Suv havzalarida cho’milishni tashkil etishda me’yoriy ko’rsatgichlar
Suv havzasi turi
|
Cho’miluvchilar
soni
|
Me’yoriy ko’rsatgich, m2
|
Dengiz plyaji
|
1
|
5
|
ichki suv havzasi jumladan, bolalarga
|
1
1
|
8
4
|
daryolar
|
1
|
5-10
|
oqmas suv havzalari
|
1
|
10-15
|
Manba: A.A.Rafiqov va boshqalar. Ekologiya. T:.2004
Jadvaldan ko’rish mumkinki, agarda suv havzasi maydoniga nisbatan cho’miluvchilar soni oshib ketsa, u holda suvning ifloslanishi ortib, insonlarda turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bahor oylarida tog’ yonbag’rlari, qirlar, adirlarda dam oluvchilar soni keskin ortadi. Bunda dam olish hududiga nisbatan dam oluvchilar soni ancha ortiq bo’ladi. Bu jarayonda turli giyohli, manzarali o’simliklarga ziyon yetkiziladi, atrof – muhit turli chiqindilar bilan ifloslanadi, natijada ekologik muvozanat buziladi.
Rekreatsiya faoliyatining ana shunday samaradorligi tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog’liqdir.
Rekreatsiya sohasini rivojlantirish va joylashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni hal etishga alohida ahamiyat beriladi:
tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;
tumanlar va hududlarda rekreatsiyada tabiatdan foydalanish va boshqa sohalarda tabiatdan foydalanishni taqqoslab baholash;
tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan rasional foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;
tabiiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.
Rekreatsiya samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va ta’riflanadi:
Tadbirlar maqsadi, ya’ni rekreatsiya faoliyatining kutilayotgan va erishish mumkin bo’lgan natijalari.
Rekreatsiya faoliyatining konkret mintaqaviy va ijtimoiy- demografik xususiyatlarini eng pastki darajadagi sharoitlarini ta’riflovchi tegishli ijtimoiy standartlar.
Tadbirlar natijasi, ya’ni tadbirlarning har biriga asoslanib tashkil etish mumkin bo’lgan variantlari yoki quyilgan maqsadga erishishning muqobil yo’llari.
Tadbirlar variantining har birini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan resurslar xarajati (tabiiy rekreasiya resurslarini qo’shib).
Hisob-kitob sharoitlarida qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan (resurslar bo’yicha cheklovlar ) resurslar va ayniqsa ko’rib chiqilayotgan hududlarning tabiiy rekreatsiya resurslari.
Ko’rsatilgan besh guruh ta’riflar samaradorlikni baholash maqsadida iqtisodiy- matematik modellarni shakllantirish uchun yetarlidir. Bundan tashqari ular tadbirlar natijalarini qo’yilgan maqsadlar, real ajratilishi mumkin bo’lgan resurslar bilan talab qilinadigan resurslar xarajatiga taqqoslashga imkon beradi. Bular yo’l qo’yish
mumkin bo’lgan qarorlarni shakllantirishga va variantlarni yo’l qo’yish mumkinligi nuqtai nazaridan dastlabki baholashga yordam beradi.
Barcha beshta guruh ta’riflar yoki natijalarning (1-3 – guruhlar) yoki xarajatlarning (4 va 5 - guruhlar) tarifini beradi. Rekreatsiyada tabiatdan foydalanish faoliyatining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini xo’jalik tadbirlari natijalarining ayrim tomonlarini ifodalaydigan natural-moddiy, sifat va qiymat tavsiflarining o’zaro bog’liq ko’rsatkichlari tizimida aks ettiriladi.
Natural ko’rsatkichlarda qo’yidagilar ifodalanadi:
rekreatsiyada tabiatdan foydalanish sohasida amalga oshirish mo’ljallanayotgan tadbirlarning aholini qamrab olishi (hisoblangan kontingent odamlar)- xizmat ko’rsatiladigan odam-kun miqdori yoki bir yilda xizmat ko’rsatiladigan aholi soni, xizmat ko’rsatish va sifati (kategoriyasi)bo’yicha alohida hisoblar;
marshrut, dam olish dasturi, hududlar yoki barpo etiladigan obyektlarning quvvati (qancha kishi qabul qilish imkoniyati);
ijtimoiy natijalarga imkon beradigan rekreasiya faoliyatiga aholi sarflaydigan vaqt;
aholining rekreasiya faoliyatiga kiradigan vaqt sarfining qisqarishi bilan bog’liq bo’lgan vaqtini tejash (rekreasiya xizmatini kutish).
Nisbiy ko’rsatkichlarda xizmat ko’rsatish sifatining ekspert bahosi, hududlar va obyektlarning xossalari (funksionalligi qulayligi bilan birga, shinamligi, nafosati, tashqi ko’rinishining o’ziga jalb etishi, atrof-muhit bilan uyg’unligini ham qo’shib) ifodalanadi (odatda ballarda hisoblanadi).
Qiymat ko’rsatkichlarida quyidagilar aks ettiriladi:
belgilangan baholarda mahsulotlar va xizmatlarni realizasiya qilishning yillik hajmi va ularni realizasiya qilishdan olingan foyda;
sog’liqni saqlash muassasalarida kasallanishning kamayishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning shartli – hisoblangan kamayishi;
mehnat unumdorligining oshishi xodimlar kvalifikasiyaning oshishi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy infratuzilmani barpo etish va uning xizmatiga xarajatlarning kamayishi;
aholi vaqtni tejashining qiymat bahosi.
Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari, mavjud resurslar asosida dam olish, sog’lomlashtirish uchun qulay shart – sharoit yaratish bilan bog’liq. Bu birinchi jihatdan, tegishli infratuzilmani tashkil etishni talab etadi. Rekreasiya infratuzilmasi – dam olish obyektlari (sanatoriya, kurort, pansionat va b.) transport kommunikasiyalari, elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa xizmat ko’rsatish tarmoqlari (sport maydoni, suv havzasi, ovqatlantirish tarmoqlari, klub, telefon tarmog’i va b.) bilan ta’minlangan majmuadir. Rekreasiya infratuzilmasi qanchalik takomillashgan bo’lsa, dam oluvchi va sog’ligini tiklovchilar uchun qulay sharoitga ega ekanligini bildiradi, hamda bu yerga keluvchilar sonini oshishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
Ikkinchi jihatdan, dam olish maskanlarining malakali mutaxasislar bilan ta’minlanishi katta samara beradi. Mamlakatimiz rekreasiya resurslariga boy bo’lsada, ulardan talab darajasida foydalana olmayapmiz. Bu esa, qanchadan –
qancha iqtisodiy daromatdan qolayotganimizni bildiradi. Shuning uchun ayni vaqtda quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
Hududiy rekreasion tizimning qabul qilish potensiali aniqlash;
mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa rekreasiya resurslaridan kelib chiqib joylashtirish;
ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;
zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;
mehnat resurslaridan samarali foydalanish;
rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat muhofazasiga e’tibor qaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |