Mavzu: Rentabellik ko’rsatkichlari tahlili va uning mazmuni
Mavzu: Rentabellik ko’rsatkichlari tahlili va uning mazmuni Qabul qildi: Topshiruvchilar: Karimjonov A Karimov I Mexriddinov M Mardiyev R Reja:
1. Rentabellik tushunchasi.
2. Rentabellikni asosiy ko’rsatkichlari.
3. Qo’shimcha rentabellik ko’rstkichlari.
4. Rentabellik ko’rsatkichlari korxona misolida.
Rentabellik tushunchasi:
Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashina, uskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun Rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida Rentabellikni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish, mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intiladi). Rentabellikni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda Rentabellik monitoringga yuritiladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |