Mavzu: Raqobat tushunchasi, mohiyati, funksiyalari, shakllari va turlari. Kirish



Download 50,27 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2022
Hajmi50,27 Kb.
#420551
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bekmuxamedov Nuriddin KTI-117

1. Raqobat tushunchasi tavsifi.

Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud. Jumladan,


Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jo’raevlar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot nazariyasi” o’quv qo’llanmasida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to’qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo’lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
O`z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va ma’lumotnomalarda ham turlicha ta’riflanadi. Jumladan, “Язик Бизнеса “ nomli lug’atda: “Raqobat (lotincha soncurrere - to’qnashuv; inglizcha somretition, rivalry) - bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va ku rash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar»1 deb ifodalangan. Bundan ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan. Shu bilan bir qatorda, raqobat maqsadini “xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish” sifatida belgilab, ma’lum noaniqlikka yo’l qo’yilgan. Chunki, raqobatning asosiy maqsadi xaridorning emas, balki uning ishtirokchisining manfaatlarini to’laroq ro’yobga chiqarishdan iborat bo’lib, bu maqsadga erishish yo’lidagi harakatlar pirovardida xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga olib keladi.
Taniqli iqtisodchilarimiz A.Ulmasov va N.To’xlievlarning “Bozor iqtisodiyoti” qisqacha lug’at-ma’lumotnomasida: raqobat, konkurentsiya — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda, katta hajmda sotish; umuman bozor iqtisodiyotida o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat asosi tovar ishlab chiqaruvchilarning mustaqil bo’lishi va o’z manfaati uchun kurash-intilishidan iborat. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchdir, chunki raqobatda g’olib kelish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar sifatini oshirish, tovar sotilishini xaridor uchun qulaylashtirish zarur, aks holda tovarlarni pul lab, katta foyda ko’rib bo’lmaydi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o’zaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. Raqobat demonopolizatsiyani talab qiladi, o’zaro bellasha oladigan ko’pgina korxonalar bo’lishini taqozo etadi. Raqobatning asosiy sohasi -
bozor, bozorda turli korxonalar tovarlari raqobatga kirishadi. Raqobat faqat tovarlarni sotuvchilar emas, balki xaridorlar o’rtasida ham yuz beradi. Korxonalar kerakli vosita, xom ashyo, materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham
kurashadilar 2deb ta’kidlanadi. Ya’ni, yuqoridagi ta’riflardan ko’rinadiki, raqobat faqat bozor iqtisodiyotiga xos, degan qoida ilgari suriladi.
Shuningdek, ba’zi bir iqtisodiy manbalarda mehnatga oid bellashuv bir turinining boshqasidan sifat jihatidan farqlanishini ta’kidlanib, «raqobatlashuv», “raqibchilik”, “bellashuv”, “musobaqalashuv” tushunchalarining mazmuni farqlab
berilgan. Bugungi kunda mazkur tushunchalarning o’zaro nisbati va tafovutini quyidagicha izohlash mumkin (1-jadval).
1 -jadval. Raqobat bilan bog’liq tushunchalarning mohiyati va o’ziga xos
xususiyatlari.

Kategoriyalarning o`ziga xos xususiyatlari nomi

Yashash uchun kurash orqali namoyon bo’luvchi yetakchilikka, umuman g’alabaga intilish. Bellashuvning mavjud bo’lmasligi - inqiroz belgisidir. Musobaqa va raqobatga nisbatan umumiy tushuncha hisoblanadi.

Bellashuv

Mehnat sohasidagi bellashuv shakli, mehnatda o’zini ko’rsatish, yaxshi natijalarga erishish istagidir. U, xususan, mehnatdagi shaxsiy yutuqlarni ishlab chiqarish jarayoni boshqa ishtirokchilarining natijalari bilan o’lchash, taqqoslashni taqozo etadi. Mehnatdagi raqibchilik - umuman bellashuvga qaraganda nisbatan aniq tushunchadir.

Mehnatdagi
raqibchilik

Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi bellashuv shakli bo’lib, ishtirokchilar tomonidan erishilgan natijalarni ma’lum tarzda taqqoslash bilan bevosita bog’liq. Musobaqalashuv reytingni ko’tarish, maqomni oshirish tomon intilishni taqozo etadi. U mehnat jarayonining barcha ishtirokchilarini o’z o’rniga qo’yib, ularning tabaqalashuviga olib keladi.

Musobaqalashuv




Raqobat

Tovar munosabatlari sohasidagi bellashuv shakli, bozor raqibchiligidir. U xom ashyo va yarimfabrikatlarni xarid qilish va sotish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishning nisbatan foydali sharoitlariga ega o’lish, ko’proq foyda olish uchun kurashdir. Raqobat tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashuviga olib keladi, tovar ishlab chiqarishning regulyatori bo’lib maydonga tushadi.




Ba’zi bir adabiyotlarda raqobatning nafaqat bozor iqtisodiyotiga, balki ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga ham ta`alluqli ekanligi e’tirof etiladi. Jumladan, buyruqbozlik iqtisodiyoti ikki muhim xususiyati bilan ajralib turadi: birinchidan, barcha moddiy resurslarga amalda ijtimoiy mulkchilikning bo’lishi; ikkinchidan, resurslardan foydalanish hajmlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotlarni taqsimlash va shu kabilarga taalluqli barcha asosiy qarorlarning markaziy davlat organlari tomonidan qabul qilinishi. Davlat mulki bo’lgan korxonalar ishlab chiqarishni ham uning ko’rsatmalari - ishlab chiqarish rejalari asosida amalga oshirar edi.
Ammo, shunday bo’lsada, hatto shunday vaziyatlarda ham xo’jalik sohasida raqobat kurashi faqat yashirin va buzilgan shakllarda mavjud edi. Xo’jalik xodimlari davlat organlarida o’xshash korxonalarga qaraganda pastroq reja topshiriqlari - bajarish osonroq, oshirib bajarganlik uchun davlat tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladigan hamda obro’ beradigan ko’rsatkichlar uchun kurash olib borar edilar. Davlat korxonalari o’rtasida fondlar va limitlar uchun, foydali va ishonchli yetkazib beruvchilarga birkitish uchun kurash borar edi. Tarmoqlar esa resurslar olish uchun o’zaro kurashardi.
Ammo buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitlarida iste’molchilar o’rtasidagi raqobat nihoyatda kuchli edi: davlat tomonidan amalda barcha iste’molchilarga qulay narxlar belgilangan, mahsulotlar va xizmatlar taklifdan ortiq talabda o’zining taqchilligi tufayli yetishmas edi. Narxlarni sun’iy ushlab turish ishlab chiqarish hajmlari to’lovga qobil aholi ehtiyojlaridan tobora orqada qolayotgan tarmoqlar sonining ko’payib borishi bilan qo’shilib, iste’molchilar o’rtasida raqobatning odat
tusiga kirgan g’ayriqonuniy usullari tizimini yaratdi: ilg’or xodimlarni taqchil tovar
xarid qilish huquqi bilan rag’batlantirish, tovarlarni davlat savdosidan olib yuqori
narxlarda yashirin va jinoyatkorona sotish va hokazolar.
Bu borada taniqli iqtisodchi-olim Yo.Abdullaevning fikrlarini keltirish o’rinlidir: bozor munosabatlari o’tmishdagi “sotsialistik musobaqani” mutlaqo tan olmaydi, u haqiqiy, ta’sirchan, rag’batlantiruvchi, erkin raqobatchilikni talab qiladi.
Ta’sirchan va rag’batlantiruvchi, erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o’rnatilib, bu bozor munosabatlarining mohiyatini belgilovchi sharoit hisoblanadi3. Raqobatning faqat erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laqonli amal qilishi hamda ularni amalga oshirilishi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida «raqobat» nisbatan keng tarqalgan fundamental atama hisoblanadi. Biroq, raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. Raqobat ham xo’jalik yuritish usuli, ham bir kapitalning boshqasi bilan bellashuvini ta’minlovchi kapitalning amal qilish usuli. Raqobatda yuvar ishlab chiqarishning xususiyati, uning rivojlanishi usuli eng asosiy ahamiyatli belgi sifatida qaraladi. Bundan tashqari, raqobat ijtimoiy ishlab chiqarishning stixiyali regulyatori rolida ham maydonga tushadi.


“Raqobat” tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. A.Smit raqobatni bozordagi alohida sotuvchi va xaridorlarning nisbatan foydali sotish va xaridga erishish uchun bellashuvini ifodalovchi xulqiy kategoriya sifatida talqin etgan. Y.Shumpeter raqobat iqtisodiy o’sish nuqtai nazaridan yangi tovarlar, yangi texnologiyalar, ehtiyojlarni qondirishning yangi manbalari, tashkilotlar yangi turlarining eskilari bilan aralashuvini namoyon etadi, deb ta’kidlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, raqobatni maksimal foydani qo’lga kiritish, nisbatan qulay xo’jalik yuritish sharoitlariga ega bo’lish uchun tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurash sifatida baholash mumkin.
Boshqa tomondan, raqobatni mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonida, shuningdek kapital kiritish sohasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zaro ta’sirini ta’minlovchi bozor mexanizmining elementi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Raqobatning amal qilish shakli ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning me’yor va qoidalari tizimi hisoblanib, uning asosida davlatning direktivalari, davlat va xususiy firmalardan iborat milliy xo’jalik amal qilishining bozor usullari yotadi.
Umumiy tarzda, raqobatning mohiyatini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlarni quyidagi chizma yordamida tasvirlash mumkin . Raqobatga bugungi kunga qadar bir kancha ta’riflar berilgan bulib, Adam Smit uni “ko`zga kurinmas qo`l” deb atagan edi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining uz extiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi daromad olish, bozorda uz mavqeini mustahkamlash, imkoniyatlarini namoyon etish hamda imidjga ega bo’lish uchun kurashdan iborat jarayondir.
Raqobat so`zi lotincha “concurrere” so`zidan olingan bulib, to`qnashuv, qarama-qarshi, musobakalashmoq; degan ma’noni bildiradi. Raqobat tovar oldi-sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimi qatnashchilari orasidagi o`zaro kurash demakdir. Lekin iqtisodiy va xuquqiy adabiyotlarda raqobat tug’risida har xil va qarama-qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy mexanizm, bozorning sifati, chegarasi, belgisi, xo`jalik mexanizmining elementi, jamiyatni olta intiltiruvchi kuch sifatida ham ta’riflashadi.
Monopoliya yunon tilidan olingan bo`lib, mono - “tanxo” va poleo - “sotaman” degan ma’noni bildiib, yakka xokimlik yoki xukmronlikni anglatadi. Monopolistik faoliyat esa xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopoliyaga qarshi kurash xaqidagi qonun xujjatlariga xilof bulgan, ushbu tushunchalarning vujudga kelishini kuyidagicha keltirish mumkin. Raqobat va monopolistik faoliyat kabi tushunchalar tarixi dastlabki savdo munosabatlarining paydo bulishiga borib takaladi. Ushbu tushunchalar xamda raqobat qonunchiliklarining dastlabki kurinishlarini kadimgi Vavilon tarixiy manbalarida kurit mumkin. Monopoliyaga karshi konunchilikning eng dastlabki kurinishlarini Xammurapi Kodeksi (eramizgacha XVIII asr), qadimgi Hind yodgorliklaridagi yozuvlar (eramizdan avvalgi 200 yil), Rim bug’doy qonuni (eramizdan avvalgi 50 yil), Zeno Konstituqiyasi (milodiy 483 yil), Ching dinastiyasi (III asr) va Ozodlik Xartiyasi (1861 yil)da ko’rish mumkin.
Bundan tashqari, soxibqiron Amir Temur xukmronligi davrida xorijiy mamlakatlar bilan munosabatda savdo-iqtisodiy aloqalarga ham diqqat-e’tibor karatilgan. Yevropa qirollari bilan olib borilgan va bizgacha yetib kelgan yozishmalarning barchasida har ikki mamlakat urtasida savdo alokalarini yo`lga qo`yish, savdogarlar qatnovi uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ko`tariladi. Bu ularning o`z davlati xududida amalga oshirgan raqobat uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan tadbirlari, savdo munosabatlariga kilgan e’tibori va xorij xukmdorlari bilan yozishmalarida savdo munosabatlarini yo`lga qo`yish kabi takliflaridan kurinib turadi. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”siga Hofizi Abru kilgan “Ilova” (“Xazrat sohibkironning Ozarbayjon va Iroki Ajam mamlakatlarini amirzoda Umarga berilganlig`i bayonida” qismi)da Amir Temurning mazkur amirzodaga davlat boshqaruvi xususida kilgan kuyidagi nasixdtlari keltirilgan: “...Yo`llarni qo`riqlashda imkoni boricha xarakat qilsin va ularni muhofaza qilishni mamlakatni idora etmoq: shartlaridan biri deb bilsin. Savdogarlar va yo`lovchilarning dillariga ozor yetishiga aslo yo`l qo`yilmasin”. Bu esa Amir Temurning mamalakatda erkin raqobat muhitini yaratishga katta e’tibor qaratganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotda sog’lom raqobat muhitini shakllantirish uchun huquqiy poydevorning, ya’ni qonunchilik bazasining mavjudligi muhim rol o`ynaydi. Ushbu soxada izlanish olib borgan olimlarning umumiy fikrlariga ko`ra raqobat va monopoliya konunchiliklarini yevropacha xamda amerikacha konunchiliklarga bulish mumkin. Raqobat qonunchiligi dunyodagi mavjud iqtisodiy-huquqiy sohalar
ichida barcha qirralari keng tarzda o`rganilmagan yangi soha hisoblanadi. Hozirgi kundagi raqobat bilan bog’lik munosabatlarni tartibga soluvchi zamonaviy qonunchiliklar orasida debocha deb xisoblanuvchi konun bu 1890 yilda Amerika Qo`shma Shtatlarida qabul kilingan “Sherman qonuni”dir. Ushbu konun dunyodagi
bir qator mamlakatlar (Kanada va Yevropa ittifoki mamlakatlari) ning monopoliyaga qarshi qonunchiligi uchun asos bo`lib xizmat qilgan.
Albatta bu qonun ham tom ma’noda mukammal bo`lmaganligi, ya’ni ushbu qonunda ayrim tushuncha va tamoyillar e’tibordan chetda qolganligi sababli, Amerikada 1914 yilda “Kleyton” va “Federal Savdo Komissiyasi tutrisida”gi qonunlar qabul kilingan. Shuningdek, 1936 yilda kichik biznes sub’ektlarini yirik
firmalar tomonidan kamsitilishi va ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishlarini oldini
oluvchi Robinson-Petman qonuni qabul qilingan bo`lsa, 1938 yilda qabul qilingan
Uiller-LI qonuniga asosan ommani chaltitishga olib keladigan yolg’on, notug’ri reklamalarni ommaviy axborot vositalarida tarqatilishi ustidan nazorat olib borilishi ham belgilab qo`yildi.
1950 yilda qabul qilingan Seller-Kevofer qonuni esa bir firma tomonidan bozordagi raqobatga ta’sir qilishi mumkin bulgan boshqa firmaning ashyoviy elementlarini sotib olishni ta’qiqladi. Dastlabki monopoliya va nosotlom raqobatga
qarshi kurashuvchi amerikacha qonunchilik tizimiga asosan raqobatga ta’sir etishi
yoki ta’sir etmasligiga qaramasdan monopol hatti-harakatlarning anik belgilangan
turlari qonunga zid deb hisoblanadi.
Shu bilan birgalikda 1982-yilda qabul qilingan “Eksport savdo kompaniyalari
tugrisida”gi qonun xalqaro tadbirkorlik bilan shugullanuvchi xujalik sub’ektlariga
nisbatan antitrast qonunchiligi talablarini bir muncha liberallashuviga olib keldi. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi qonunchilikning yevropacha tizimi ham mavjud bulib, unda G`arbiy Yevropa, Avstraliya va Janubiy Afrika respublikalarining milliy monopoliyaga qarshi qonunchiliklari hamda Yevropa Ittifoqining qonunchilik majmuasi kiradi.G`arbiy Yevropa monopoliyaga karshi konunlari turli nomlar bilan atalib kelinadi.
Germaniya, Shvetsariya, Avstriyada bu qonunchilik antikartel qonunchiligi deb
atalsa, Fransiya va Angliyada bu qonunchilik chegaralangan ishbilarmonlik amaliyoti deb ataladi. Yevropadagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklar orasida eng mashhurlari bu Buyuk Britaniyaning 1948-yildagi “Monopoliyalar va cheklangan amaliyot nazorati tugrisida”gi, Germaniyaning 1957-yildagi “Raqobatni chegaralash tugrisida”gi, Fransiyaning 1986-yildagi “Narxlarni belgilash va raqobat mustakilligi tugrisida”gi qonunlaridir.
Uzbekistan Respublikasida monopoliyaga qarshi qonunchilikning paydo bo`lishi va rivojlanishi mustaqillik yillariga to`g`ri kelib, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikada raqobat qonunchiligiga asos solindi va mamlakatda sog`lom raqobat
muhitini yaratish hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sobiq ittifoq doirasida iqtisodiy munosabatlarning buzilishi natijasida tovar bozorlarida turli xil tanglik va yetishmovchilik xarakatlari hamda iqtisodiyotning aksar tarmoqlarida mavjud bo`lgan yakkahokimlik kabi salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu - monopoliyaga qarshi qonunchilik bazasini yaratishdan iborat edi. Shu sababli, 1992-yil 2-iyulda
“Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat tugrisida”gi qonun qabul qilinishi bilan O`zbekistonda ilk bor monopoliyaga qarshi qonunchilikka asos solindi.


Download 50,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish