Mavzu: Radioktiv analiz va boshqa analiz usullari. Reja: Radioaktivatsion analiz


Miqdoriy kimyoviy analiz usullari



Download 318,99 Kb.
bet7/12
Sana14.01.2022
Hajmi318,99 Kb.
#362129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ab

Miqdoriy kimyoviy analiz usullari.

Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 1) tortma (gravimetrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi. Miqdoriy analizda ham sifat analizida qo‘llaniladigan ionlar reaksiyasidan foydalaniladi. Masalan, agar xlorning (to‘g‘rirog‘i, xlorid ionining) miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, u eritmadan kumush ioni ta’sirida cho‘ktiriladi:



Moddadagi xlor miqdorini turli usullar bilan aniqlash mumkin. Xlor miqdorini tortma analiz usulida aniqlash uchun tekshirilayotgan modda namunasi analitik tarozida tortiladi, so‘ngra namuna eritmaga o‘tkaziladi va unga kumush tuzining biror eritmasini ta’sir ettirib, xdorid ion kam eriydigan birikma holida cho‘ktiriladi. So‘ngra cho‘kma filtrlanib eritmadan ajratiladi, suv bilan yuviladi, doimiy massaga kelguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Cho‘kmaning massasini bilgan holda zaruriy komponentning foiz miqdori hisoblab topiladi. Masalan, 0,0536 g NaCl ga AgNO3 eritmasi ta’sir ettirilganda 0,1290 g cho‘kma tushgan. AgNO3 ning bir gramm molekulasida (ya’ni 143,3 g) bir grammatom (ya’ni 35,46 g) xlor borligini hisobga olib, shunday yozish mumkin: 143,3 g AgCl tarkibida 35,46 g xlor bor. 0,1290 g AgCl tarkibida x g xlor bor.



Reaksiya (1) asosida xlorni boshqa usul — titrlash usuli bilan ham aniqlash mumkin. Bunda C1– ionlarini cho‘ktirish uchun konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan reaktivdan qancha sarflanganiga qarab namunadagi xlor miqdori aniqlanadi. Reaktivning aniq konsentratsiyali eritmasining reaksiya uchun sarflangan hajmini aniq o‘lchashga asoslangan analiz usuli hajmiy analiz deyiladi. Hajmiy analizda tarkibi tekshirilayotgan eritmaga reaktiv eritmasidan ekvivalent miqdorda sarflanadi. Ularning ekvivalentlik nuqtasi indikator yoki boshqa usullar yordamida aniqlanadi. Masalan, sarflangan aniq konsentratsiyali ishqor eritmasi- 25 ning hajmini bilgan holda tekshirilayotgan eritmadagi kislota konsentratsiyasini hisoblab topish mumkin. Ularning ekvivalentik nuqtasi indikator (masalan, fenolftalein) yordamida aniqlanadi. Hajmiy analiz usulining muhim afzalligi shundaki, bu analizni bajarish uchun 15–20 minut vaqt talab qilinadi (tortma analizni bajarish uchun 5–6 soat vaqt sarflanadi). Shuning uchun amalda, masalan, ishlab chiqarishni kimyoviy nazorat qilishda hajmiy analiz katta ahamiyatga ega. Gaz analizi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilib turishda gaz analizi usulidan keng foydalaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o‘tkazilganda ayrim komponentlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib, aralashmadagi ba’zi gazlarning foiz miqdori aniqlanadi. Masalan, tarkibida karbonat angidrid bor ma’lum hajmdagi gazlar aralashmasini o‘yuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirib chayqatilsa ishqor eritmasi CO2 gazini to‘liq yutadi. Yutilgan gazning miqdori gazlar aralashmasi hajmining kamayishiga qarab topiladi. Reaksiya quyidagi tenglama bo‘yicha kechadi: 2KOH+CO2=K2CO3+H2O Ammo kimyoviy usullar ishlab chiqarishni nazorat qilishdagi barcha talablarni qondira olmaydi. Kimyoviy usullarning sezgirligi kichik bo‘lganligi uchun turli moddalar tarkibida juda kam miqdorda bo‘lgan elementlarni bu usullar bilan aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda juda sezgir, analizni o‘tkazishga kam vaqt sarflanadigan usullar yaratishga ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar katta samara bermoqda. 1.7. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasining asoslari Elektrolitik dissotsilanish nazariyasini 1887-yilda S.Arrenius kashf etgan. Bu nazariyaga ko‘ra hamma moddalar elektrolitlar va noelektrolitlarga bo‘linadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalari va suyuqlanmalari o‘zidan elektr tokini o‘tkazadi. Bularga kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi. Suyuqlanmalari va eritmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan ko‘pgina organik birikmalar noelektrolitlarga kiradi. 26 Elektrolitlarning molekulalari suvda eritilganda musbat va manfiy ionlarga dissotsilanadi. Bunda musbat zaryadli ionlar kationlar, manfiylari esa anionlar deb ataladi. Metallar, vodorod va ba’zi kompleks ionlar musbat zaryadlanganligi uchun ular kationlarga kiradi (K+, N+, (Cu(NH3)4] 2+ va boshqalar). Manfiy zaryadlarga ega bo‘lgan gidroksil guruhlar, kislota qoldiqlari va ba’zi kompleks birikmalar (ON–, SO4 2–, [A1(ON)6] 3– va boshqalar) anionlarga kiradi. Elektrolitlar eritmalarining dissotsilanish darajasi α bilan belgilanadi. Dissotsilanish qaytar jarayon bo‘lib, u hech qachon oxirigacha bormaydi. Elektrolitlar molekulalarining qancha miqdori ionlarga ajralganligini ko‘rsatuvchi son elektrolitning dissotsilanish darajasi bo‘ladi. Dissotsialanish darajasi ionlarga ajralgan, ya’ni dissotsilangan molekulalar sonining elektrolitning umumiy molekulalar soniga nisbati bilan ifodalanadi: α α = = parchalangan molekulalar soni umumiy molekulalar soni , C C dis um Elektrolitlar dissotsilanish darajasiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Kuchli elektrolitlar eritmalarda to‘liq dissotsilanadi. Masalan, anorganik kislotalar – NS1, HJ, NVr, HNO3, H2SO4, NSlO4 va boshqalar; ishqorlar — KON, NaOH, LiOH, Va(ON)2, Sa(ON), Mg(OH)2 va boshqalar; suvda yaxshi eruvchi hamma tuzlar bu elektrolitlar uchun α >30%. Mineral kislota va ishqorlar faqat juda suyultirilgan eritmalarida kuchli elektrolit xususiyatini, aks holda (yuqori konsentratsiyada) kuchsiz elektrolit xossalarini namoyon qiladi. Kuchsiz elektrolitlarda modda molekulalari kam miqdorda ionlarga ajraladi.


Download 318,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish