rasm. Ikki tirkish orkali utgan elektronlar difraksiyasi. | Psixologik tomondan shuni tushuntirish juda qiyinki, bu savolga javob faqat bitta bo‘lishi mumkin: Elektron ikki tirqish orqali uchib o‘tadi. Biz mikrozarralar oqimini kichik sharchalarning yo‘naltirilgan harakati kabi tasavvur qilamiz va bu harakatni tasavvur qilish uchun mumtoz fizika qonunlarini qo‘llaymiz. Elektron (va har qanday boshqa mikrozarralar) nafaqat korpuskula, balki to‘lqin xususiyatiga ham egadir. Elektromagnit yorug‘lik to‘lqini ikki tirqish orqali qanday o‘tishini Yung optik tajribasida oson tasavvur qilamiz, chunki to‘lqin bo‘shliqda lokallashmagan. Agar fotonlar konsepsiyasi qabul qilinsa unda biz har bir foton lokallashmaganligini tan olishimiz kerak. Fotoplastinkagacha foton harakati trayektoriyasini kuzatib bo‘lmagani kabi foton qaysi tirqish orqali uchib o‘tganligini ko‘rsatish va u tushadigan nuqtani ko‘rsatish mumkin emas. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, foton interferometr orqali donalab uchib o‘tgan holda ham ko‘pgina mustaqil fotonlar uchib o‘tganidan keyin ham interferension manzara baribir sodir bo‘ladi. Shuning uchun kvant fizikasida shunday xulosa qilinadi: Foton o‘z-o‘zi bilan interferensiyalashadi. rasm. Zarralarning to‘lqin xususiyatini tekshirish modeli Yuqorida aytib o‘tilganlarning hammasi ikki tirqishdagi elektron difraksiyasi tajribasiga tegishlidir. Ma’lum eksperimental faktlarini hammasini shunday tushuntirish mumkinki, agar har bir alohida elektronning de-Broyl to‘lqini bir vaqtda ikki tirqish orqali o‘tadi deb tushunilsa, buning natijasida interferensiya sodir bo‘ladi. Elektronning donalab oqimi ham uzoq ekspozitsiyada interferensiya beradi, chunki, elektron foton kabi o‘z–o‘zi bilan interferensiyalashadi. 19.20-rasm. Elektronlar difraksiyasi modeli
5. Fotoeffekt qonuniyatlari. Fotoeffekt - yorug’lik ta'sirida jismdan elektron ajralib chiqishidir. Bu hodisani birinchi bo'lib, 1887-yilda G.Gerts kuzatgan va uni miqdoran A.Stoletov tekshirgan. 1898-yilda Lenard va Tomson fotoeffekt natijasida katoddan ajralib chiquvchi zarra elektron ekanligini zarralarning magnit maydonida oqishiga asoslanib aniqladi. Fotoeffekt hodisasini o'rganish uchun havosi so'rib olingan shisha idish, uning ichidagi katod va anod plastinkalari olinadi.
O'tkazilgan tajribalar natijasida rasmdagi volt – amper xarakteristikasi olingan
Fotoeffektning 4 ta asosiy qonuni bor:
1. Muayyan fotokatodga tushayotgan yorug’likning spektral tarkibi o'zgarmas bo'lsa, fototokning to'yinish qiymati yorug’lik oqimiga to’g’ri proporsional.
2. Muayyan fotokatoddan ajralib chiqayotgan fotoelektronlar boshlang’ich tezliklarining maksimal qiymati yorug’lik intensivligiga bog’liq emas. Yorug’likning to'lqin uzunligi o'zgarsa, fotoelektronlarning maksimal tezliklari ham o'zgaradi.
3. Har bir fotokatod uchun biror "qizil chegara" mavjud bo'lib, undan kattaroq to'lqin uzunlikli yorug’lik ta'sirida fotoeffekt vujudga kelmaydi. q ning qiymati yorug’lik intensivligiga mutlaqo bog’liq emas, u faqat fotokatod materialining ximiyaviy tabiatiga va sirtining holatiga bog’liq.
4. Yorug’lik fotokatodga tushishi va fotoelektronlarning hosil bo'lishi orasida sezilarli vaqt o'tmaydi.
6. Tashqi fotoeffekt. Yorug’lik ta’sirida elektronlarning moddalardan ajralib chiqish hodisasi tashqi fotoeffekt deyiladi. Bu hodisani 1887-yilda G.Gers kashf qilingan va u 1890 yilda rus fizigi Stoletov tomonidan o’rganilgan. Agar atom yoki molekuladan ajratib olingan elektron moddaning ichida erkin elektronlar sifatida qolsa, bunday hodisaga ichki fotoeffekt deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |