(6.5)
bo’ladi.
Yorug’lik kuchi birligi Sobiq Ittifoq metrologiya ilmiy tekshirish institutining fotometrik laboratoriyasida yasalgan Yorug’lik etalonining yuzasidan normal yo’nalishda chiqayotgan Yorug’lik kuchining qismiga teng. Bu birlikka kandela (kd) deyiladi. Bu Yorug’lik kuchining yangi etaloni bo’lib, xalqaro bir shamning (eski etalonning) Yorug’lik kuchi 1.005 kd ga teng.
YOritilganlik yuza birligiga perpendikulyar tushayotgan Yorug’lik oqimi bilan xarakterlanadi, ya’ni
. (6.6)
YOritilganlik birligi lyuks (Lk) bo’lib, u 1m2 yuzaga tekis perpendikulyar tushayotgan 1 Lm oqimga mos keladigan yoritilganlikdir:
. (6.7)
Ravshanlik deb, yuza birligidan yuzaga kelgan perpendikulyar yo’nalishda har bir kvadrat metridan 1 kd Yorug’lik kuchi beradigan yuzaning ravshanligi olinib, ravshanlik birligi - bo’ladi. Demak, ravshanlik
. (6.8)
Bu yerda - Yorug’lik nuri yo’nalishi bilan shu Yorug’lik tarqatayotgan yuzaga o’tkazilgan perpendikulyar orasidagi burchak.
SHuni ta’kidlab o’tish kerakki, Yorug’lik birliklarining tajribada aniqlash va uni qayta takrorlash murakkab ish bo’lib, diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Miqdoriy Yorug’lik o’lchashlari, ayniqsa, spetrning turli sohalaridagi o’lchashlarr hozirga qadar ishlanib kelinmoqda va mukammallashtiritmoqda.
YORUG’LIK DISPERSIYASI
Yorug’lik dispersiyasi deb, moddaning sindirish ko’rsatkichini Yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligidan yuz beradigan hodisalarga aytiladi. Yorug’lik dispersiyasini matematik ravishda shunday yozish mumkin:
(7.1)
Bu formulada Yorug’lik to’lqining chastotasi.
Agar chastota ortishi bilan absolyut sindirish ko’rsatkichi ortib borsa, bunday dispersiya normal dispersiya deyiladi, aksincha chastota ortib borishi bilan chastota kamaysa, bunday dispersiya anomal dispersiya deyiladi.
Yorug’lik dispersiyasini birinchi marta 1672 yilda ingliz olimi I.Nyuton kuzatgan. U shisha prizmadan oq Yorug’lik o’tganda rangli spektr hosil bo’lishini aniqlagan. Yorug’lik dispersiyasini sindirish ko’rsatkichni aniqlaydigan har qanday usul bilan kuzatish mumkin. Masalan, prizmalardan Yorug’lik o’tganda, to’la ichki qaytish hodisasi ro’y berganda va interferension asboblar yordamida. Umumiy holda, Yorug’lik dispersiyasi ro’y berganda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish ko’rsatkichi orta boradi. Bunga normal dispersiya deyiladi. Lekin shunday hollar ham kuzatiladiki, bunda to’lqin uzunligini kamayishi bilan sindirish kursatkichi ham kamayadi. Bunday dispersiyaga anomal dispersiya deyiladi. Odatda anomal dispersiya Yorug’likni yutilish sohasida kuzatiladi.
Dispersiya sababli oq Yorug’lik sindiruvchi muhitdan o’tganda turli to’lqin uzunlikli monoxromatik nurlarga ajraladi. Agarda bu hodisani ekranda kuzatsak, turli rangdagi yo’llar - ya’ni dispersiya spektrini yoki optik spektrni ko’ramiz. Odatda, optik spektrlar maxsus asboblar - spektrometr va spektrograflarda hosil kilinadi. Spektrlarning tashqi ko’rinishi Yorug’lik manbaining xossalariga bog’liq bo’ladi.
Optik spektrlar 3 turga bo’linadilar:
1. Tutash spektrlar.
2. CHiziqli spektrlar.
3. Yo’l-yo’l spektrlar.
Yorug’lik manbai cho’g’langan qattiq va suyuq jismlar, siqilgan gazlardan iborat bo’lsa, kuzatiladigan spektr tutash spektrdan iborat bo’ladi. CHiziqli spektrlarni uyg’ongan alohida atomlar, yo’l-yo’l spektrlarni uyg’ongan alohida molekulalar chiqaradi. Optik spektrlar yordamida moddalarni analiz qilish, atom va molekulalarni tuzilishini o’rganish va boshqa ko’p ilmiy ishlar qilish mumkin. Bu sohaga spektral analiz deyiladi. Hozirgi vaqtda Yorug’lik dispersiyasini kvant mexanikasi asosida tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |