58-modda. Talim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan otkazish
Ozbekiston Respublikasi hududida faoliyat korsatayotgan maktabgacha, umumiy orta, orta maxsus, professional va oliy talim tashkilotlari, shuningdek maktabdan tashqari talimni, oliy talimdan keyingi talimni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi talim tashkilotlari davlat talim standartlariga, davlat talim talablariga hamda oquv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan otkaziladi.
Talim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan otkazish besh yil muddatga amalga oshiriladi.
Talim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan otkazish talim tashkilotlarining arizasiga kora Talim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Ariza akkreditatsiya muddati tugashidan uch oy oldin beriladi.
Attestatsiya ikki bosqichda talim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi baholash bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ichki baholash talim tashkilotining ozini ozi baholashidir.
Tashqi baholash ichki baholash otkazilganidan keyin Talim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, davlat qomitalari, idoralari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan talim tashkilotlari tashkil etilgan kundan etiboran besh yil mobaynida akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Nodavlat talim tashkilotlari litsenziya olingan kundan etiboran besh yil davomida akkreditatsiyadan otgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan tartibda attestatsiya va akkreditatsiyadan otkaziladi.
Talim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan otkazish maqsadida Talim inspeksiyasi huzurida doimiy faoliyat korsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi tuziladi.
Davlat akkreditatsiyasi talim tashkilotining attestatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat korsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi talim tashkilotining maqomini va uning faoliyati davlat talim standartlariga, davlat talim talablariga va oquv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi.
Talim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi togrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, unga davlat akkreditatsiyasining amal qilish muddati korsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Talim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat akkreditatsiyasi togrisidagi sertifikatning amal qilishi Talim inspeksiyasining qarori bilan tugatiladi.
Talim togrisidagi qonun hujjatlarining talablari yoki sertifikatda korsatilgan shartlar buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar talim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan hollarda Talim inspeksiyasi tomonidan davlat akkreditatsiyasi togrisidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish xaqida qaror qabul qilinadi.
Davlat akkreditatsiyasidan otgan talim tashkilotlari Talim tashkilotlarining reyestriga kiritiladi va bu haqdagi malumotlar Talim inspeksiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |