Monopolistik raqobatda uncha ko’p bo’lmagan, lekin yirik, aynan bir xil bo’lmasa-da, o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif qiladigan firmalar raqobatlashadi. Uning erkin sof raqobatdan sezilarli farqi shuki, bu yerda ishlab chiqaruvchilar uncha ko’pchilik bo’lmaydi. Har bir firma bozorning ma’lum bir qismini nazorat qilgani uchun uning bozor narxiga ta’siri cheklangan bo’ladi. Firmalar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish va narxni sun’iy ravishda ko’tarish to’g’risida maxfiy bitimga kelishi qiyin bo’ladi. Monopol raqobatli bozorda firmalar taklif etgan tovarlar differensiatsiyalashgan, ya’ni o’zining sifati, sotilishi yuzasidan ko’rsatiladigan xizmatar, sotish-sharoitlari jihatidan farqlanadi. Xaridor shu sababli sotuvchini tanlash imkoniga ega, bu esa firmalarni xaridor pulini olish uchun kurashiga olib keladi. Narxni o’zgartirish bilan bir qatorda mahsulot sifati, reklama va tovarni sotish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatishdan foydalanilgan holda raqobat qilinadi.
Monopolistik raqobat bor bozor ochiq bo’ladi, unga boshqalarning kirib borishi oson. Buning uchun mablag’ yetarli bo’lsa bas, chunki boshqa to’siqlar bo’lmaydi.
Monopol raqobatli bozorda, ya’ni qandaydir darajada bir-biridan farqlanuvchi tovarlarning taklif etilishi uni erkin bozordan farqlantiradi. Unga kirib va undan chiqib turish osonligi uni erkin bozorga yaqin qiladi. Biroq bu yerda narxni ozchilik firmalar o’rnatishi buni monopoliyaga yaqin qo’yadi.
Bu yerdagi firmalar mahsulotni shunday miqdorda ishlab chiqaradiki, bu foydani maksimumlashtirish imkonini beradi, chunki bunda marjinal daromad marjinal xarajatga teng bo’ladi. Biroq firmalar bu bilan qanoatlanmay, ishlab chiqarish hajmini o’rtacha xarajatlarni minimumlashtiradigan darajaga keltiradilar, chunki bunda xarajat narxdan past bo’lib, foyda ortadi.
Monopol raqobtli bozor ochiq bo’lganidan, bu yerga yangi firmalar, binobarin yangi tovarlar kirib keladi, bu bilan raqobat kengayadi. Biroq monopoliyalarning borligi ishlab chiqarishni ko’paytirmay turib narxni oshirish hisobidan ham foyda olishga yo’l beradi. Bu bilan ishlab chiqarish oldida to’siq paydo bo’ladi, chunki raqobat cheklanadi. Monopol raqobatda yangi sifatliroq mahsulotni chiqarish kurashning asosiy usuli hisoblanadi. Ammo yangi mahsulotga xaridorni chorlash uchun reklama ham qo’llaniladi.
Reklama raqobatni kuchaytiradi, chunki xaridor turli-tuman tovarlar haqida xabar topganidan uning tanlab olish imkoni ko’payadi, shu bois xaridor pulini olish uchun kurash kuchayadi.
Monopol raqobatda savdo markalari vositasida ham o’zaro kurash ketadi. Savdo markasi firmaning obro’-e’tiborini, uning tovarlarini ishonchli bo’lishini bildiradi. Savdo markasining o’zi tovarni ko’z-ko’z qiladi, biroq bu tovarning sifati kafolatlanganligini ham bildiradi va o’z navbatida firmadan bunga erishish uchun qo’shimcha xarajatni talab qiladi. Savdo markasi (brend) sifatni bildirganidan, unnga ega bo’lish raqobatda g’olib chiqish imkonini beradi. Shu sababli, ro’yxatga olingan tovar belgilari g’oyat qimmat turadi. Masalan, dunyodagi eng qimmat brend 2013-yil 175 milliard dollar bo’ldi.
G’irrom raqobatga yo’l berilganda o’zga tovar belgisidan ruxsatsiz foydalaniladi. Masalan, Germaniyaning mshhur “BOSH” firmasi nomini Xitoy tovarlariga qo’yib sotiladi, chunki bu firma tovarining sifati kafolatlangan, xaridor bunga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |