ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI ELEKTROTEXNIKA FAKULTETI MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI YO`NALISHI 2- KURS K 93-21 GURUH TALABASI YO'LBARSOVA ZARIFANING QUYOSH ISSIQLIK QURILMALARI VA TIZIMLARI FANIDAN MUSTAQIL TALIMI
REJA: 1 QUYOSH NURLANISHINI OQIM ZICHLIGINI O`LCHASH 2 O`LASH QURILMALARI ISH FAOLIYATINI O`GANISH
Quyosh nurlanishi bilan bogʻliq ma‘lumotlarni aktinometrik asboblar bajaradi, yana ularni radiometrlar deb atashadi: Piranometrlar - gorizontal yuzaga toʻgʻri keladigan yigʻindi radiatsiyani, hamda osmondan kelayotgan yoyilma (diffuz) radiatsiyani oʻlchaydi; aktinometrlar va pirgeliometrlar - quyoshdan va uning atrofidagi osmonning 5o radiusidagi quyosh atrofi zonasidan toʻgʻri chiqayotgan quyosh radiatsiyasini oʻlchaydi; albedometr -yer yuzasidan qaytarilgan quyosh radiatsiyasini oʻlchaydi; balansomer - erning faoliyatli yuzasidagi radiatsion balansni aniqlash uchun qoʻllaniladi; geliograf - quyoshning yoritish davomiyligini, ya’ni quyoshning bulutlar bilan qoplanmagan vaqtini avtomatik tarzda qayd qilish uchun ishlatiladi.
Oʻn yilliklar davomida aktinometrik asboblar prinsipial jihatdan oʻzgarmaganligini qayd etish lozim. Shu kungacha ham termobatareyaning qoraytirilgan yuzasi quyosh radiatsiyasini qabul kiluvchi moslama sifatida xizmat qilayapti. Katta miqdordagi mikroskopik «qabul qilgich» lari mavjud boʻlgan notekis tarkibli qora noselektiv qoplama unga tushayotgan keng
Bir qator mamlakatlarda quyosh nurlanishini qabul qiluvchi qurilma sifatida tarkibida yarimoʻtkazgich elementlari boʻlgan piranometrlar ishlatiladi. Bunga misol qilib AQSHda ishlab chiqarilgan Li-cor va Eppli RSP piranometrlarini aytish mumkin. Biroq BMT ulardan foydalanishni tavsif qilmaydi, chunki bu koʻrsatilgan asboblarni sezgirlik spektri nochiziqli harakterga ega va ma‘lumki, ularga selektivlik xususiyati xosdir. Eppli RSP asboblarini spektral oraligʻi 400-1100 nm, Li-cor esa spektral oraligʻi 400-700 nm (koʻrinadigan spektr) va 400-1100 nm asboblar ishlab chiqaradi. Boshqa tarafdan bu asboblarni kalibrlash klassik piranometrlar bilan solishtirish yoʻli bilan oʻtkaziladi, chunki spektral nomoslikliklar muammosi yuzaga keladi, xatoligi esa ±5% tashkil etadi.
Quyosh radiatsiyasini qabul qiluvchi moslamalar aktinometr va pirgeliometr trubkalarida joylashgan. Diafragmalari bor trubka qabul qilgichni shamol va yoyilma radiatsidan himoya qiladi. Asboblar teshiklarini markaziy burchagi 10o ga teng. Bu asboblarning qabul qilgich markazi quyoshdan va osmonni quyosh yoyi zonalaridan 5 o radiusda radiatsiya qabul qilishini bildiradi. Asboblarni derazalari kvars shishadan tayyorlangan va quyosh nurlanishi spektrini 97-98% oʻtkazadi va qabul qilgichda yutiladi.