2.2. Sabzavotchilikka almashlab ekish
O'simliklaming biologik xususiyati bir-biri bilan bog~liq bo'lib, mabodo biri etishmasa ham 1I1ar o'sib rivojlanmaydi. Biologik omillar asosan 4 ta bo'lib, bular: harorat, yorug'lik, nanilik va tuproq hisoblanadi. Dastlab lIrug'ning unib chiqishi uchlln harorat yetarli bo'lmay, yorug'lik, namlik va tuproq bo'lsa urug' unmay chirib ketadi. Faqatgina tuproq bo'lmay suv bo'lganda ayrim o'simliklar o'sadi. Ammo hamma o'simlik ham suvda o'sib hosil bermaydi, gidroponika usuli bilan ayrim o'simliklami o'stirib hosil olish mumkin. Umllman, biologik omillar o'simlik hayotidagi asosiy ko'rsatkichlar bo'lib, ular har bir o'simlik lIchlln alohida xususiyatga ega. Ayrim sabzavot ekinlari harorat talab bo'lmay, o'ta past haroratda pishib yetiladi, urug'larining unib chiqqanidan mevalari pishib yetishgllnga qadar 400-450°C harorat zarur. Ayrim sabzavotlar -2°C past haroratda noblld bo'ladi, ayrimlarini esa -20°C haroratda ham sovuq lIrmaydi, masalan, karam, shivit, piyoz, sarimsoq, ko'k no'xat va boshqalar. Pomidor, kartoshka, qalampir, baqlajonlar -2°C haroratda nobud bo'ladi. Sabzavot ekinlarining hujayra to'qimalarida suvning ko'p bo'lishi ulaming tez noblld bo'lishiga olib keladi. Suv qancha ko'p bo'lsa, shuncha tez nobud bo'ladi yoki sovuq uradi. 12 Sabzavotlar haroratga talabchanligiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Piyoz, sarimsoq; rovoch, selderey, xren, ko'k no'xat, ismaloq, karam, salat, kashnich. Bular o'ta past harorat -15- 200 e ga chidaydi. -8-1 ooe haroratda yaxshi qishlab chiqadi. 2. Ildizmevalilar: sabzi, sholg'om, tuproq tagida -1 O-12°eharoratga chidaydi. Urug'lari 2-3°e da unaboshlaydi. 3. Issiqsevar ekinlar: kartoshka, pomidor, qalampir, baqlajon issiq haroratga talabchan, mutlaqo past haroratga chidamaydi. Urllg'lari havo harorati 6-8°e bo'lganda lInaboshlaydi, 12- 14°e - qulay harorat hisoblanadi, harorat 12°e dan past bo'lsa o'sishdan to'xtaydi. 4. Issiqqa chidamli ekinlar. BlIlarga qovun, tarvuz, qovoq, makkajo'xori va loviya kiradi. Bu ekinlar past haroratda mutlaqo rivojlanmaydi. Urug'lari IO-12°e dao 'saboshlaydi. Harorat 40-42°e bo'lganda qovun, tarvuz, qovoq o'sishdan to'xtaydi. Mutlaqo sug'orilmasdan ham o'stirish mumkin. Sabzavot ekinlarining o'sish davri va rivojianishiga qarab bo'linishi Sabzavot ekinlari o'sish davrining uzunligiga qarab 3 guruhga bo'linadi: I. Bir yilliklar - pomidor, baqlajon, qalampir, patisson, qovoqcha, ko'k no'xat, loviya, shivit, ismaloq, rediska, salat, qovun, tarvuz, bodring. 2. Ikki yilliklar - karam, sabzi, lavlagi, piyoz, kashnich, selder, sikoriy (sachratqi), sholg'om, tumeps. 3. Ko'p yilliklar - sarimsoq, rovoch, xren, yer noki (top inambur), shavel yoki otquloq. Barcha ekinlardek sabzavotlaming o'sish davri tuproq-iqlim sharoitiga qarab o'zgarib boradi. Masalan, ayrim qisqa kunlik o'simliklarjanubiy mintaqalarda ekilganda o'sish davri qisqaradi. Shimoliy tumanlarda ayni shu ekinning o'sish davri uzayadi. Sabzavot o'simliklarining o'sish davri ba'zilarida nisbiy, ayrimlari mevasi yoki mahsuloti iste'molga yaroqli bo'lgani bilan urag'i pishmagan bo'ladi. Masalan, bodringning iste'mol qiladigan mevasi bilan urug' olinadigan mevasi o'rtasida farq bor. Iste'mol \3 uchun uning 6-8 kunlik gul tugunchalari islilatilsa, urug"lari pishgandamevalarilli mutlaqo iste'mol qilibbo' Imaydi" Bodringning yosh mevalari ketma-ket uzuiib turilsa palagi lIzoq turadi, aml110 urug' olish uchun bodringlari saqlansa palagi tez o' ladi. Karamning bir yillik boshlari, sholg'oll1 va sabzining ham bir yillik ildizmcvalari iste'mol qilinadi. IIdizl1levalari ikkinchi yili urug' beradi, bu holda ular dag'allashadi, istc'molga mlltlfqo yaroqsiz bo' ladi. Rediska urug'lari unib chiqqaniga 30-35 kun bo' lganda iste'mol qilish mumkin bo'ladi, ammo ildizmevasi g'ovak bo ' lib qolgandan so'ng poya berib, UfUg' hosil qiladi. Ko'k no'xat, loviya, fasol va soyalarning XOIl1 , pishmagan dllkkaklari iste'mol qilinadi, ularning ham dllkkaklari tez yulinsa poyasi uzoq turadi, dukkagi pishishga qoldirilsa poyalari darhol sarg'ayadi. Pomidor o'simligining meva va urug'lari birdanigu pishib yetiladi. Urug' i unib chiqqach 60-80 kllndan so' ng mcvalari pishadi va qlllay sharoitda lIzoq vaqt meva beradi, ma"llImotlarga ko'ra issiqxona sharoitida pomidor besh yilgacha bir palakdan hosil bergan. Ko'pgina sabzavotlaniing o'sish davri ikkita tushunchadan ibOl·at: mevalarning yetilishr, lIrug'larning pishishi. AyrimlMi bor-yo'g'i 25-30 kunda iste'molga tayyor bo'ladi. Piyoz o'simligi bizda issiq iqlimli sharoitda ikki yillik bo'lsa, sovuq iqlimli mintaqalarda uch yillik hisoblanadi. Bizda birinchi yili bosh piyozlar hosil bo'ladi. Ikkinchi yili urug' lari pishib yetiladi. Shimolda uchinchi yili urllg' beradi. Birinchi yili kchik piyozchalar, ikkinchi yili yirik piyozlar, lIchinchi yili esa urug'lar olinadi. Piyozdan bizning sharoitda ham bir maydonda 2 mSabzavot ekinlarining asosiy qismi nam yuqori bo'lgan sharoitda o'sadi va ular beradigan mahsulotining 70-75% qismi suvdan iboratdir, ulallling ildizlari yuza joylashgan va kam rivojlangan. Bodring va karam eng ko'p suv talab qiladigan ekinlar turiga kiradi, chunki ularning barglari ko'p va ildizi yuza joylashgan. Piyoz ildizi yuzajoylashishiga qaramasdan suvni juda tejab sarflaydi, ammo, nam yuqori bo'lsa yaxshi hosil beradi. Poliz ekinlari nam talab em as, ammo ularning ham navlariga qarab bu kO'rsatkich o'zgaradi. Lalmida va sug'oriladigan sharoitda o'suvchi navlar alohida iqlimlashtirilgan. Sabzavot ekinlarining bir qismi ochiq dalaga ko'chatidan ekiladi va ayni paytda tuproqda nam ko'p bo'lishini talab qiladi. Gullash va meva hosil qilish davrida illar namga talabchan bo'ladi, nam yetishmasa hosil tugunchalari to'kiladi. Faqatgina hosili pishish davrida suvni kam talab qiladi, o'sish davrida suv kam bo'lsa mahsulot sifati buziladi, achchiq bo'ladi. Mevada kletchatka miqdori oshadi va mayda bo'lib qoladi.
Sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi va oziq-ovqatlik qiymati. Sabzavotlar o‘zining xushxo‘rligi, to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan asosiy oziq-ovqat turlaridan biri hisoblanadi. Sabzavotlarning to‘yimliligi ular tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va boshqa moddalarning ozko‘pligi bilan aniqlanadi. Sabzavotlar tarkibi asosan suvdan (65-96%) iborat bo‘lib, quruq moddalar bodring, pomidor va tarvuzda – 4-7%, ildizmevalada – 11-17%, faqat ko‘k no‘xatda – 20%, sarimsoq piyozda – 35% gacha bo‘ladi. Shuning uchun sabzavotlarning to‘yimlilik qiymati katta emas: bir kilogramm eng ko‘p iste’mol qilinadigan sabzavotlar 150-400 kkal yoki 600-1700 kJ quvvatga ega. Sabzavotlar oziq-ovqat sifatida organizmning energiyaga talablarini qondira olmaydi (insonning kundalik talabi 8-17 ming kJ yoki 2-4 ming kkal). Biroq ular qo‘shimcha karbon suvlari, oqsillar va moylar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shunga qaramasdan kishilarning hayotida sabzavotlarning ahamiyati juda kattadir. Ularning tarkibida ko‘plab miqdorda biologik aktiv moddalar: vitaminlar (darmondorilar), mineral tuzlar, fermentlar, organik kislotalar, efir moylar hamda xushbuy moddalar mavjud. Inson hayotida vitaminlarning roli katta, ular fiziologik zarur moddalar hisoblanadi. Uning nomi lotincha “vita” – bo‘lib, hayot degan ma’noni bildiradi. Kishining o‘rtacha faoliyati uchun 20 ga yaqin turli vitaminlar zarur hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa, B1 (tiamin), B2 (riboflavin), C (askorbin kislota), A (retinol), shuningdek, E (tokoferol) vitaminlari eng zarurlaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida tarkibida vitaminlari ko‘pligi bo‘yicha sabzavotlar birinchi o‘rinni egallaydi va ularning asosiy manbai hisoblanadi. Sabzavotlar tarkibida 50 dan ortiq kimyoviy elementlar bor. Ularda kul miqdori 0,1-2% ga etadi. Sabzavotlarda kishi organizmiga zarur va oson o‘zlashadigan tuzlar: natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, magniy, temir, marganets, xlor, yod, oltingugurtlar 97 mavjud. Bu mineral moddalar ishqoriy xususiyatga ega bo‘lib, ovqat hazm bo‘lish jarayonida non, moy, go‘sht iste’molidan hosil bo‘ladigan va organizmga salbiy ta’sir qiladigan kislotali birikmalarni neytrallaydi hamda qonning ishqoriyligini doimiy bo‘lishini ta’minlaydi. Sabzavotlar tarkibidagi organik (ayniqsa olma, limon, vino, shovul) kislotalar, fermentlar, effir moylari va boshqa xushbo‘y moddalar kishi ishtahasini qo‘zg‘atib oqsillar, uglevodorodlar va moylarning so‘rilishini yaxshilaydi. Insonning ovqat hazm qilish a’zolari serhajm mahsulotlarga odatlangan. Ularni normal ishlashlari uchun ovqatlar tarkibida hazm bo‘lmaydigan ballastchiqindi moddalar ham bo‘lmog‘i lozim. Bunday moddalarni ham organizmga sabzavotlar etkazadi. Sabzavotlarning shifobaxsh xususiyati ham qadimdan ma’lum. Ular asab qo‘zg‘alishini normallashtiradi va asabiyruhiy holatlarni oldini olish imkonini beradi. Bir qator sabzavot o‘simliklari (piyoz, sarimsoqpiyoz, pomidor, qalampir, petrushka, xren, turp) tarkibida bakteritsid (emiruvchi) xususiyatiga ega bo‘lgan fitotsidlar mavjud. Ba’zi sabzavotlar (seldereylar va sarimsoqpiyozlar) quvvatni oshirish xususiyatiga ega. Sog‘lom odamning oziq-ovqatida turli sabzavotlar miqdori sutkalik ratsionning 1/4 qismidan kam bo‘lmasligi lozim. Har kuni taxminan 300 g kartoshka va 400 g sabzavot iste’mol qilish zarur. Ma’lumotlarga qaraganda aholi boshiga sabzavotlar iste’mol qilishning o‘rtacha yillik me’yori 146 kg, respublikalar va mintaqalararo 128 kg dan 164 kg gacha, jumladan: oqboshli karam – 32-50, gulkaram, bryussel va savoy karamlar – 3-5, pomidor – 25-32, poliz mahsulotlari – 20, qovoqcha va baqlajon – 2- 5, chukuk qalampir – 7-13, ko‘k no‘xot – 7-8, xushbo‘y sabzavotlar – 1-2, turli xil sabzavotlar 3-5 kg ni tashkil yetishi kerak. O‘zbekiston viloyatlarida sabzavot va poliz ekinlarining yillik me’yorini 164 kg gacha oshirish, kartoshkani esa 50 kg ga tushirish taklif qilinmoqda. Hosilni saqlashda va transportlarda tashishda nobud bo‘lishini hisobga olib, iste’mol me’yori bo‘yicha taqqoslaganda sabzavot tayyorlash normasini 25-30% ga oshirish lozim. Chet mamlakatlarda sabazvotchilik. Sabzavot ekinlari dunyoning barcha mamlakatlarida yetishtiriladi. Hozirgi vaqtda uning yalpi hosili 560-570 mln. t ni tashkil etib, har bir kishining sabzavotlar iste’mol qilishi yil davomida 100 kg ga to‘g‘ri kelmoqda. Fiziologik (tibbiy) me’yorga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 120-130 kg dan kam bo‘lmasligi lozim. Sabzavot va poliz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy (202-205 mln. t yoki aholi jon boshiga 170 kg sabzavotlar, 100 kg tarvuz) turadi. Sabzavotchilik taraqqiy etgan mamlakatlar Hindiston (68-75 mln. t), AQSh (34- 36 mln. t), Turkiya (17-21 mln. t), Italiya (12-15 mln. t), Rossiya (11,5-14,2 mln. t), Yaponiya (11-13 mln. t), Eron, Meksika, Ispaniya, Frantsiya, Indoneziya (6-11 mln. t) va h.k. Aholi jon boshiga yil mobaynida sabzavotlar yetishtirish Italiyada 230-250, Polshada 150-160, AQShda 130-145, Yaponiyada 120-140, Ukrainada 90-100, Rossiyada 86-94 kg ni tashkil etmoqda. Xitoyda sabzavotchilik dehqonchilikning qadimiy sohalaridan hisoblanadi. Bu yerda sabzavot ekinlarining barcha (80 ta) madaniy turlari ekilib, har bir gektar 98 maydondan yil davomida 1-3 (shimoliy hududlarda), 3-9 martagacha (janubiy hududlarda) hosil olinadi.
Himoyalangan va dala sabzavotchiligi rivojlangan mamlakatlardan biri – Gollandiyadir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan issiqxona maydoni bo‘yicha (4,24 m 2 ) birinchi o‘rinda turadi. YAponiyada sabzavotchilik yuqori darajada mexanizatsiyalashganligi, yuqorihosilli geterozisli duragay urug‘lar va o‘stiruvchi stimulyatorlardan keng ko‘lamda foydalanishi bilan xarakterlanadi. Har bir mamlakatda sabzavotlar turi (assortimenti), xalqlarning urf – odatiga va iqlim sharoiti xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, AQShda asosan shirin makkajo‘xori, pomidor, dukkakli va salat o‘simliklar, Xitoy, Yaponiya va Koreyada – turp, Bolgariya, Ruminiya va Vengriyada 40% sabzavot ekinlari maydonini pomidor, qalampir, baqlajon egallaydi Sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun mazkur tarmoqlarda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish kerak. Buning uchun intensivlashtirish omillari yordamida tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarning agrobiologik, mahsuldorlik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish talab etiladi. Chunki, tuproq – o‘simlik (nav, urug‘) – texnika – kimyo – melioratsiya – tashkillashtirish – inson kabi ishlab chiqarishning tarkibiy qismlarini yagona yaxlitlikka keltirish eng oliy omil hisoblanadi. Hosil shakllanishini jadallashtiruvchi omillarni ishga solish uchun fan – texnika tomonidan zamonaviy texnologiyalar yaratilib ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Natijada hosildorlik va mahsulot sifati oshadi, o‘simlik va iqlim sharoitining barcha ijobiy imkoniyatlaridan foydalanish darajasi ko‘tariladi. Har qanday texnologiya insonning mehnat unumdorligini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin amaliyotda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy yetish osonlik bilan kechmaydi va barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |