Mavzu: Sel kelish xavfi bor bo'lgan joylarda aholini evakuatsiya qilish


Sel xavfi tug'ilganda aholini evakuatsiya qilish



Download 68,5 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2022
Hajmi68,5 Kb.
#536067
1   2   3   4
Bog'liq
Evakuatsiya - 3

3. Sel xavfi tug'ilganda aholini evakuatsiya qilish
Bunday ko‘chirish sel oqimi yuzaga kelish xavfi tug'ilganda, sel oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida hollarda esa sel oqimining ta’siri tugaganda ham o‘tkazilishi mumkin. Aholini ko‘chirish oldindan o‘tkazilgani ma’qul. Sel oqimi yuzaga kelayotganda esa shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) aholini ko‘chirish tadbirlari o‘tkaziladi. Ko‘chirishning shoshilinchligi sel to‘lqinining muhofaza ob’ektiga kelishi taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha etadigan vaqt bilan belgilangan. Shundan keyin esa real xavf tug‘ilishiga qarab belgilanadi. Aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi va ular 2 - bosqichda o‘tkaziladi:
1 - bosqich KIP ni yulga qo‘ymasdan, sel oqimi joyining o‘zida.
2 - bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga etkazib qo‘yguncha (tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi. Ko‘chki xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish: Bunday ko‘chirishlar qor ko‘chish xavfi tug‘ilganda, shuningdek qor ko‘chkisi tushib bo‘lgandan keyin (turmush kechirishni ta’minlash ob’eklari buzilganda) o‘tkaziladi. Ko‘chki hududiy tamoyilda bir bosqichda o‘kazilib, cheklangan xarakterda bo‘ladi hamda oldindan o‘tkaziladigan, buning iloji bo‘lmaganda esa shoshilinch o‘tkaziladi. Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida: Ko‘chirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek ob’ektlarni va turmush kechirishni ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi. Ko‘chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlarda KIP yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini ko‘chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda o‘tkaziladi. Ko‘chirish ishlari bo‘yicha farmoyish olingandan so‘ng tadbirlar to‘rt soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‘ng FMB, qarorgohi, ko‘chirish komissiyasi, ko‘chirish boshlanganligi haqida ko‘chirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‘lib kuzatuv asosida, yo‘l harakatiga rioya qilgan holda ko‘chiriladi.
- ko‘chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda ko‘chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) bo‘yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish va ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qo‘yish;
- ko‘chirish yo‘llarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlar qo‘yish, qo‘nib o‘tish joylarini jihozlash;
- KIPni, transportga chiqish - tushish punktlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlash;
- xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish;
- mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish.
Aholini ko‘chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- ko‘chirish boshlangani va tartibi haqida ko‘chirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdek aholiga xabar berish;
- ko‘chirish tashkilotlarini yo‘lga qo‘yish va shay holatga keltirish;
- ko‘chiriladigan aholini yig‘ish va xavfsiz joylarga jo‘natishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni tuzish va yo‘nalishlardagi boshlang‘ich punktlarga olib chiqish;
- transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish.
- ko‘chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‘yilgan, turmush kechirish mumkin bo‘lgan sharoitlar ta’minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish. Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini ko‘chirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. Aholini sel toshqinlaridan himoya qilish. Sel bilan kurashishning asosiy usuli - tog' yonbag'irlarida, ayniqsa, sel paydo bo'lgan joylarda, tuproq va o'simlik qoplamini mustahkamlash, shuningdek, er usti suvlarining oqimini (erigan suvning drenajlanishini) kamaytirishdir. Sel bilan kurashishning samarali usuli - ularni maxsus chuqurlar bilan tuzoqqa tushirish, shuningdek, selni suv bilan sun'iy ravishda suyultirish. Suv toshqinini oldini olish uchun suv omborlari qurilib, ortiqcha suvni unga burib yuboriladi, suv yoqalariga mustahkam toʻgʻon, dambalar quriladi. Suv toshqini va uning talofatlari; Suv toshqini ham tabiiy ofatlar orasida eng xavflisi hisoblanadi. Suv toshqini deb, daryo, koʻl hovuzlardagi suv sathining keskin koʻtarilish natijasida maʼlum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi. Suv toshqiniga turli omillar sababchi boʻladi; Kuchli yomgʻir yogʻish oqibatida (jala, sel quyishi): Qorning surunkali erishi natijasida : Kuchli shamol esishi natijasida, Oqar daryolardagi muzliklarni yigʻilib, sunʼiy toʻgʻon hosil qilinishi: Togʻ jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash omborlarining buzilishi oqibatida. Kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida suvlarning sathi keskin koʻtarilib, daryo, koʻllarga sigʻmaydi va natijada ekin maydonlarini turar joy massivlarini, yoʻllarni suv bosadi va ularni izdan chiqaradi. Bundan tashqari, elektr energiya, aloqa uzatgichlar, melliorativ tizimlar ishdan chiqadi, chorva mollari, qishloq xoʻjaligi ekinlari yoʻq boʻlib ketadi, xom ashyolar, yoqilgʻi, oziq - ovqatlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa muhim mahsulotlar yaroqsiz holga keladi, yoki butunlay yoʻq boʻlib ketadi. Shular hatijasida juda katta miqdorda moddiy zarar koʻrilib, insonlarni yaxshi hayot kechirishiga halaqit qilishi mumkin. Suv toshqini turli joylarda, jumladan, Oʻzbekistonda ham tez — tez boʻlib turadi. Masalan, 1992 - 1995 - yillarda koʻpgina viloyatlarda - Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va boshqa joylarda juda katta ekin maydonlari suv ostida qolib, oqibatda juda katta moddiy zarar koʻrildi. Kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida, suv toshqini 1993, 1994, 1995, 2000, 2001 - yillarda Evropa davlatlarida ham kuzatilib, bularning oqibatida nafaqat moddiy zarar, balki hisoblab boʻlmaydigan maʼnaviy zarar - insonlar oʻlimi yuz berdi. Oqar daryolarda suvlarning sathi muzliklar bilan qoplanishi ham suvning oqimiga qarshi toʻsiqlar (toʻgʻonlar) hosil boʻlishi natijasida suv toshqini roʻy berishi mumkin. Bu xildagi toshqin 1992 - yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Amudaryo oqib oʻtadigan uchta tumanda kuzatildi. Natijada muz toʻgʻonlarni samolyotlardan portlatish bilan eritildi va mintaqani suv bosish xavfi bartaraf etildi. Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga koʻra ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv omborlari, suv energiyasi, suv yoʻllari hamda suvning oʻzidan foydalanish maqsadida quriladi. Hozirgi vaqtda MDH davlatlarida suv sigʻimi 1 million metr /kub dan ortiq boʻlgan suv omborlari mingtaga yaqin boʻlib, ularning suv sathi 116000 kilometr/kub ga teng. (shundan 53 ta suv ombori Oʻzbekiston xududida joylashgandir) bu suv omborlarida 55,5miliard metr/kubdan ortiq suv saqlanib, ular orqali qishloq xoʻjaligi suv bilan taʼminlanib, katta iqtisodiy samara olinadi. Lekin bunday gidrotexnik inshootlar biror sabablar bilan buzilsa atrofida yashovchi atrof - muhitga, insonlarga, dehqonchilikka jiddiy zarar keltiradi. Masalan, Chorvoq suv omborida 2,1 km/kub suv saqlanib, agar u buzilsa 8 metr qalinlikdagi suv Toshkent viloyatining uchta tumanini 46 km/ soat tezlik bilan harakatlanib suv bosish xavfi tugʻiladi. Shunga oʻxshash katta hajmdagi suv omborlari Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlariga ham xavf solishi mumkin. Shuning uchun suv saqlaydigan omborlarni har xil falokatlardan asrash uchun hamma turdagi ehtiyot choralari koʻrilishi lozim. Jumladan, birlamchi va ikkilamchi saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan tayyorlanishi lozim. Gidrotexnik inshootlar quyidagi sabablarga koʻra buzilishi mumkin. Kuchli tabiiy hodisalar oqibatida: a) yer silkinishi, b) yer surilishi, v) kuchli sel kelishi, g) kuchli yomgʻir suvidan yuvilib ketishi: Gidrotexnik inshoot jihozlarinig eskirishi va tabiiy parchalanishi oqibatida: Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda va qurishda yoʻl qoʻyiladigan xatoliklar oqibatida: -Gidrotexnik inshootlardan notoʻgʻri foydalanish va qoidalarini buzilishi oqibatida Umuman suv toshqiniga qarshi qoʻllaniladigan omillar quyidagilardan iborat: daryodagi suvning sarflanish darajasini oshirish, suv oqimiga qarshi yerlarni kundalang qilib chuqur haydash, daryo qirgʻoqlarini koʻtarishdan iboratdir. Suv toshqini xavfi tugʻilganda aholini oʻz vaqtida xabardor qilish, fuqarolarni moddiy resurslarini, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish eng muhim ishlardan hisoblanadi. Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro oʻzi yashab turgan uylarni xavfsiz holatga keltirish yaʼni (gaz, suv, elektr tarmoqlarini oʻchirish deraza va eshiklarni mahkamlab bekitishlari lozim) va oʻzi bilan kerakli hujjatlarini, pul va taqinchoqlarini kamida uch kunga yetadigan yegulik oziq - ovqatlar va ichimlik suvlarini olishi zarur. Suv toshqinida qolgan odamlar turli xavfsirashlarga berilmasliklari va suv oqimi boʻyicha past sathli qirgʻoq tomon suzishlari (harakatlanishlari) kerak. Suv toshqini paytida maʼlum qism odamlar (qutqaruvchilar) shu falokat hududida qolib, imkoni boricha qilinadigan ishlarni bajarishlari zarur. Aholi suv ichida qolgan oziq -ovqatlarni yemasliklari va suv ichmasliklari kerak. Yashash joylarda elektrdan foydalanmasliklari lozim, chunki yongʻin chiqishlarga olib kelishi mumkin. Suv toshqini xavfi oʻtgandan keyin, fuqarolar oʻzlarining doimiy yashash joylariga qaytib kelgach toshqin oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlarini boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat: - Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish: - Uylarning yertoʻlalaridagi suvlarni chiqarib tashlash: - Toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy - energetik tarmoqlarni, yoʻllarni, koʻpriklarni va boshqalarni qayta tiklash. Qayta tiklab boʻlmaydigan, inshootlarni, uylarni yiqitish va tozalash. — Ekinzorlarni suvdan tozalash. Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari boshchiligida, xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi.

Xulosa.
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki mustaqil ishini tayyorlashda ko'plab ma'lumotlarni bilib oldim. Sel haqida uning kelib chiqish yo'llari ularni bartaraf etish chora tadbirlarini bilib oldim. Sel xavfi bor bo'lganda favqulodda vaziyatlarda aholini xavfsiz hududlarga ko'chirib o'tkazish, ularga birinchi yordam berish usullarini bilib oldim. Sel va tog‘ ko‘chishi natijasida atrof muhitga katta zarar yetadi. Sel yoki tog‘ ko‘chkisi yo‘nalishida turgan bino va inshootlar butunlay buzilib ketishi tabiiy hol yuqorida qayd etilgan tabiiy ofatlardan tashqari sunami - dengiz ostidan paydo bo‘ladigan zilzila va buning natijasida katta dengiz to‘lqini sohilga urilishi, hamda vulqonlar portlashi uchraydi. Ushbu tabiiy ofat turlari O‘zbekistonda uchramaydi, chunki uning geografik joylashuvi bundan mustasno. Zilzilaviy hududlarda qurilish bo‘yicha qo‘llaniladigan chora tadbirlar. Sel bilan kurashishning asosiy usuli - tog' yonbag'irlarida, ayniqsa, sel paydo bo'lgan joylarda, tuproq va o'simlik qoplamini mustahkamlash, shuningdek, yer usti suvlarining oqimini (erigan suvning drenajlanishini) kamaytirishdir. Sel bilan kurashishning samarali usuli - ularni maxsus chuqurlar bilan tuzoqqa tushirish, shuningdek, selni suv bilan sun'iy ravishda suyultirish ,kabi usullarni o'z ichiga oladi.

Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish