Mavzu: roman, qissa, hikoya



Download 32,66 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi32,66 Kb.
#429032
Bog'liq
Mustaqil ta


Mustaqil ta’lim.
Mavzu: ROMAN, QISSA, HIKOYA.
Roman (frans. roman) — nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. R. oʻrta asrlarda roman tillaritsa yozilgan har qanday asarni j, anglatgan. R.da shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan maʼlum maʼnoda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa R. janri mundarijasining uziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs takdirining oilaviymaishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan uzaro uzviy aloqada tasvirlanishi R. janrining kulami va gʻoyaviybadiiy qimmatini namoyish etadi. R. janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavkei bilan har doim ham mushtarak bulavermaydi. Aksincha, inson uz takdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga koʻra kichik boʻlishi mumkin. Binobarin, u bilan uning takdiri yoki jamiyatdagi mavqei oʻrtasida muayyan ziddiyat boʻladi va xuddi shu ziddiyat R. janrining mundarijasini — syujet chiziklarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi R.ning epik janr sifatidagi uziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urfodat oʻrtasidagi ziddiyat va kurash oʻzida davrning ijtimoiy hamda maʼnaviyaxloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, R.ning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta boʻladi. R. oʻz tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik R.navislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol R.ning avvalboshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush koʻrmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr boʻlganidan shahodat beradi.
Mavzu, hajm, syujetning murakkablik darajasi, kompozitsion tuzilish va tasvir usullarida muayyan farq boʻlishiga qaramay, R. janrida baʼzi bir badiiyat unsurlarining (intriga, konflikt, yechim kabi) boʻlishi talab etiladi. Shu bilan birga R. navislar bu unsurlarga, shuningdek, badiiy tasvirning boshqa shakl va vositalariga erkin munosabatda boʻlishlari mumkin. R.lar oʻz tarixining dastlabki davrida tuzilishiga koʻra 2 guruhga — "ochiq" va "yopiq" R.larga ajralgan. "Ochiq" tuzilmali R.ning yorqin namunasi M. Servantesning "Don Kixot" i boʻlib, unda jamiyat hayotining xilmaxil tomonlari bilan birga bosh qaxramon ishtiroki harakterining tadrijiy oʻsishi ham mufassal tasvirlangan, bosh qahramon ishtirok etgan voqea va hodisalarga esa koʻplab personajlar jalb etilgan. "Yopiq" tuzilmali R.larning dastlabki namunalaridan biri M.M. de Lafayetning "Malika Klevskaya" asaridir. Bu asarda yozuvchi eʼtibori faqat bir qaxramon hayoti, bir konflikt va bir vaziyat tasviriga qaratilgan. Keyinchalik, R. janri ichki shoxobchalarga boʻlingan paytda psixologik R.janri ana shu "yopiq" R.dan oʻsib chiqqan.
R. antik adabiyotda paydo boʻlganida, yozuvchilar koʻpincha maishiy mavzudagi miflarning anʼanaviy syujetlaridan foydalanib, ularga emotsional olam manzaralarini olib kirganlar. Kahramonlarning ichki olami tasviri bu asarlarda voqeabandlikning soyasida qolgan. Ammo Longning "Dafnis va Xloya" ishqiybukolika R.ida qaxramonlarning sarguzashtlariga qaraganda ularning histuygʻulari tasviriga shu qadar katta oʻrin berilganki, natijada bu asar uzoq davrlar mobaynida psixologik R.ning mumtoz namunasi hisoblanib kelgan.
R. janri ana shu tarzda davrmadavr boyib, badiiy tuzilmasi oʻzgarib bordi. Oʻrta asrlarda romantik tasvir usulining yetakchilik qilishi natijasida ritsar R.lari ("Tristan va Izolda rivoyati"), Uygʻonish davrida kichik hikoyalardan iborat R.lar (J. Bokkachchoning "Dekameron"i), romanlashgan qissa (M. Boyardo, L. Ariosto, T. Tasso) va dramalar (V. Shekspir) maydonga keldi. Ana shu tarzda R. tabiatida kechayotgan oʻzgarishlar insonparvarlik gʻoyalari ustuvorlik qilgan Maʼrifatparvarlik davrida muayyan darajada oʻz yakuniga erishdi. A. F. Prevonpng "Manon Lesko" R. i bilan adabiyotga "oʻrta" harakter deb yuritilgan qahramonlar obrazi kirib keldi va shu davr R.larida ruhiyat tasviri keng oʻrin egalladi.
19-asrdan boshlab jahon adabiyotida realistik R. janri shakllana boshladi. G. Stendal, O.Balzak, G. Flober va boshqa yozuvchilarning badiiy izlanishlari bilan R. janrining syujet doirasi kengaydi, koʻp planlilik, epik kulam va syujetning shiddatli harakati janrning muhim shartlari sifatida qabul qilindi. 19-asrning soʻnggi choragida naturalizmning avj olishi natijasida R. tabiatida turgʻunlik, hatto tanazzul holati koʻzga tashlandi. Ammo 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida J. Golsuorsi, G. Mann, T. Mann va J. London realistik asarlarining yaratilishi bilan R. janri oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga erishdi. Rus adabiyotida "Yevgeniy Onegin" (A. S. Pushkin) sheʼriy romanining yaratilishi rus R. navisligining shakllanishiga muxim turtki berdi. N.V. Gogol, I. V. Turgenev, L. N. Tolstoy, F. M. Dostoyevskiy R.larining maydonga kelishi bilan realistik rus R. navislik maktabi vujudga keldi.
Oʻzbek adabiyotida R. janrining paydo boʻlishiga Navoiy "Hamsa"sini tashkil etgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba boʻlib xizmat qildi. Milliy uygʻonish adabiyoti namoyandalari dastlabki oʻzbek R.larini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va anʼanalardan samarali foydalandilar. Hamzaning "Yangi saodat yoxud Milliy roman"i (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning "Befarzand Ochildiboy" (1915) asarlari dastlabki oʻzbek R.larini yaratish yoʻlidagi izlanishlar edi. Kodiriyning "Oʻtgan kunlar" (1926) asarining yaratilishi bilan oʻzbek realistik R.i vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy oʻzbek R.navislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi oʻzbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Kodiriy "Mehrobdan chayon" (1928), Ayniy "Qullar" (1934), Choʻlpon "Kecha va kunduz", Abdulla Qahhor "Sarob" (1935), Oybek "Kutlugʻ qon" (1939) va "Navoiy" (1944) asarlari bilan oʻzbek R.navislik maktabining yuksalishiga katta hissa qoʻshdilar. Us toz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan oʻzbek R. navislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. Gʻulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, Oʻ. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va boshqa yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. Oʻzbek R. navisligida R. janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik R.lar, shuningdek, R. xronika, R.novella, R.munozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.
Sovet davrida yaratilgan ayrim R.larda shu davrning oʻtkinchi gʻoyalari olgʻa surilgan va voqelik sotsialistik realizm talablari asosida buyab, xaspushlab koʻrsatilgan. Shunga qaramay, oʻzbek R.i xuddi shu davrda milliy adabiyotning yetakchi janrlaridan biri sifatida paydo bulib, uzining yuksak namunalarini berdi.

Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest maʼnosidagi Q. tushunchasi yoʻq, nasrning romandan boshqa barcha janrlari "novella" termini orqali ifodalanadi. Rus va oʻzbek adabiyotlarida Q.ning hozirgi va qadimgi maʼnolari oʻrtasida farq bor. Mas, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (Q) deb atalgan. Oʻzbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar q. deb yuritilgan. Mas, "Qissai Sayfulmuluk", "Qisasi Rabgʻuziy" va boshqa Hozirgi maʼnodagi oʻzbek Q.si rus adabiyotidagi "povest" terminiga toʻgʻri keladi va, asosan, roman bilan hikoya oraligʻidagi oʻrtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.
Q., odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni oʻziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. q. hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik koʻlamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Q.da u yoki bu shaxs hayotining maʼlum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Q.da lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq boʻlishi mumkin.
Roman kabi Q.ning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda Q. nasrning eng faol janrlaridan boʻlib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.
Hikoya — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika),A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.
Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Bobomiz Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek H. chiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.
Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50—60-yillarda S.Ahmad, 60 —70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.
"H." atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Mas, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek H.chiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
H. inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A.Qahhorning "Oʻgʻri" H.sida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida "Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening oʻgʻrigina bolam" H.sidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.
Ixchamlik H.ning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.
H. mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy H.lar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar H.lar" ham uchraydi.
Download 32,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish