2. Appertseptsiya
Idrok obrazlari ularni vujudga keltiruvchi ob`ektlar va shaxsning o`zida bo`lgan bir qancha omillar bilan taqozo etiladi. Kishi psixik hayoti va shaxsiy xususiyatlarining idrokka ta`siri va unda aks etuvchi mazmunni appertseptsiya deydilar. Kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma`lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, sinfiy chiqishlari, temperament, xarakter, dunyoqarashlari jihatidan turlicha idrok qiladilar. Kishining qaysi sohaga doir bilim va tajribasi qanchalik boy bo`lsa, uning shu sahadagi idroki ham to`liq, chuqur va sermazmun bo`ladi. Masalan, biror yangi mashinani mutaxassisning idrok qilishi va mutaxassis bo`lmagan kishining idrok qilishi, bir mevali bog`ni rassom, agronom va savdo xodimining idrok qilishi bir-biridan farq qiladi. Appertseptsiya hodisasi og`zaki nutqni idrok qilishda ham yaqqol ko`rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |