Mavzu: Sanoq sistemalari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash. Axborotlarni kodlash. Sanoq sistemalarida arifmaetik amallar bajarish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa bir sanoq sistemasiga o’tqazish usullari



Download 1,76 Mb.
bet3/9
Sana05.06.2022
Hajmi1,76 Mb.
#638072
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sanoq sistemalari.

Tarixiy ma’lumotlar.
Odamlar o‘rtasida muomala vositasi bo‘lmish til kabi sonlarning ham o‘z tili mavjud bo‘lib, u o‘z alifbosiga ega. Bu alifbo raqam­lar va sonlarni ifodalash uchun qo‘llaniladigan belgilardan iborat­dir. Masalan, kundalik hayotimizda qo‘llanadigan arab raqamlari 1, 2, . . ., 9, 0 yoki sizga ma’lum bo‘lgan Rim raqamlari I, V, X, L, C, D, M sonlar alifbosining element.
Turli davrlarda turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. Masalan, qa­dimgi Misr o‘nlik sanoq sistemasida sonlar raqamlarning birlashmasi
ko‘rinishida yozilgan bo‘lib, har bir raqam ketma­ket 9 martadan ortiq takrorlanmagan:

1

10

100

1000

10000

100000

1000000






















Masalan, Misr o‘nlik sanoq sistemasida 632107 soni quyidagicha
yozilgan:

Qadimda ba’zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosi beshta (qa­dimgi Afrika qabilalarida), o‘n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar alifbosida), yigirmata (XVI–XVII asrlarda Amerika qit’asida yasha­gan atstek, mayya qabilalarida; eramizdan avvalgi II asrda G‘ar­biy Yevropada yashagan keltlarda; fransuzlarda), ba’zilari oltmishta (qadimgi bobilliklarda) belgini o‘z ichiga olgan. Ular mos ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq sistemasi, o‘n ikki raqamli (o‘n ikkilik) sanoq sistemasi, yigirmata raqamli (yigirmalik) sanoq sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb nomlanadi.Soatning oltmishga, sutkaning o‘n ikkiga karraliligi, bir yilning 12 oydan iboratligi, inglizlarda uzunlik o‘lchov birligi bo‘lmish 1 fut­ning 12 dyuymga tengligi, fransuzlarning bir franki yigirma suga tengligi turli sanoq sistemalarining qo‘llanilishi natijasidir. Inson har bir sistemani ishlatganda ma’lum vositalardan ham foydalan­gan. Masalan, o‘n ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita sifatida qo‘l barmoqlaridagi bo‘g‘inlardan foydalanilgan. Biz kundalik hayotimizda qo‘llayotgan sonlar alifbosi o‘nta arab raqamini o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning kelib chiqishi va qo‘llanilishida tabiiy hisoblash vositasi bo‘lmish qo‘l barmoqlarimiz asosiy o‘rin tutadi.



Arxeologik qazilmalardan topilgan tugunli arqonchalar, keltilgan tayoqchalar va suyaklar o’sha davrda ajdodlarimiz hisoblashlarni bajarishda mana shunday vosi-talardan foydalanganliklarini isbotlaydi.





Egey dengizidagi Salamin orollaridan topilgan taxtacha «Salamin doskasi» deb nomlangan. Bunday asbob qadimgi Gresiyada «Abak» nomi bilan mashxur bo`lgan. Abak yo`lakchalaridagi toshchalar yordamida oddiy hisoblashlar bajarilgan. Rimliklar keyinchalik marmar toshli doska shak-lidagi abak nusxasini yaratib, undan foydalanishgan.






Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish