AMALIYOT № 15-16.
MAVZU: QOZON QURILMASI GAZ TRAKTINING HISOBI.
1 – masala. Reaktiv pog'onada o’ta qizigan bug' boshlang'ich bosimi p0 = 2,0 MPa va harorati t0 = 350 ºS dan p2 = 1,4 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina pog’onasi soplosining tezlik koeffisiyenti φ = 0,95, soplo orqali bug’ sarfi M = 1,2 kg/s, soploning sarf koeffisiyenti 1 = 0,95 va pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,5 ga teng ekanligi ma’lum bo'lsa – torayuvchi soploning chiqish kesimi yuzasini aniqlang.
Javob: f1 = 0,7310-2 m2.
2 – masala. Aktiv pog'onada o’ta qizigan bug' boshlang'ich bosimi p0 = 3,5 MPa va harorati t0 = 435 ºS dan p1 = 1,2 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina pog’onasi soplosining tezlik koeffisiyenti φ = 0,95, soplo orqali bug’ sarfi M = 2,1 kg/s va soploning sarf koeffisiyenti 1 = 0,96 ga teng ekanligi ma’lum bo'lsa – torayuvchi soploning chiqish kesimi yuzasini aniqlang.
Yechish: Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning kritik bosimini (Pa) (1.27) formuladan aniqlaymiz:
Demak p1 bosim pkr bosim qiymatidan kichik ekan. Ushbu holatda soploning chiqish kesimida kritik bosimga erishiladi va bug’ning soploda p0 bosimdan pkr bosimgacha kengayishi yuz beradi.
iS – diagrammadan bug’ning boshlang’ich entalpiyasi i0 = 3304 kJ/kg va bug’ning adiabatik kengayishdan keyingi entalpiyasi ikr = 3128 kJ/kg ekanligini topamiz (1.9 – rasm).
Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning kritik tezligini (1.2) formulaga asosan hisoblaymiz:
iS – diagrammadan bug’ning soplodan kritik bosim bilan chiqishdagi solishtirma hajmini aniqlaymiz (1.9 – rasm):
vkr = 0,14 m3/kg.
Torayuvchi soploning minimal kesim yuzasini (m2) (1.26) formuladan aniqlaymiz:
3 – masala. Aktiv pog'onada o’ta qizigan bug' boshlang'ich bosimi p0 = 1,0 MPa va harorati t0 = 320 ºS dan p1 = 0,3 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina pog’onasi soplosining tezlik koeffisiyenti φ = 0,97, soplo orqali bug’ sarfi M = 1,2 kg/s va soploning sarf koeffisiyenti 1 = 0,97 ga teng ekanligi ma’lum bo'lsa – kengayuvchi soploning chiqish kesimi yuzasini va minimal kesimi yuzasini aniqlang.
Javob: f1 = 1,1810-2 m2; fmin = 0,9810-2 m2.
4 – masala. Reaktiv pog'onada o’ta qizigan bug' boshlang'ich bosimi p0 = 1,4 MPa va harorati t0 = 350 ºS dan p2 = 0,35 MPa bosimgacha kengaymoqda. Agar turbina pog’onasi soplosining tezlik koeffisiyenti φ = 0,96, soplo orqali bug’ sarfi M = 1,8 kg/s, soploning sarf koeffisiyenti 1 = 0,96 va pog’onaning reaktivlik darajasi = 0,5 ga teng ekanligi ma’lum bo'lsa – kengayuvchi soploning chiqish kesimi yuzasini va minimal kesimi yuzasini aniqlang.
Yechish: Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning kritik bosimini (Pa) (1.27) formuladan aniqlaymiz:
Demak p1 bosim pkr bosim qiymatidan kichik ekan. Ushbu holatda soploning chiqish kesimida kritik bosimga erishiladi va bug’ning soploda p0 bosimdan pkr bosimgacha kengayishi yuz beradi.
iS – diagrammadan bug’ning boshlang’ich entalpiya ko’rsatkichlari i0 = 3150 kJ/kg, ikr = 2985 kJ/kg, i1 = 2810 kJ/kg va solishtirma hajm ko’rsatkichlari vkr = 0,324 m3/kg, v1 = 0,593 m3/kg ga teng ekanligini topamiz (1.10 – rasm).
Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning haqiqiy tezligini (1.2) formulaga asosan hisoblaymiz:
Kengayuvchi soploning chiqish kesim yuzasini (m2) (1.25) formulaga ko’ra:
Soplodan oqib o’tayotgan bug’ning kritik tezligini (1.2) formulaga asosan hisoblaymiz:
Kengayuvchi soploning minimal kesim yuzasini (m2) (1.26) formuladan aniqlaymiz:
1.9 – rasm. 1.10 – rasm.
5 – masala. Agar aktiv pog'onada bug' boshlang'ich parametrlari p0 = 2,0 MPa bosim va t0 = 350 ºS haroratdan p1 = 1,5 MPa bosimgacha kengaysa, pog’ona soplosining tezlik koeffisiyenti φ = 0,95, ishchi kuraklarining tezlik koeffisienti ψ = 0,87, soploning disk yassiligiga nisbatan qiyalik burchagi α1 = 13º, kuraklar oralig'idagi aylanma tezlikning soplodan oqib o'tayotgan bug'ning haqiqiy tezligiga nisbati u/c1 = 0,45, bug’ning ishchi kuragidan chiqish burchagi β2 = 22º, bug’ning ishchi kuragidan chiqishdagi solishtirma hajmi v2 = 0,143 m3/kg, pog’onaning o’rtacha diametri d = 1,0 m, bug’ sarfi M = 30 kg/s, ishchi kuraklarining sarf koeffisiyenti 2 = 0,95 va bug’ning kirishdagi partsiallik darajasi ε = 0,4 ga teng ekanligi ma’lum bo'lsa – ishchi kuraklarining chiqish kesim yuzasini va chiqish balandliklarini aniqlang.
Javob: f2 = 2,42810-2 m2; l2 = 5,1110-2 m.
Do'stlaringiz bilan baham: |