Mavzu:Raqamli iqtisodiyot sharoitida Biznes intelektdan foydalangan holda biznes imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti EK-86 guruh talabasi Boysariyev Shuhrat Botirovichning tayyorlagan prezintatsiyasi
Raqamli iqtisodiyot so‘nngi paytlarda eng katta e’tibor qaratilayotgan soha. Har bir davlatda bu sohaga e’tibor yildan yilga kuchayib bormoqda. Chunki hamma anglab yettiki, raqamli iqtisodini yetarli darajada rivojlantira olgan davlat kuchli rivojlanish yo‘lida bo‘ladi.
Raqamli iqtisodiyot va Biznes intelektni o‘zaro bog‘liq jihatlari ko‘p. Chunki ikkalasi ham insoniyatni rivoji uchun muhim. Hozirda ko‘pchilik davlatlar raqamli texnologiyalar bilan ishlashni afzal ko‘rmoqda.
Raqamli iqtisodiyotga bizning mamlakatimizda ham katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada yetarlicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2020-yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilganini o‘zi bir tomondan bizda ham bu sohaga yetarlicha e’tibor berilib, uni rivojlantirishga harakat qilinayotganidan darakdir. Bu borada yetarlicha ishlar ham amalga oshirildi ham.
Raqamli iqtisodiyot-iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalar asodida amalga oshirishdir.
Haqiqattan ham hozirda hayotimizni o‘zi raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq. Har qadamda insonlar turli xil texnologiyalardan foydalanishadi. Har kuni yangidan-yangi texnologiyalar yaratilmoqda.
Biznes intelekt bilan raqamli iqtisodiyotni birlashtirish insoniyat uchun o‘ta katta ahamiyatlidir. Bu narsa insonni yashash tarzini butkul o‘zgartirib yuboradigan omil sanaladi. Buning natijasida texnologiyalar imkoniyati yanada kengayib, yangi texnologiya turlari kirib keladi.
Biznes intelekt insonni yangilik qilishga chorlaydi. Raqamli iqtisodiyot esa aynan yangilikka intiladi. Bu ikki omil birlashsa, texnologiyalar rivojida sezilarli inqilob paydo bo‘ladi deb o‘ylayman.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida esa yangilik eng muhim omildir. Chunki hozir raqobat o‘ta kuchli bo‘lgan bozorda yangilik qila olganlar muvaffaqqiyatga erishadi. Buni natijasida har kim o‘zining moliyaviy ahvolini yaxshilab olish imkoniga ega bo‘ladi.
Aholi qanchalik boy bo‘lib,moliyaviy jihatdan yetarli darajada kuchli bo‘lsa, davlat ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Chunki davlatni davlat bo‘lishida birinchi galda aholi alohida o‘rin tutadi.