Mavzu: Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti



Download 25,74 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi25,74 Kb.
#263278

MAVZU: Saylov huquqi erkinligi – fuqarolik jamiyatining sharti.


Amaliy mashg`ulot

ERKIN SAYLOVLAR FUQAROLIK JAMIYATINING ASOSIY BELGISI. SAYLOV TUSHUNCHASI VA TURLARI.

1.      Erkin saylovlar fuqarolik jamiyatining asosiy belgisi.

2.      Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligi.

3.      O‘zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanishi.

4.      Erkin saylovlarni o‘tkazishda ommaviy axborot vositatalarining roli.

1. Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, хalqning o‘z хohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, хalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.

Saylov хalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga хizmat qiladi.

Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

2. Hozirgi zamon O`zbekiston saylov qonunchiligi xalqaro andozalarga to`la mos keladi.

Saylovlar to`g`risidagi jahon andozalar quyidagi hujjatlarda aks etadi.


  • Inson huquqlariga oid BMTning xalqaro hujjatlarida. Bu Inson huquqlari umumjahon Dekleratsiyasi, Fuqarolarning shaxsiy va siyosiy huquqlari to`g`risidagi xalqaro pakt.

  • YEXHTning insoniylik mezonlariga oid hujjatlarida. Bulardan eng asosiysi 1990 yilgi Kopengagen anjumani hujjatlaridir.

  • Parlamentlararo Ittifoq hujjatlari. Bu ittifoqqa 145 davlat a’zo, shu jumladan O`zbekiston ham a’zo davlat hisoblanadi.

Ushbu xalqaro hujjatlarda demokratik saylovlarning 4 ta umum e’tirof etilgan prinsiplarga asosan o`tkazsilishi ko`rsatilgan. Bu prinsiplar quyidagilardan ibirat:

1.Umumiy saylov huquqi;

2.Teng saylov huquqi;

3.To`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi;

4.Yashirin ovoz berish huquqi.

Bu 4 prinsip O`zbekiston Konstitutsiyasi va saylov to`g`risidagi qonunlarida to`laligicha o`z aksini topgan. O`zbekiston saylov qonunchiligi va tizimining ikkinchi hususiyati Markaziy saylov komissiyasi to`g`risidagi qonunning mavjudligi va Markaziy saylov komissiyasi tarkibining tuzilganligidir.

3. O`zbekiston saylov qonunchiligining rivojlanish bosqichlari.

O`zbekiston saylov qonunchiligining asosiy maqsadi samarali, ishchan, professional vakillik organlarini saylash va yuqori fuqarolik va huquqiy madaniyatli saylovchilarni shakllantirishdir.

Istiqlol yillarida O`zbekiston saylov qonunchiligi 3 bosqichni bosib o`tgan. Ular:

Birinchi bosqich: bir palatali parlamentga saylovlar bosqichi, ya’ni bu bosqich Sobiq Ittifoq davridan boshlangan bo`lib, to 2004 yilga qadar davom etgan. Bu bosqichda ilk bor O`zbekistonda muqobil(alternativ) ko`ppartiyaviylik asosida Prezidentlik saylovlari bo`lib o`tdi va saylovlar to`g`risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Bu bosqichda Konstitutsiya saylov tizimining asoslari mustahkamlandi, saylovlar to`g`risida qonunlar asosida ko`ppartiyaviylikasosida birinchi marta o`zbek parlamenti Oliy Majlis saylandi.

Ikkinchi bosqich: Ikki palatali parlamentga saylovlar bosqichi, ya’ni 2004 yildan boshlandi. Bu bosqichda amaldagi saylov qonunlari asosan Oliy Majlis Qonunchilik va Senatiga saylovlar bo`lib o`tdi. O`zbekistonda saylov tizimi har bosqichida huquqiy asosda amalga oshiriladi va jamiyatda, davlatda muayyan o`zgarishlar bilan davom ettiriladi.

4. Saylovlarni o`tkazishda OAVlarni alohida o`rni mavjud. Chunki saylov oldi targ`ibot va tashviqot ishlari albatta OAVni o`rni katta hisoblanadi. Saylovoldi tashviqoti – bu saylov kampaniyasining eng muhim bosqichlaridan biri boʻlib, bir oydan ortiq vaqt davom etadi, yaʼni saylovga 35 kun qolganida boshlanadi va bir kun qolganda toʻxtatiladi. Bundan tashqari saylov kompaniyasi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini fuqarolarga yetkazib borishda ham televideniya, internet saytlardan, radiodan va boshqa vositalardan keng foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar o‘z saylov huquqlarini qay tarzda amalga oshirish, saylovda qatnashayotgan turli siyosiy partiyalar va nomzodlarning asosiy saylovoldi siyosiy pozitsiyalari va jamiyatdagi turli masalalarga qarashlaridan xabardor bo‘lish hamda ayni vaqtda bunga o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonidagi yana bir muhim ishtiroki ularning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish huquqi bilan bog‘liq. Saylov kodeksining 8, 35-moddalariga asosan ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqiga ega.



Ommaviy axborot vositalari vakillarining vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Boshqa davlatlarning ommaviy axborot vositalari vakillarini Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan o‘tkazadi. Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi qarori bilan Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan. Saylov jarayonida ommaviy axborot vositalarining ishtirok etishi fuqarolarning so‘z va axborot erkinligini, o‘z fikrini erkin bildirish, axborot olish huquqlarini taʼminlashga, saylov qonunchiligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, pirovardida esa chinakam demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishga xizmat qiladi.
Download 25,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish