Arab xalifaligi tarkibida
Kutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlari 712 yilda SAMARQANDni egallagan. Qoʻzgʻolon koʻtargan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. Attabariy keltirgan maʼlumotga koʻra, Samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻlganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaxr buyumlar va oltin, kumush bilan bezatilgan sanamlar (xilat ulasnom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—83 yillarda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarilgan (qarang Muqanna qoʻzgʻoloni).
Do'stlaringiz bilan baham: |