixchi olim Ibrohim Mo’minovning “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli” asari juda muhim voqea bo’ldi. Bu asar SSSR respublikalari orasida tarixiy shaxsni ilk marotaba tarixiy haqiqat asosida ilmiy ochib beriladi. Markazda bir necha marta bu masala ko’rilsada ammo Sharof Rashidovning qat’iyati evaziga kitobcha nashr etiladi. Keyinchalik Samarqand shahrining yubileyi ham YUNESCO hamkorligida o’tkaziladi. Bunday ishlar faqatgina haqiqiy yurt rahbarining qo’lidan keladi. Sharof Rashidov ana shunday inson sifatida tarixda qoladi.
3. Sh.Rashidovning 1950-1959-yillardagi davlat boshqaruvidagi faoliyati;
1950-yil avgust oyida Sharof Rashidov Oliy Sovet Prezidiumi raisi etib tayinlanadi.1950-1959-yillar oralig’ida prezidiumni boshqargan Sharof Rashidov respublikamizda ko’plab amaliy ishlarni amalga oshiradilar. Yangiliklar 1953-yildan boshlanadi. Bunga sabab “buyuk dohiy” Stalining vafoti bilan belgilanadi. Stalinning vafoti bilan Markazdan tortib respublikalarda ham hokimiyat almashtiriladi. Tojikiston, Qirg’iziston, Gruziya respublikalarini bunga misol keltirish mumkin. O’zbekistonda Amin Niyozov davom ettiradilar. Natijada bizda qishloq xo’jaligi sohasida juda katta amaliy ishlar amalga kiritiladi. Shu yillar oralig’ida yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish,
sug‘orish inshootlari qurish ishlari avj oldirildi. KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi «Paxta yetishtirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR va
Qozog‘iston SSRdagi Mirzacho‘l qo‘riq yerlarini sug‘orish to‘g‘risida»gi, 1958-yilgi «O‘zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho‘lni
sug‘orish va o‘zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan irrigatsiya tarixida birinchi bo‘lib Mirzacho‘lda katta maydonlarda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish ishlari olib borildi. Mirzach’olning o’zlashtirilishi bevosita Sharof Rashidovning shaxsan o’zlari bilan bog’liq. Chunki u kishi Jizzaxda tug’ilgan va Mirzacho’ldagi holatni juda yaxshi bildan edi. Sharof Rashidov Qizilqum cho’lini ham o’zlashtirishda ham jonbozlik ko’rsatganlar. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial asosda olib borildi. 1956-yilda “Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish bosh boshqarmasi”, 1963-yilda “Irrigatsiya va sovxozlar qurilishi bo‘yicha O‘rta Osiyo bosh boshqarmasi”, ularning hududiy boshqarmalari tizimi tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‘jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi.1956—
1965-yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektar yangi yer o‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog‘dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o‘zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr turar joy binolari, o‘nlab maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiy
muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km avtomobil yo‘llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o‘tkazildi, xo‘jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. 1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Guliston shaharlari vujudga keldi.
“Mirzacho’l cho’lining bog’-rog’lari shaxsan Sharof Rashidovnomi bilan bog’liq. Chunki aynan u kishining say-harkatlari amaliy faoliyatlari bilan Sirdaryo, Guliston, Jizzax kabi shaharlarga asos solindi”.*
Markazdagi 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurishlar, boshqaruvni demokratiyalashtirishga urinishlar bo‘ldi. Avvallari Markazda hal etilgan ayrim mahalliy masalalarni respublikalar ixtiyoriga berish, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish, boshqaruvni joylarga yaqinlashtirish, boshqaruv apparatini qisqartirish, korxonalarning xo‘jalik mustaqilligini kengaytirish, xo‘jalik tomorqalarini boshqarishning hududiy tartibiga o‘tish tadbirlari ko‘rildi. Biroq bu tadbirlar yarimyorti o‘zgarishlar bo‘lib, iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning chuqur qatlamlariga borib yetmadi. Uning ustiga bu o‘zgarishlar, demokratlashtirish jarayonlari konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi va
to‘xtab qoldi. Sharof Rashidov ham buni to’g’ri anglagan va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanganlar. U kishining qat’iyati sababli 1959-yilda respublikaning birinchi rahbarligiga kutariladi.
Fyodor Razzoqov Sharof Rashidov: hayot va mamot. – T.: “O’zbekiston” NMIU 2020-yil 74-bet.
1954-yilda Toshkentda bo’lib o’tgan partiya plenimu haqida qiyudagi parchani havola etamiz: “1955 yil 17 noyabr kunduz kuni N.A.Bulganin va N.S.Xrushyov Toshkentga kelishdi… Dalahovliga yetib kelishgach, delegatsiya a’zolari va O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi Byuro a’zolari ayvonda o’tirishganda N.S.Xrushyov menga (N.A.Muhiddinovga – I.A) murojaat qilib:
Siz ham delegatsiya tarkibiga kirsangiz. Tayyorgarlik ko’ring, ertalab birga Hindistonga uchib ketamiz, – dedi.
A.E.Niyozov (O’zbekiston SSR Ministrlar Soverining Raisi), Sh.R.Rashidov va men yonma-yon o’tirardik. Men Amin Niyozovga qaradim. Berajak savolimni oldindan fahmlagan A.Niyozov:
– Axir, indinga chorvadorlar kengashi-ku. Unda ma’ruzachisiz, – dedi.
Shunda men Nikita Segeyevichga minnatdorlik bildirib:
Juda yaxshi bo’lar edi birga borsam, buning ustiga, hali u mamlakatlarda bo’lmaganman. Biroq indinga chorvachilik bo’yicha kengashimiz bor. Viloyat va tuman, jamoa va davlat xo’jaliklari vakillari Toshkentga yetib kela boshladi. Ma’ruzachiman. Kengashni boshqa vaqtga qoldirish noqulay bo’lsa kerak, nima deysiz? – deb javob berdim.
Nima ham derdim, bu sizning ishingiz. Chorvachilik bilan shug’ullanib to’g’ri qilibsiz, – dedi Nikita Sergeyevich.
Balki, – deb so’zimda davom etdim men, – o’rnimga delegatsiya tarkibiga Rashidovni kiritarsiz? U O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi.
Qayerda u? – deb so’radi N.A.Bulganin.
Nikita Sergeyevich barmog’i bilan davrada o’tirgan Sharof Rashidovni ko’rsatdi.
E’tirozim yo’q, – dedi N.A.Bulganin”.
Nikita Sergeyevich Xrushyov Sharof Rashidov bilan KPSS delegatsiyasining Hindistonga bo’lgan ana shu safarida yaqindan tanishgan edi.
Nikita Sergeyevich Xrushyovning “O’zbekistonda men faqat Sharof Rashidovni bilaman” degan gapi tagida ana shu voqealar yotar edi”.*
*Nuritdin Muhitdinov Kremlda o’tgan yillarim. – T.:1994-yil “O’zbekiston”NMIU
4. Sh.Rashidov O’zbekiston SSR rahbarligi davrida O’zbekiston SSRning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi;
1959-yilda respublika rahbarligiga tayinlangan Sharof Rashidov to umrining oxirigacha millatimiz va xalqimiz uchun sadoqat bilan xizmat qiladi. Nikita Sergeyevich Xrushyov va Leonid Ilich Brejnev davrida O’zbekistonda munosib o’zgarishlar amalga oshiriladi. Mirzacho’l va Qizilqum cho’llarining o’zlashtirilishi, Toshkent zilzilasi, Toshkent metropoliteni, Paxta monopoliyasi va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin.
1959-yilda respublika rahbarligiga nomzodi qo’yilgan Sharof Rashidov va Alimov nomzodlari qo’yiladi. O’z SSR KP MK plenimuda Sh.Rashidovni munosib ko’rishadi. 1959-yil avgustdan boshlab bu lavozimga kirishadi. Sharof Rashidov 34-yil davomida o’zbek xalqini Markazning tazyiqlaridan saqlab qolgan. Respublikamizni iqtisodiy-ijtimoiy va qishloq xo’jalik sohalari taraqqiy etdi.
1960 yildan e’tiboran, Rashidov SSSRning xalqaro siyosatida faol ishtirok eta boshlaydi. Shunday qilib, 1962 yil Karib orollari inqirozi paytida sovet vakillari tarkibida Fidel Kastro bilan muzokaralar olib borgan. Komandant va Rashidov o‘rtasida ko‘p yillarga do‘stona munosabatlar paydo bo‘ladi.
Sharof Rashidov davrida O‘zbekistonning xalqaro salohiyati o‘sadi. 1966 yili Toshkentda Hindiston Bosh vaziri Lal Bahadur Shastri va Pokiston prezidenti Muhammad Ayubxon o‘rtasida Vazirlar Kengashi Raisi Aleksey Kosyginning vositachiligida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Sharaf Rashidov ushbu muzokaralarni tayyorgarligida faol ishtirok etgan. Natijada, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi qonli urushni tugatilishi haqidagi mashhur “Toshkent deklaratsiyasi” imzolangan.
Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi yaratgan to‘g‘onoqli mexanizm keyingi yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o‘zgarishlarni, 1979- yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni barbod qildi. 70-80-yillarda bo‘lib o‘tgan KPSSning barcha syezdlarida rivojlanishning intensiv shakliga o‘tish zarurligi qayta-qayta ta’kidlangan edi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda iqtisodiy usullarga o‘tish vazifalari qo‘yilar edi. Ammo bu vazifalar amalda direktivaligicha qolardi. So‘z bilan ish o‘rtasida uzilish ro‘y berdi. Taraqqiyotda depsinish, inqirozli holatlar yuz berdi. Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy
sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan «rivojlangan sotsializm» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy nazariy xatoga yo‘l qo‘yilganligining oqibati bo‘ldi. Sovet jamiyatining holati qay darajada ekanligiga obyektiv baho bermaslik real hayotga to‘g‘ri kelmaydigan strategik va taktik yo‘1-yo‘riqlarni belgilashga olib keldi. Qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ulug‘lash, miqdor ketidan quvish, kamchiliklarni payqamaslik singari yaramas illatlar borgan sari hayotda mustahkam o‘rnasha bordi.
O‘zbеkistonda sovetlar hukumatining rangli va qora mеtallurgiya, ko‘mir ishlab chiqarish, gaz va nеft mahsulotlarini qazib olish, transport va aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, kapital qurilish hamda shaharsozlik kabi sohalarga e’tibor bеrganligi to‘g‘risida kеragidan ortiqcha yozilgan. Jumladan, O‘zbеkistonning poytaxti O‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biridir. Unda 250 dan ortiq sanoat korxonalari bor. 1966-yilda ro‘y bеrgan tabiiy ofat yеr silkinishidan so‘ng shaharda ko‘plab ulkan qurilishlar bunyod etildi.
“1946–1985-yillarda O‘zbеkistonda yirik va kuchli gaz sanoati komplеksi yaratildi. Jarqoq, Gazli, Uchqir, Saritosh, Muborak, Sho‘rtan, O‘rtabuloq, Yangi Qazgan kabi yirik gaz konlari topildi va ishga tushirildi. 1940-yilda O‘zbеkistonda 0,7 milliard kubomеtr gaz qazib olingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1966-yilda – 22,566 million1 kubomеtrni, 1970-yilda – 32,1 million 1980-yilda – 34,8 million va 1986-yilda esa 38,6 million2 kubomеtrni tashkil etadi. Bu hol O‘zbеkiston yoqilg‘i tizimida gaz hissasining kеskin oshishini ta’minladi. Oqibatda 1960-yilda yoqilg‘i tizimida gaz istе’mol qilishning hissasi 8,6 foizga tеng bo‘lgan bo‘lsa, 1970-yilda bu daraja 64,6, 1980-yilda – 79,6, 1985-yilda esa 80,2 foizni tashkil qildi”.*
*Jo‘raqulov O. Qudratli energiya manbai. – T.: O‘qituvchi, 1982. – 112-114-betlar.
Ammo diqqatni tortadigan eng muhim joyi shundaki, O‘zbеkistonning yеr qa’ridan qazib olinadigan bеbaho boylik – zangori olov O‘zbеkiston mеhnatkashlarining kosasini oqartirishga xizmat qilmadi, balki asosan «og‘alarimiz»ning go‘shalarini qizdirdi, mustamlakachilarga bеhisob boylik kеltirdi. Chunki Muborak, Sho‘rtan, Gazli va boshqa gaz konlaridan 1–3 kilomеtr masofada joylashgan qishloqlar, ovular va aholi punktlarida yashayotgan mahalliy xalqyantoq, g‘o‘zapoya va tеzaklarni yoqib qozonini qaynatishga majbur bo‘lganda, O‘zbеkistonning zangori olov boyliklari yеrosti gaz quvurlari orqali Urolning sanoat markazlariga, Moskvaga, hatto Yеvropa davlatlariga bamisoli kanal suvidеk oqizildi. Jami bo‘lib O‘zbеkiston gazining 70 foizdan ortig‘i mamlakatimizdan tashqariga yuborildi.
Ma’lumki, chor mustamlakachiligi davridayoq Turkistonning yer osti boyliklarini o‘zlashtirishning imperiyacha strategiyasidan kelib chiqib, O‘zbekiston hududida 20 xilga yaqin foydali qazilmalar topilgan edi. Sovet hukmronligi sharoitida aytib o‘tilgan tamoyillar bo‘yicha avj oldirib yuborilgan keng miqyosdagi geologiya-qidiruv ishlari jarayonida 70-yillarning o‘rtalariga kelib mineral xom ashyolarning 90 dan ortiq turi aniqlandi, ular 700 dan ortiq konlarda mavjud edi. Amalda respublikada Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlar, shu jumladan, neft, gaz, oltin, kumush, uran, rangli va nodir metallar, kaolin, plavikli shpat, marmar, boksit, fosforit va boshqa qimmatbaho foydali qazilmalar topildi.
80-yillarning oxirlariga kelib, respublikada 370 ta ma’dan konlari mavjud bo‘lib, ular yiliga 200 mln. tonnadan ortiq hajmdagi mineral xom ashyo qazib olish imkonini berardi.
Biroq o‘zbek xalqi qimmatli rangli va nodir metallar, yoqilg‘i-mineral resurslarning noyob xazinasiga ega bo‘lgani holda, o‘z hududidagi ana shu konlarning boyliklaridan mustaqil ravishda foydalanish huquqidan mahrum etilgan edi. Chor rejimidan keyin O‘zbekistonning tabiiy xazinasini markazni boyitishga to‘la-to‘kis xizmat qildirishga intilgan ittifoq rahbariyati kon sanoatini jadal rivojlantirishga ongli ravishda e’tiborni kuchaytirdi.
Sharof Rashidovning olib borgan faoliyatlari bilan O’zbekiston SSRning sanoat sohasi rivoj topdi. Lekin shuni alohida ta’kidlashimiz kerakki bu sanoat mahsulotlari o’zbek xalqi farovonligi uchun xizmat qilmadi. Katta qismi Markazga yo’naltirildi. Sharof Rashidov shunday og’ir paytda ham millatimiz xonadonlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash masalasini qo’yganlar. 1970—1972-yillarda 234 km uzunlikdagi Qo‘qon—Namangan—Andijon gaz quvuri qurilib foydalanishga topshirildi. 1974—1978-yillarda Xovos—Farg‘ona quvuri yotqizildi. Uzunligi 677,8 km dan iborat bo‘lgan bu gaz yo‘lining 425,8 kilometri O‘zbekiston, qolganlari Tojikiston hududidan o‘tdi. Qashqadaryo va Buxoro «zangori olov»idan qardosh Tojikiston xalqi ham bahramand bo‘ldi. 1985-yilga kelib respublikada atigi 2,8 mln xonadon, jumladan, qishloqlardagi 1,3 mln xonadon gazlashtirilgan. O‘zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg‘ona vodiysidagi daryo o‘zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvars qatlamlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog‘ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. «O‘zbekoltin» birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O‘zbekiston hududidagi rangli metall konlariga, shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respublika xo‘jayinlik qilmasdi, ularga Ittifoq hukumati xo‘jayinlik qilardi.
“O‘zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayerga olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayotganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham taqiqlangan edi”.*
*Qamariddin Usmonov O’zbekiston tarixi – T.: “Sharq” 2010-yil 202-bet.
Bu holat o‘sha paytlarda «O‘zbekiston suveren respublika» degan iboraning naqadar yolg‘on, quruq gap ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ittifoq hukumati O‘zbekistonning ehtiyojlarini nazar-pisand qilmay, gaz yetkazib berishni jadallik bilan ko‘paytirib borishni qattiq turib talab qilardi. Reja topshiriqlari to‘xtovsiz ortib borardi. 80- yillarda bu topshiriqlar 250 mlrd. kub metrdan oshib ketdi4. Bunday vahshiyona yondashuv shunga olib keldiki, 70-yillarning o‘rtalaridayoq Farg‘ona vodiysidagi ko‘pgina gaz konlarida, keyinroq esa mashhur Gazli konida ham gaz tugab qoldi.
Shu o’rinda quyidagi mulohazani keltirib o’tamiz:
1961-yilda ob-havo juda ham noqulay keladi. Ammo respublika dehqonlari paxta rejasini bajaradilar va davlatga 3 mln 600 ming tonna paxta beradi. SSSR rahbariyatida “yetib ol va quvib o’t” siyosati yuritilayotgan edi. Bu nima degani edi. Bu degani shuki SSSR hukumati AQShga yetib olish va undan o’zib ketishi kerak edi. Markaz respublikalarga jiddiy buyruqlar berar va natijani tazyiq bilan nazorat qilar. Shunday sharoitda Sharof Rashidov ham respublikaning manfaatlarini himoya qilishi, shuningdek Xruschov tazyiqidan o’zini asrashi ham kerak edi. Shuning chun u mahalliy rahbarlarga tegishli buyruqlarni beradi. Ammo rejaga yetish imkonsiz edi. Shunday holatda ma’muriy buyruqbozlik avj oladi. Qo’shib yozish holatlari ko’payadi. Bu davlat iqtisodiyotining siyosatga buysindirilganini isbot qiladi.
Bugungi kunda shu narsa aniqki, o‘nlarcha yillar mobaynida mahalliy ahodi yiryk sanoat ishlab chiqarishidan begonalashtirib kelindi; butun-butun sanoatlashgan tumanlar ataylab mahalliy aholining juda kam ishtiroki bilan, asosan sobiq SSSRning markaziy mintaqalaridan ishchilar jalb qilish hisobiga tashkil etildi va rivojlantirildi.
Bugungi bozor siyosatimizda iqtisod siyosatdan alohida mustaqil rivojlanmog’i va davlat faqat uni muvofiqlashtirib turmog’i kerak. Rivojlangan mamlakatlarning barchasi bugungi kunda shu tendensiyadan foydalaniladi. O’tgan asrning 60-yillarida SSSR rahbariyati buning butunlay aksini qo’lladi. Ma’muriyatchilik juda kuchaydi. Natijada iqtisodiyot rivojlanmadi, balki, bir joyda qotib qoldi. Jahon hamjiyatiga “kommunizm qurdik” deb bong urayotgan paytda Iqtisodiyot tanazzulga yuz tuta borayotgan edi. Siyosiy noto’ri qarashlar mamlakatni chok-chokidan so’kilishiga olib boraryotgan edi. Ammo buni yuqoridagi hech bir amaldor ko’ra bilmadi. Ko’rganlari ham hech nima qilolmadi.
Qishloq xo’jaligi.
Paxta – o’zbek xalqining milliy boyligi edi. Markaz esa “o’zbek oq oltin”ini yetishtirish uchun har qanday vositalardan foydalanadi. Bunga ular texnika, suv, mineral resusr va ishchi kuchini aslo ayamadi. Natijada yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‘jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956—1965-yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektar yangi yer o‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog‘dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o‘zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr turar joy binolari, o‘nlab maktablar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiy muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km avtomobil yo‘llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o‘tkazildi, xo‘jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. 1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo‘lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydonlari 1956-yildagi 120 ming gektardan 1965-yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnage ko‘paydi. Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho‘l kanali qurildi. Markaziy Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug‘oriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko‘lamda olib borildi. Qoraqalpog‘istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yilda Amu—Qorako‘l kanali, 1965-yilda Amu—Buxoro kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug‘oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo‘ldi. Jizzax va Qarshi cho‘li, Mirzacho‘l, Surxon—Sherobod va Markaziy Farg‘ona hamda Quyi Amudaryo yerlarini o‘zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi. Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ko‘proq yangi yerlar o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‘l (1967), Do‘stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor (1974), Do‘stlik (1974), Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho‘lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming o‘rinli maktablar, 6800 o‘rinli bolalar bog‘chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Sirdaryo viloyatida yangi yerlarni o‘zlashtirish ishlari davom ettirildi. 1966—1975-yillarda 181 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan 70-yillarning o‘rtalarigacha qishloq xo‘jalik ishlariga kiritilgan yangi yerlar maydoni 280 ming gektarni tashkil etdi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi. Mirzacho‘l va Jizzax cho‘llarini o‘z ichiga olgan yangi paxtachilik iqtisodiy rayoni vujudga keldi, sanoat komplekslari qurildi. 1985-yilda Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 731 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston ASSRda ham suv xo‘jaligi, yangi yerlar o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olib borildi. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo‘yin, Kampirrovot daryosi bo‘yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatlarida Surxon suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. Shunday qilib, O‘zbekiston hududida 1946—1965-yillarda qariyb 600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 1966—1985-yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvni to‘plovchi 23 ta suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug‘orish sistemasi, 92 ming
gidrouzellar ishlab turdi. O‘zlashtirilgan qo‘riq yerlarda 160 ta sovxoz tashkil etildi, 7,7 mln kv m turar joy, 37 ming o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o‘rinli umumta’lim maktablari barpo etildi.
Tabiat ajoyib ne’mat. Kimki yerni hurmat qilsa va mehnat qilsa momoyer ham uni mehnatiga yarasha rizqini beradi. Qadim zamonlardan buyon bobolarimiz o’z rizqlarini shu yerdan olishgan. Quyosh chiqmay turib dalaga kelgan dehqon qorong’u kechgacha dalada mehnat qilgan. Ular o’z rizqini halol mehnat bilan topgan. Yaratgan Allohga shukr qilib umrguzaronlik qilib kelganlar. Socet mustabid tuzum davrida ham bobodehqonlarimiz suni suv demay, qorno qor demay, issiqni issiq demay bor kuchini berib mehnat etsalarda ammo topilgan hosil ularga nasib etmasa yomon bo’lar ekan. Butun yil davomida ertayu-kech dalada mehnat qilgan dehqon hosilidan baraka topmasa xalq nochor ahvolda tushib qolarkan.
SSSR davlati butun jahonga bong urib biz kommunizm qurdik deya jar solayotgan bir paytda mamlakat ichidagi xalq och qolayotgan. Turmush darajasi past. Ish haqi juda ham kam edi. Butun chekka o’lkalar faqat qishloq xo’jaligiga band etilgan, Sanoat tarmoqlari bir tomonlama rivoj topgan. Sivojlangan sohalar ham to’liq markaz tomonidan nazoratda ushlab turilgan.
Chorvachilik halokat yoqasiga kelib qoldi. Bu sohada mehnatni tashkil etishning ibtidoiy usullari hukmron edi. Chorvachilikdagi og‘ir ishlarni mexanizatsiyalash amalda yo‘q edi. Fermalarning aksariyat qismi nafaqat mexanizatsiyalashtirilgan, balki nihoyatda nochor ahvolda edi. Masalan, «Savay» sovet xo‘jaligida 571 bosh qoramolga mo‘ljallangan bitga molxona bor edi, xolos. Qolgan sigir va buzoqlar vaqtincha moslashgan binolarga qo‘yilgan bo‘lib, ularning eshiklari, romlari yo‘q edi1 . Ko‘pgina xo‘jaliklarda ahvol bundan ham yomon edi. Respublikada surunkasiga yemxashak yetishmasdi, paxta yakkahokimligi tazyiqi tufayli yaylovlar haddan tashqari qisqarib ketgandi. Tabiiyki, bunday ahvol chorva mollar soni va mahsuldorligining kamayib ketishiga olib keldi.
Chorvachilikni 50—60 yillarda uni yaxshilashga urinib ko‘rildi. Bunga dastlab Xrushchyov ma’muriyati, keyin esa Brejnev ma’muriyati harakat qilib ko‘rdi. Ular qishloq xo‘jaligiga mamlakatning milliy daromadidan anchagina qismini qayta taqsimlashni, qishloqning ijtimoiy muammolarini yanada kengroq hal qilish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish narxlarini oshirishni, agrar tarmoqqa zamonaviy fan-texnika yutuqlarini faolroq joriy etishni taklif etdilar. Biroq o‘ylangan narsalarning ko‘pchilik qismi qog‘ozda qolib ketdi. Ko‘rilgan choralar ziddiyatliligi va noizchilligi bilan ajralib turardi. Chunki markaziy hukumatning yangilangan agrar siyosati aslida byurokratik ijod mahsuli bo‘lib qolaverdi, mustabid-imperiyacha tuzumning mafkurasi va ruhini aks ettirardi, yerdan foydalanish va boshqarishning buyruqbozlik-majburlash tizimi negizlariga daxl qilmasdi. Boshqaruv mexanizmlari, qishloqdan resurslarni tortib olish usullari yanada noziklashdi. Natijada qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi hajmi oshgan bo‘lsa ham, islohotlarning boshlanishida birmuncha bo‘g‘ib qo‘yilgan salbiy holatlar yana ortib bordi.
Amalga oshirilayotgan ilmiy-texnologiya siyosatidagi ziddiyatlar va illatlar agrar korxonalarning iqtisodiy ahvoliga sezilarli ta’sir o‘tkazardi. Chunki sobiq SSSRning umumiy texnologik qoloqdigi tufayli qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlari o‘n yillar mobaynida ayni bir xil andozadagi traktorlar va mexanizmlarni ishlab chiqaraverardi. Qishloq xo‘jalik texnikasining butunlay yangi ishlanmalari amalda ko‘zga tashlanmadi. Ittifoq xokimiyat organlari esa texnologiya inqilobida rivojlanishni avj oldirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash o‘rniga, majburiy tartibda bu ma’naviy jihatdan eskirib qolgan past sifatli texnikani sotib olishga zo‘rlardi. Shunday qilib, katta mablag‘lar bekorga sarf etilardi. Buning ustiga, texnikani davlat ustaxonalarida ta’mirlashga to‘g‘ri kelardi, bu yerda kapital ta’mirlash ko‘pincha yangi mashinadan qimmatga tushardi. Natijada agrar xo‘jaliklarning ta’mirlash ishlariga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlari haddan tashqari ortib borardi. Bularning hammasi jamoa va sovet xo‘jaliklarining iqtisodiyotiga og‘ir moliyaviy yuk bo‘lib tushardi, o‘zbek qishloqlarining ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlariga to‘siq bo‘lardi. Ana shunday sharoitda qishloq xo’jaligi va chorvachilik tanazzul sari borishdan boshqa chora topolmay qoladi.
O‘zbekistondagi, shu jumladan, qishloqlardagi ko‘pgina muhim obyektlarning qurilishi Sharof Rashidov nomi bilan bog‘liqdir. Uning bevosita ishtiroki bilan qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika negizi, uning salohiyatini mustahkamlash borasida salmoqli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Biroq milliy rahbarning imkoniyatlari cheklangan edi. Markaz agrar qurilish mafkurasi va strategiyasini belgilab berardi, uning mohiyati avvalgidek birinchi navbatda paxtachilikni jadal rivojlantirishdan iborat bo‘lardi.
50—80-yillarda O‘zbekiston oldiga direktiv tarzda davlatning umumittifoq ixtisoslashuvida respublikaning rolini keskin kuchaytirishdan iborat ustuvor vazifa qo‘yildi. Bu vazifani ta’minlashda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash sxemasi, resurslarni maqsadli tarzda ajratish belgilandi, respublikani iqtisodiy rivojlantirish umumiy dasturi nazarda tutildi. Natijada ko‘pgina obyektiv jihatdan ilg‘or tashabbuslar jiddiy nuqsonlar bilan amalga oshirildi. Shunday bo’lsa ham Sharof Rashidov boshqaruvidagi respublika qishloq xo’jaligi doimo oldinga siljib borgan.
Toshkent zilzilasi.
Butun o’zbek xalqi nafaqat o’zbek, balki butunittifoq xalqlarini larza keltirgan tabiiy ofat. Toshkent shahri butunlay yangitdan bunyod etiladi. Eski binolar va uylar o’rniga zamonaviy va chiroyli inshootlar qad rostladi. Butunittifoq xalqlarining ordami bilan Toshkent o’zgacha qiyofa kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |