Geologik – geomorfologik yodgorliklarga nodir geologik tog’ jinslari, karst voronkalari, relyef shakllari, g’orlar, issiq suvli mineral buloqlar kiradi. Mamlakatimizdagi Kilsi (Qirqtog’da), Qorlug’ (Ko’hitang tog’ida), Hazratidovut (Zirabuloq tog’ida), Amir Temur g’orlari, Zarafshon tizmasidagi karstlarni misol keltirish mumkin.
Botanik yodgorliklarga yuz yillik daraxtlar, yo’qolib ketayotgan relikt o’simliklar kiradi. Bu yodgorliklarga Surxondaryo viloyatidagi, Urgut tumanidagi ming yillik chinorlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |