Mavzu: Rivojlangan davlatlarda davlat va huquqga oid fanlarning mazmuni va uni o‘qitishda ilg‘or tajribalar



Download 113,5 Kb.
bet6/16
Sana27.06.2022
Hajmi113,5 Kb.
#711440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Rivojlangan davlatlarda ta\'lim

Baho kimga kerak? Mamlakatda 10 ballik tizim qabul qilingan, ammo 7-sinfgacha faqat so‘zda baho qo‘yiladi: o‘rtadan pastroq, qoniqarli, yaxshi, a’lo. 1-3 sinflarda umuman hech qanday ko‘rinishdagi baholar yo‘q. Finlyandiyada barcha maktablar “Wilma” davlat elektron tizimiga ulangan, bu elektron maktab kundaligidek gap, har bir ota-ona unga kirish uchun shaxsiy kodga ega. Pedagoglar baho qo‘yib, davomatni belgilab, bolaning maktabdagi hayoti haqida xabar berib borishadi; shuningdek psixolog, ijtimoiy xizmatchi, “kelajak o‘qituvchisi”, feldsher ham u erda kerakli ma’lumotni qoldiradi. Fin maktablarida baholar xavotir uyg‘otmaydi, ular faqat ta’lim oluvchining o‘zi uchun kerak, qo‘yilgan maqsadga erishishda bolaga motivatsiya berish va o‘zini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Baholar o‘qituvchi, maktab nufuziga ta’sir ko‘rsatmaydi va hech qanday ko‘rsatkichlarini buzmaydi.
Maktab hayotiga doir boshqa tafsilotlar Maktablar hududi o‘ralmagan, kiraverishda qo‘riqchilar yo‘q. Aksariyat maktablarning kirish darvozasi avtomatik tizimga ega, binoga darslar jadvali asosida kirish mumkin. Darsda bolalar parta va stolda o‘tirishi shart emas, polda (gilamda) o‘tirish ham mumkin. Ba’zi maktablarda sinflar divan va kreslolar bilan jihozlangan. Kichik maktab inshooti gilamchalar bilan ta’minlangan. Forma yo‘q, kiyimga nisbatan qandaydir talablar ham yo‘q, istagan kiyimda kelish mumkin. Almashtirish uchun qo‘shimcha poyabzal talab qilinadi, lekin kichik va o‘rta zvenodagi bolalar paypoqda yurishni ma’qul ko‘rishadi. Iliq havoda darslar ko‘pincha ochiq havoda maktab oldida, maysalar ustida yoki maxsus jihozlangan qatorlarda o‘tkaziladi. Tanaffus vaqtida kichik maktab ta’lim oluvchilari albatta ko‘chaga olib chiqiladi. Uy vazifalari kamdan-kam beriladi. Bolalar dam olishlari kerak. Ota-onalar bolalar bilan dars qilishga majbur emas, buning o‘rniga pedagoglar muzey, o‘rmon yoki suzish havzasiga oilaviy borishni tavsiya qilishadi. “Doska oldida” o‘qitish usuli qo‘llanmaydi, bolalar materialni so‘zlab berish uchun doska oldiga chaqirilmaydi. O‘qituvchi darsga umumiy tus beradi, so‘ngra ta’lim oluvchilar orasida yurib, ularga vazifalarni bajarishga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. O‘qituvchining yordamchisi (fin maktablarida o‘qituvchi yordamchilari ham bo‘ladi) ham xuddi shu ish bilan band bo‘ladi. Daftarga qalam bilan yozish va qancha xohlasa, shuncha o‘chirish mumkin. O‘qituvchi ham vazifani qalamda tekshirishi mumkin. Finlyandiya maktablaridagi ta’lim tizimi qisqa satrlarda mana shunday. Ehtimol, u kimgadir noto‘g‘ridek tuyulishi mumkin. Finlar mukammallikka da’vogarlik qilishmaydi va erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolishmaydi, hatto eng yaxshi tizimda ham kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Ular mamlakatdagi maktab tizimi jamiyatdagi o‘zgarishlarga qanchalik to‘g‘ri kelishini doimiy ravishda tadqiq qilishadi. SHunisi quvonarliki, finlarning farzandlari tunda asabiy zo‘riqishdan uyg‘onmaydi, tezroq katta bo‘lishni orzu qilmaydi, ularda maktabga nisbatan nafrat yo‘q, ta’lim oluvchilar navbatdagi imtihonlarga tayyorlanib, o‘zlari va butun oila a’zolarini qiynamaydi. Xotirjam, sermulohaza va baxtli fin bolalari kitoblar mutolaa qilishadi, tarjimasiz (original tilda) filmlar ko‘rishadi, kompyuter o‘yinlari o‘ynashadi, rolik va velosipedlarda uchishadi, musiqa va teatr pesalari yaratishadi, qo‘shiq kuylashadi. Ular hayotdan quvonib yashashadi va buning orasida ta’lim olishga ham ulgurishadi.
2. Germaniya Federativ Respublikasi 16ta mustaqil Federativ erlar (viloyatlar)dan iborat bo‘lib, har biri shakliga ko‘ra turlicha bo‘lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo‘lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo‘lgan davlat ko‘rsatmalari mavjud.
Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal erlar (FE) xuqumatining konpetensiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: ta’lim vazirligi ta’lim siyosati konsepsiyasini ishlab chiqadi, OO‘YUlarini kengaytirishga mablag‘ ajratadi.
GFR konstitutsiyasiga ko‘ra har bir Federal Er o‘z hududidagi maktab va oliy ta’limni rejalashtirish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha o‘zi javob berishga qaramay, barcha Federal Erlar va Federal xukumat umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik qiladilar. Federal organlar va Federal Erlarning ta’lim sohasi bo‘yicha siyosati kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o‘quv dasturi, imtixonlarni o‘zaro tan olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar shular jumlasidandir.
Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:
- birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun pul olmaydi;
- barcha Federal erlarda ta’lim oluvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o‘z hisobidan beradi;
- deyarli barcha ta’lim oluvchilarga darslik va o‘quv qo‘llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi;
- ma’lum toifadagi ta’lim oluvchilar va o’quvchilarga mavjud federal qonunlarga ko‘ra davlat moddiy yordam ko‘rsatadi.
Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% ta’lim oluvchilar tahsil oladilar. Xususiy maktablar o‘quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan erkin bo‘lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o‘tkazilib turiladi. Sekin asta differensiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir ta’lim oluvchiga uning qobiliyati va o‘qishdagi turlicha yo‘nalishiga ko‘ra moslashuvchan yondashuv kiritilmoqda.
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
1. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo‘lib, maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog‘chalari, tayyorlov sinflari va kirish guruhlari bo‘lib, bu erlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida ota-onalar xohishiga ko‘ra ixtiyoriydir.
2. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang‘ich maktab, unga 6 yoshdan qatnay boshlaydi. O‘qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu bosqichdagi ta’limning maqsadi-bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u yoki bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni berishdan iborat.
3. Ta’lim I ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo‘nalishli bosqich” deb nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko‘ra o‘quv muassasalarining kerakli turiga yo‘naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar, gimnaziyalar, kompleks maktablar. Ta’lim oluvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi.

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish