Ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta «tayanch» so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi.
Xulosa.
O’quvchilarning nutqini bekamu kost, chiroyli va yoqimli, har tomonlama talabga javob beradigan darajada shakllantirish uchun oqituvchining nutqi namunali bolishi kerak. Oqituvchi oz nutqiga e‘tiborli bolsagina, oquvchidan tog‘ri gapirishni talab qila oladi. Baland ovoz bilan yoki ming‘irlab gapirish sinfda osoyishtalikni buzadi va oquvchilarni ham baland ovoz bilan gapirishga orgatadi. Agar oqituvchi sokin, adabiy til qoidalariga rioya qilgan holda gapirishni odob qilsa, nutqi sodda, bolalar tiliga yaqin, tushunarli, jozibador bolsa, bu sinfda oquvchining diqqatini tortadi va mavzu ularga tushunarli boladi. Oquvchining darsda diqqat e‘tibor bilan otirishi, oqituvchining oquv materialini tushuntirish va anglatish usullariga emas, balki uning nutqini gozal va ta‘sirchanligiga kop darajada bog‘liqdir.Soz me‘yoriga e‘tibor berilmasa suhbatdoshini zeriktiradi,hafsalasini pir qiladi.Kop gap qadrsiz bolib, sozlovchining ham qadrini ketkazadi. Nutqi ravon, aniq, sozga usta insonlar bilan suhbatlashish, kutubxona bilan uzviy aloqani mustahkamlanishi bolalarimiz nutqini ravon qiladi. Fan va madaniyatning taraqqiy etishi, tajribalarning va turmush madaniyatimizning osishi natijasida atrofimizda juda kop yangiliklar, ulkan qurilishlar, murakkab mashinalar, kashfiyotlar vujudga kelmoqda. Bularning barchasi nutqimizga yangi soz va iboralarning qoshilishidan dalolat beradi. Maktabda ilm organish jarayonida oquvchi nutqini ostirish, lug‘atini boyitish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi, chunki har bir fan bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.
Bolalar nutqini ostirishda nutq jarayonining mazmundorligiga mantiqan tog‘ri va aniqligiga, sodda va sofligiga e‘tibor berish lozim. Tegishli nutq madaniyatini ta‘minlash, oquvchilarga ortiqcha sozlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutilishda mohirona maslahatlar komagida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza sozlarning, oylab topilgan yangi misollarning sifatliligi uchun rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir.
Ma‘lumki, ona tili jamiki bilimlarning kaliti, poydеvoridir. Ona tili ta'limiga oquv fani emas, balki butun ta'lim tizimini uyushtiruvchi ta'lim jarayoni sifatida 68 qaraladi. Bu jarayon hozirgi kun talabiga javob bеrmasa, boshqa fanlar ta'limiga ham putur yеtishi mumkin. Hozirgi kun talabi esa oquv jarayonini mukammal isloh qilish, ta'lim samaradorligini muttasil oshirib borishdir. Bunda, sozsiz, ta'limning yangi, zamonaviy tеxnologiyasiga suyanish kutilgan natijani bеrishi shubhasizdir. Ona tili fani maktabda oquvchining kamol topishida, dunyoqarashining osishida, fikrlash darajasining osishida, bilim va mеhnatga havasini uyg‘otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg‘ulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim oquvchilarda ona tiliga muhabbat, oz yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz hurmat va sadoqatni ostirishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi, yuqorida ta'kidlanganiday, bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini anglash, oz fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |