Mavzu: Respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirish



Download 147,5 Kb.
bet5/7
Sana27.03.2022
Hajmi147,5 Kb.
#512699
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Industrial tayyor

Foyda va uni maksimallashtirish
Sanoat va uning barcha bo‘g‘inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum funksiya (vazifa)larni bajaradi:
-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so‘nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
-turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;
-xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o‘ynaydi;
-ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish xo‘jalikfaoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichdir. Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona balansidagi mavjud ishlab chiqarish
va ishlab chiqarishdan tashqari, xo‘jaliklarning moliya-xo‘jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda summasidir. Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan, ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan, korxona yordamchi xo‘jaliklarining mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-joy kommunal xo‘jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil topadi. Har bir korxona (firma) yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisodiyotda uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shundan iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi. Mulk egasini o‘zi boshqaradigan unchalik katta bo‘lmagan korxona (firma)da ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxona (firma) larda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo‘lib, foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari mumkin. Ular mulk egasi bo‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o‘rniga qisqa manfaatni afzal ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga daromadni ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zarurati yuzaga keladi. Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:
- haqiqiy foyda;
- o‘rtacha foyda;
- monopol foyda yoki iqtisodiy renta;
- maksimal foyda.
Haqiqiy foyda – bu haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni haqiqiyxarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. O‘rtacha foyda deganda boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitaliga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar. Iqtisodiy foyda qachon paydo bo‘ladi? Agar korxona bir mahsulotni tayyorlab, sotib, haqiqatda 100 ming so‘m foyda olgan bo‘lsa-yu, ana shu mablag‘ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sarflab, uni sotganda 150 ming so‘mlik foyda olsa, bunday foydani iqtisodiy foyda deb tushunish kerak. Bu holda foyda ijobiy tus oladi. Ijobiy iqtisodiy foyda korxonani biron-bir investor faoliyat boshlashiga rag‘batlantirsa, ijobiy haqiqiy foyda ishlab chiqarish yoki firmaning ancha oyoqqa turib olganidan darak beradi. Monopol foyda yoki iqtisodiy renta – bu cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bo‘lishi sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bo‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln so‘m uning qo‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab
chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Maksimal foyda – bu bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda . Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash deganidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o‘rin tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to‘g‘ri taqsimlash jamoa va har bir xodimning manfaatdorligini uyg‘unlashtirish uchun sharoit yaratadi.



Download 147,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish