Mаvzu: Quyosh turkumining tuzilishi va tarkibi



Download 387,41 Kb.
bet6/9
Sana28.02.2022
Hajmi387,41 Kb.
#474603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 маъруза

Oyga sayohat.Yerga eng Yaqin osmon jismi Oy bo'lib, u planetamizning tabiiy yo'ldoshidir.Oyning Yer atrofidagi orbitasi, barcha planetalarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips (cho'zinchoq aylana) dir. Shu tufayli Oyning Yerdan uzoqligi bir oz o'zgarib turadi.Yerga eng Yaqin kelganda (orbitasining perigeyida) 363400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometrli masofada bo'ladi.Oyning diametri 3476 kilometr bo'lib, uning hajmi er hajmining 100 dan ikki qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortish kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda g’arbdan sharqqa tomon aylanib, 27 kunu 8 soatda Yer atrofini bir marta aylanib chiqadi. Oy o'z o'qi atrofida ham xuddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shuning uchun ham u bizga (ya'ni erga) doimo bir tomoni bilan ko'rinadi.Oy o'zidan nur chiqarmaydi, Quyoshdan o'ziga tushayotgan nurlarni qaytaradi.
Oy sirtining yarmi Quyosh bilan yoritilgan bo'ladi.Biroq Yerdan qaraganda doimo oyning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasininghammasini ko'rishning iloji bo'lmaydi. Oyning Quyosh va Yerga nisbatan turishiga ko'ra, uning Quyosh bilan yoritilgan yuzasidan ko'proq yoki kamrog’ini ko'rish mumkin. Agar oy Quyoshni ro'parasiga (Yerga nisbatan) o'tsa “yangioy”, Quyoshga qarama - qarshi (Yerga nisbatan) tomonga o'tsa “tulinoy” bo'lib kuzatiladi.Oyda atmosfera deyarli yo'q. Oyning massasi Yerning massasidan 80 marta kichikdir.
Oyga tushgan kosmonavt birinchi navbatda o'zini juda engil xis etadi.Bu eslatilganidek, oyning tortish kuchi kamligidandir.Kosmonavt o'z skafandri bilan Yerda 90 kilogramm bo'lsa, oyda atigi 15 kilogramm bo'lib qoladi.Shuningdek, oyda kuzatuvchi Yerda ko'nikkan ko'p xodisalardan farqli ajoyibotlarning guvohi bo'ladi.Avvalo, Quyosh chiqishidan oldin Yerdagi kuzatiladigan chiroyli qizilrang shafaq oyda kuzatilmaydi.Quyosh kutilmaganda birdan ufq ostidan ko'tarila boshlaydi.Quyoshning ufqdan ko'tarilishi Yerdagidek juda shoshilinch bo'lmasdan, butunlay chiqishiga bir soatcha vaqt ketadi. Qizigi yana shundaki, Quyosh ko'tarila boshlashi bilan osmonda yulduzlar yo'qolmaydi. Tim qorong’i osmonda Quyosh bilan birga butun kun bo'yi yulduzlar ham porlab turaveradi. Quyosh atrofida qizil rangda va tishlik shaklli xalqa - uning atmosferasi ko'rinadi. Protuberanetslar deb yurituvchi - “alanga til” lar Quyosh atmosferasida ajoyib manzarani vujudga keltiradi. Quyosh o'zining “toji” bilan birgalikda (Quyosh toji Yerda Quyosh tutilganida Yaxshi ko'rinadi) oddiy ko'zga ko'rinadigan Quyoshdan bir necha marta katta shaklda ko'zga tashlanadi. Oy osmonida yulduzlar, Quyosh tojining ko'rinishi va shafaqning ko'rinmasligining sababi, oy sirtida atmosferaning yo'qligidandir. Quyosh chiqqandan so'ng to tun bo'lguncha 7 kunu 9 soat vaqt ketadi.Bu soyalarda etarlicha salqin bo'lishining sababi, issiqni “tashuvchi” havo molekulalarning yo'qligidir.Shu tufayli Quyosh nurlari bevosita tushmayotgan joylarda tunning sovug’i uzoq vaqtga etadi.Oyga birgalashib sayohatga chiqqan kishi sherigini chaqirib ovora bo'lmasligi kerak.Chunki u hech qanday ovozni eshitmaydi.Tovush to'lqinlarini tashuvchi muxit ham havo molekulalari bo'lib, oyda u molekulalar yo'q. Buning uchun maxsus radioperedatchiklardan foydalanishga to'g’ri keladi.
Oy osmoning chiroyli hodisalaridan yana biri, planetamiz - Yerning ko'rinishidir. Oy osmonida Yer chiroyli, ko'kimtir shar shaklida ko'rinadi.Biroq yarmidan ko'pi oq bulutlar hosil qilgan “dog’” lardan iborat bo'ladi.Yer qit'alari bir oz yorishib, okeanlardan rangi bilan farq qilib turadi.Qalin Yer atmosferasi ularni alohida - alohida qurishga imkon beradi.yer ham osmonda oy kabi turli shakllarda (fazalarda) ko'rinadi. Bu holat uning Quyoshga nisbatan oyning qaysi tomonda turganiga bog’liq bo'ladi.Yer o’zining “to'la Yer” fazasida bo'lganda oy sirtini, “to'linoy” erni yoritgandagidan 40 martagacha ravshanroq yoritadi. Oy osmonida “to'liq er” kuzatiladigan payt - Yerdan qaraganda oyning “yangioy” bo'lgan vaqtga to'g’ri keladi. Shuningdek, osmondagi Yer o’zri atrofida kantsentrik xalqalar shaklida to'q qizil, sariq, ko'k va xokazo ranglardan iborat chiroyli kamalak kuzatiladi. Agar kosmonavt oy tutilayotgan paytda oy satxida bo'lsa, u Quyosh tutilishini kuzatadi va bu tutilishning to'la fazasi Еrdagiday bir necha minutgina davom etmay, rosa bir yarim soatcha davom etadi.



Download 387,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish