Dars usuli: Noan’anaviy
Dars jihozi: Tarqatma materiallar,
Texnik vosita: Kompyuter, doska, kitob
Darsning borishi:
O’quvchilar bilan salomlashaman, sinf navbatchilaridan sinf haqida ma’lumot olaman. Sanaga oid muhim yangiliklar bilan tanishaman.
Yangi mavzu bayoni:
Aziz o’quvchilar biz tengsizliklar sistemasini (qo’shtengsizlik) yechidan oldin, bir noma’lumli tengsizliklar sistemalarini ko’rib chiqamiz.
Bir noma’lumli tengsizliklar quyidagi xossalarga ega:
1-xossa: Tengsizlikning istalgan xadini uning bir qismidan ikkinchi qismiga, shu xadning ishorasini qarama-qarshisiga o’zgartirgan holda o’tkazish mumkin, bunda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi.
2-xossa: Tensizlikning ikkala qismini nolga teng bo’lmagan ayni bir songa ko’paytirish yoki bo’lish mumkin; agar bu son musbat bo’lsa, u holda tengsizlik ishorasi o’zgarmaydi, agar bu son manfiy bo’lsa, u holda tengsizlik ishorasi qarama-qarshisiga o’zgaradi.
Bu xossalar berilgan tengsizlikni boshqa, xuddi shunday yechimlarga ega bo’lgan tengsizlik bilan almashtirishga imkon beradi.
Chiziqli tengsizlikka keltirilgan bir noma’luli tengsizliklarni yechish uchun:
noma’lum qatnashgan hadlarni chap tomonga, noma’lum qatnashmagan hadlarni esa o’ng tomonga o’tkazish.
O’xshash xadlarni ixchamlab, tengsizlikning ikkala qismini noma’lum oldidagi koeffitsiyentga (agar u nolga teng bo’lmasa) bo’lish kerak
1-masala: Tengsizlikni yeching:
3(x-2)-4(x+1)<2(x-3)-2
Tengsizlikni chap va o’ng qismini soddalashtiramiz. Qavslarni ochamiz:
3x-6-4x-4<2x-6-2
Noma’lum qatnashgan xadlarni tengsizlikning chap qismiga, noma’lum qatnashmagan (ozod) hadlarni esa o’ng qismiga olib o’tamiz
3x-4x-2x<6+4-6-2
O’zshash xadlarni ixchamlaymiz:
-3x<2
Va tengsizlikning ikkala qismini -3 ga bo’lamiz:
Javob:
Bu yechilishni qisqacha bunday yozish mumkin:
3(x-2)-4(x+1)<2(x-3)-2
3x-6-4x-4<2x-6-2
-x-10<2x-8
-3x<2
tengsizlikni qanoatlantiruvchi x sonlar to’plami son o’qida nur bilan tasvirlanadi. nuqta bu nurga tegishli emas.
Yuqoridagi tengzislikni yechish usulidan foydalanib, tengzisliklar sistemasini yechishni qarab chiqamiz:
1-masala: Tengsizliklar sistemasini yeching:
Birinchi tengsizlikni yechamiz:
5x-1>3x+3
2x>4, x>2
Shunday qilib, birinchi tengsizlik x>2 bo’lganda bajariladi.
Ikkinchi tengsizlikni yechamiz:
2x+8>x+5, x>-3
Demak tengsizlikning javobidan ko’rinib turibdiki, ikkala tengsizlik -3 va 2 dan katta bo’lgan sonlarni qabul qiladi.
Sistemaning yechimlari x ning ikkala nurga bir vaqtda tegishli bo’lgan qiymatlari bo’ladi. Demak, bu nurlarning barcha umumiy nuqtalar to’plami x>2 nur bo’ladi.
2-masala: Tengsizliklar sistemasini yeching:
Birinchi tengsizlikni yechaniz:
3x-3≤2x+4
x≤7
Sistemaning ikkinchi tengsizligini yechamiz:
4x≥16
x≥4
Son oq’ida sistemaning birinchi va ikkinchi tengsizliklarining yechimlari to’plamlarini tasvirlaymiz. Birinchi tengsizlikning yechimlari x≤7 nur, ikkinchi tengsizlikning yechimlari x≥4 nur bo’ladi.
3-masala: Tengsizliklar sistemasini yeching:
Sistemaning birinchi tengsizligini yechamiz:
5x+16≥4x+4
x≥-12
Ikkinchi tengsizlikni yechamiz:
28-5x<14-7x
2x<-14
x<-7
Son o’qida x≥-12 va x<-7 nurlarni tasvirlaymiz.
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu nurlarning umumiy nuqtalari to’plami [-12:-7) yariminterval bo’ladi.
Javob: -12≤x<-7
4-masala: Tengsizliklar sistemalarini yeching:
Bu tenglamalar sistemasini yechish uchun yuqoridagilar kabi noma’lum qatnashgan tengliklarni bir tomonga o’tkazamiz. Va quyidagiga ega bo’lamiz:
Javob: [-2; -4]
5-masala: Tengsizliklar sistemasini yeching
Javob: (-5; -1]
6-masala: Tengsizliklar sistemasini yeching
Bu tenglamani yechishda avval qavslarni ochib chiqamiz:
Bundan quyidagiga ega bo’lamiz:
Xosil qilingan tengliklarni ixchamlaymiz:
Natijadan ko’rinib turibdiki, tengsizliklar sistemasi dan katta va 0 dan kichik bo’lgan qiymatlarni qabul qiladi. Bundan quyidagi javobni olishimiz mumkin:
Javob:
7 – masala: Tengsizliklar sistemasini yeching
Bu tengsizliklar sistemasida ham avval qavslarni ochib chiqamiz:
Noma’lum qatnashgan ifodalarni bir tomonga olib o’tamiz:
Ixchamlaymiz
Noma’lum son x ni topamiz:
Demak x noma’lum son 1 dan katta va dan kichik bo’lgan sonlarni qabul qiladi. Natijadan ko’rinib turibdiki, tengsizliklar sistemasi xech qanday yechimga ega emas.
2>2>
Do'stlaringiz bilan baham: |