I – bob.
Qo‟shiq kuylash jarayonida o‟quvchilarda nafosat tarbiyasini shakillantirishning
o‟ziga xos xususiyatlarining nazariy asoslari.
I.1. Barkamol avlod tarbiyasida musiqa san‟atini axamiyati.
Mamlakatimizda istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab, yoshlar tarbiyasi,
xususan sog‟lom va har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish
masalalariga boshqa ustuvor va vazifalari qatori alohida etibor berib kelishmoqda.
Yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashorat qadriyatlar uyg‟unliligi
ruxida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va xunarlarni egallagan, har tomonlama
aqliy ham jismoniy ham ma‟naviy jixattan barkamol qilib tarbiyalash, xal qiluvchi
vazifalaridan biriga aylandi. Hayotda yoshlarning orzu intitlishlarini ro‟yobga
chiqarishga ko‟maklashidigan “ Kamolot “ ijtimoiy harakati va uning turli
bo‟g‟imdagi tuzulmalari “ Sog‟lom avlod uchun “ , “ Sen yolg‟iz emassan “ ,
singari jamg‟armalari “ Zulfiya “ nomidagi “ Nihol ” mukofoti kabilardir.
“ Kelajak ovozi “ tanlovlari o‟tgazilishi yoshlarni har tomonlama kamol toptirish
ularni kelajagimizning xaqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan. Mamlakatimizda
yosh avlodning yuksak ma‟naviy mezonlar asosida o‟sib ulg‟ayishi uchun barcha
shart sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini
olmang, ularning barchasida, yoshlarning huquq va manfaatlari alohida etiborga
olayotganligini ko‟rish mumkin. Keyingi davrlarda butun dunyoda yoshlarning,
musiqiy tarbiyasiga etibor kuchaygan. Buning sababi, rivojlanayotgan zamonda,
musiqaning yoshlarni ma‟naviy va nafosat tarbiyasidagi o‟rni yanada kuchaygani
bilan bog‟liqdir. Yoshlarni yetuk, barkamol bo‟lish, voyaga yetishishlarida musiqa
san‟atini axamiyati kattadir. Nafosat tarbiyasi bilan badiiy tarbiya bir-biri bilan
bog‟liq. Nafosat tarbiyasi yosh avlodni nafosat musiqasini teranlashtirib san‟atga,
qo‟shiq kuylashga, musiqa tinglashga qiziqishlarini oshirib, nafosat didini yuqori
ko‟tarib qalb go‟zalligi va nafosat turmush saviyasini oshiradi. Shu jixatdan
oldinda, musiqa nafosat tarbiyasining samarali vositasidir va ma‟naviy dunyo
qarashini shakllantiradi. Musiqa inson xissiyotlariga kuchli tasir ko‟rsatish
imkoniyatiga ega bo‟lib, o‟quvchilarni nafosat olishiga olib boradi. Musiqiy –
estetik tarbiyasinin yana bir asosiy vositalaridan bir, qo‟shiqchilik san‟ati ( Vokal –
xor ) hisoblanadi. Qo‟shiq kuylash, san‟ati aloxida o‟ziga xos bir turidir. Ana shu
o‟ziga xoslik, qo‟shiqchilik san‟ati, insonlarni bir – biri bilan do‟stlashtiradi,
vatanga sadoqat, o‟ziga hurmati poklik kabi tuyg‟ularni shakillantiradi.
Qo‟shiqchilik san‟ati o‟zbek xalqining barcha qatlamlariga singib kirib, qayg‟u
harakatlarga hursandchiligiga,kelajakka bo‟lgan intilishlari kabi xissiyotlariga
xamrox bo‟lib kelgan. O‟zbek qo‟shiqchilik san‟ati tarixi juda ko‟xna bo‟lib u
insoniyatning shakillanishi jarayoni bilan chambarchas bog‟liq. O‟zbekiston
Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun” va “ Kadrlar” tayyorlash milliy
dasturida oila maktab va jamoatchilik oldidagi masuliyatni anglab yetadigan
sog‟lom, etuk insonni tarbiyalash ishiga aloxida etibor berilgan.
Musiqa san‟ati orqali yosh avlodni sog‟lom muhitta ma‟naviy va axloqiy
tomondan kamol toptirish mhim ta‟limiy tarbiyaviy axamiyatga ega. Shuning
uchun xam, umumta‟lim maktablarida sog‟lom muhitni vujudga keltirishda,
musiqa madaniayti darslari bilan birgalikda sinfdan va maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni axamiyati katta. Musiqa tarbiyasi, atrofdagi go‟zal narsalarni
tog‟ri idrok etishga va qadrlashga o‟rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan
qurollantiradi va ma‟naviy dunyo qarashini boyitadi. Musiqa sog‟lom avlodni
tarbiyalashga asosiy manbalardan biri deb hisoblanadi. Chunki, musiqa inson
ruxiyatiga, sog‟lig‟iga, kayfiyatiga ijobiy ta‟sir etadi. Yni quvontiradi, o‟ylantiradi,
ezgu shlarni qilishga ilxom beradi. Yosh avlod kamolot sari yetaklashda
tarbiyaning ko‟plab omillari o‟rin tutadi. Musiqa o‟zining betakror tabiyati bilan
o‟quvchilarning ma‟naviy dunyosiga katta ta‟sir etish kuchiga ega. Zero, kuy va
ohang ta‟sirida o‟quvchilarda xissiyot olamining o‟sishi, idrok va tafakkurning
shaklllanishi, ezgulikka intilishi, go‟zallikni sevish, tabiyatni asrash, ona Vata
ravnaqi uchun xizmat qilish istagi tobora ortib boradi. Chunki musiqa madaniy
xayotimizda keng o‟rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muxim axamiyat
kasb etadigan san‟at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va
murakkab qurollaridan biri bo‟lish atrofdagi go‟zal narsalarni to‟g‟ri idrok etishga
va qadrlashga o‟rgatadi.
I.2. Sharq mutaffakkirlarini musiqa san‟atini rivojlantirishga qilgan xissasi.
Buyuk sharq mutaffakkirlarining merosi, xalq musiqasini o‟rganish sohasida
muhim tarixiy qiymatga ega. Sharqning ulkan qomusi aqli, jaxonda san‟at va
madaniyatning eng mashxur nomoyondalari, O‟rta asr fanining turli sohalarida:
falsafa, tibbiyot, badiiy adabiyot, kimyo, tabiyatshunoslik, san‟at boyicha yozgan
asarlari bilan madaniyatimiz tarixida, o‟chmas iz qoldirib, uning rivojiga katta
xissa qo‟shganlar. Ulug‟ olim va mutaffakkirlar o‟z ta‟limotida ish organish, uni
boshqalarga o‟rgatish yo‟llari va qoidalarini, katta jiddiy e‟tibor berganlar. Ulug‟
mutaffakkirlarimiz axloq odob va ta‟lim tarbiyaga pand nasixatlari va o‟gitlari,
kelgusi avlod uchun benazir. Meros bo‟lib qoldirilgan ushbu umuminsoniy va
milliy qadriyatlar kelgusi avlod tarbiyasida ma‟naviy barkamollikda ixlos, iymon,
vijdon, sadoqat, mexr-oqibat, kattalarga xurmat va ma‟rifatga oid qarashlar o‟z
ifodasini topgan. BU davrda ilm fanning yuksak darajada rivoj topshirish” Marvod
“, “ Barbod “, “Al Xorazmiy”, “ Al Nasr Farobiy” ,” Axmad Farobiy” ,Abu Ali Ibn
Sino”, “Abu Rayxon Beruniy”, “ Alisher Navoiy”, “ Abduraxmon Jomiy”,
Maxmud Qoshqariy”, Darvesh Ali Choniy”, kabi ulkan olimlar yetishib chiqqanlar
va o‟z ijodlari bilan ular Orta Osiyo shuxratini olamgataratganlar. VII – asrda
arabiston yarim orolidashakllangan islom dini VIII – asrga kelib O‟rta Osiyoda
ham keng yoyildi. O‟rta Osiyo Xorazim, Sug‟d, Shuro yozuvlari o‟rniga arab tili,
arab yozuvlari joriy qilina boshladi. VIII – asr oxiriga kelib O‟rta Osiyoda islom
dini qaror topdi. Islom dini va uning asosiy kitobi, Quronda axloq, iymon, insonni
ulug‟lash, jamiyatga xizmat qilish, oilani mustaxkamlash, ota onaga hurmat kabi
masalalar ongli ravisgda aks etgandi. VIII – asr oxiri IX – asr boshida arab
xalifaligini maqsadi Bog‟dodda ilm fan rivojlandi, yunon olimlaridan Platon
( Aflotun ), Arestotel ( Arastu ), Sokrot ( Sukrot ), Gippokrat ( Bukrot ), Ev-klid
( Iqlidus ), kabilarning asarlari arab tiliga tarjima etildi. Xrestian va islom olimlari
orasida hamkorlik ishlari amalgam oshirishdi. Xalifa Xorun ar Rashid O‟limidan
so‟ng uning o‟g‟li al-Ma‟mun xalifa etib tayinlandi. Xorun ar Rashid Bog‟dodda
ilmiy markaz Ma‟mun akademiyasi tashkil etilib unga barcha musilmon
o‟lkalardan jumladan O‟rta osiyoning olimlari va fozillari to‟planadigan bu
markazda Movanaunaxr xurosondan kegan Al Xorazmiy, Axmad Farg‟oniy,
Mirvoziy, Marvarudiy, Javxariy kabi olimlar Bog‟dod akademyiasini jaxonga
mashxur qilishda juda katta faoliyat ko‟rsatdilar. BU davrda, O‟rta Osiyo jaxon
ilmining fani, kishilik jamiyatini taraqqiy etishga shuningdek islom dini, axloqiy-
huquqiy tarbiyadagi mavqeyda katta xissa qo‟shdi. Bu davrda VIII-IX mutafakkir
shoir, va dinshunoslarning asarlarida ta‟lim tarbiya va axloq- odobga oid
pedagogic fikrlar ijtimoiy taraqqiyot uchun muxim bo‟lgan insonparvarlik, bilimga
e‟tiqod, xalq manfaatini ximoya qilish , manaviyatni ulug‟lash, komil insonni
tarbiyalash singari masalalar yoritiladi. Bog‟dodda tashkil etilgan,Baid ul xikma –
akademiyaning eng nufuzli raxbarlaridan Muxammad Ibn Muso, Al Xorazmiy , Al
JAlb va Al Muxobilaastranomiya jadvali “ Xind xisoboti xaqida risola “< musiqa
haqida risola , quyosh soxta to‟g‟risida risola kabi asarlar aratilib tunyoga mashxur
bo‟ldi. “Algebra “ so‟zi altabrdan ,algaritm esa Al Xorazmiy so‟zining lotincha
talaffuzidan vujudga kelgan bo‟lib, Matematikaning mazmuni O‟rta Osiyolik olim
Al Xorazmiy tomonidan asoslab berildi. Xorazmiyni safdoshi, Axmad Farg‟oniy
astranomiya fani ravnaqiga ulkan xissa qo‟shdi. Astranomiya fani ilmlarini osmon
jismlari sferalari Farg‟oniy jadvallari kitoblarini yozdi. U o‟z asarlarida qadimiy
Misr, Eron, Sopiya, Yunon va Isroil davlatlarida taqvim tuzish geografiya ,
astranomiya ilmlari majmuasini yaratdi. Imom Al Buxoriy IX – asrda islom
olamida mashxur xadis shunos bo‟lib tanildi. Uning “ saxiq Al Buxoriy “ asarida
jaxonga mashxur va malumdir. U islomshunoslikning eng yirik ustunlarining biri
sifatida, o‟z ijodida darsning tarbiyaviy tomonlarini rivojlantirishda va shu ilm
fanni qay darajada rivoj topganini Muxammad Ibn Muso Al Xorazmiy, Al
Buxoriy, Abu Nasr Al Faroviy, Axmad Farg‟oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon
Beruniy va boshqa mutafakkir olimlarning qo‟shgan xissalari katta bo‟ldi. Orta
Osiyo xalqlari qo‟shiq madaniyatini vujudga kelishi sharq olimlarining nazariy
qarashlari, musiqa san‟ati asosida shakllangan bo‟lib, ular o‟z risolasida
musiqaning jamiyatta tutgan o‟rni haqida ma‟lumotlar berganlar. Abu Nasr Al
Farobiyning “ Katta Musiqa “ kitobi , ( kitob al-musiqa al kabr) Ibn Sinoning
“ Davolash kitobi “ ,( kitob bul shifo ) qomusidagi “ Musiqa” haqida risola Al
Xorazmiyning “ Oliy janoblik “ haqida ( kitob )yoki “ Sharafiya kitobi “ ,
Abduraxmon jomiy bilan islom tarixida bitmas tuganmas iz qoldirdi. Abu Rayxon
Beruniy IX – asrda O‟rta Osiyoda mashxur qomusiy olim sifatida tarix
astranomiya , matematika, musiqa, geografiya kabi fanlarga oid 150 ga yaqin
asarlar yaratdi. Abu Ali Ibn Sino yaratgan asarlarning soni 400 dan ortiq bo‟lib, u
ilmining turli soxalari – falsafa tibbiyot mantiq, adabiyotshunoslik, axloqshunoslik
va musiqaga oid asarlardir. Uning “ kitob ash – shifo “, “ Kitob an insof “ ,
“ Donishnola” kabi asarlari inson ruhiyatini , be‟mor davolashdagi musiqaning
yordami, musiqa va madaniyat ilmini kelgusida rivojlanishi yo‟llarini ochib berdi.
IX – asrda musilmon Sharqida maxalliy tillar , fors va turkey tillar saqlangan holda
arab tili din va ilim fan tili bo‟lib qoldi. Turli xalqlar madaniyati va san‟atini
boyligiga tasirini o‟tgazdi. XII – asrda, O‟rta Osiyodas hunarmandchilik ,
o‟ymakorlik san‟ati, binokorlik, musiqa va madaniyat keng rivojlandi, Samarqand,
Buxoro, Termiz , Xorazm, Marv , Uzgan shaxarlarida saroylar , masjid, madrasa,
registonlar , sardoba, kabi binolar qurildi. Bular o‟zbek halqinng ko‟xna
yodgorliklari sifatida dunyo xalqlarini etiborini o‟ziga jalb qilmoqda, bu davrda
musiqa san‟ati ham yuksaldi. Abduxofiz Sug‟diy nay cholg‟u asbobiga monand ,
“ Shoxrud “ asbobini yasadi va unda ham kuylari asosida “ Rost “ ,” Xusravoniy” ,
“ Boda” , BAsta” va boshqa kuylar ijod qilindi . Bu kuylar hanuzgacha o‟zbek
tojik xalqlari orasida zavq- shavq bilan ijro etib kelinmoqda. Bu davrda musiqa
san‟atining “ Musiqa haqida risola “ kitoblarida , musiqa ijrochiligi va xalq
cholg‟ulari haqida muhim ma‟lumotlar bayonetilgan. Sayfiddin Urmoviy istedodi
bilan ud cholg‟usi hamda, mashxur sozanda sifatida tanilgan. U Azarbayjonning
Uriya shaxrida tug‟ilgan. Sayfiddin Urmoviyning eng katta yutuqlaridan Lad
( modus ) larini mukammal sistemasini ishlab chiqqanligidandir. Ibn Zaylining
“ Musiqa haqida to‟liq kitobi “ uning musiqa ilmidan yagona va bebaho kitobidir.
U yangi usulni – musiqada harflar ifodalash usulini ishlab chiqdi. Abduqodir
Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn musiqada harflar bilan ifodalash usulini ishlab chiqdi.
Abduqodir Marg‟uloniy, Abduqodir Ibn G‟olbni ( marg‟oniy) Azerbayjanning
Marog‟ shaxrida tug‟ilgan, u kamonchali asboblarini yeti torli g‟ijjak kabi musiqa
cholg‟ularini borligi haqida malumotlar berdi. Al- Xusayinnig musiqiy kalomlarida
O‟rta Osiyoda keng tarqalgan ikki torli cholg‟u- dutor haqida malumotlar berdi.
Qudbiddin ash – Sheroziy e‟ronlik musiqa nazariyoti sifatida tanilgan bo‟lib, o‟z
risolasida kamonchali tambur haqida iboratli muloxazalar bildirdi va inson ovozini
musiqa asboblari ichida eng yoqimlisi deb hisoblagan. XVII – asrda Darvon Ali
Changiy o‟z risolalarida chang , tambur, qonun, barbod, ud, rud, rubob, qobus,
g‟ijjak, ruxavza, kungura kabi musiqa cholg‟ulari xaqida risollar yaratti. Buyuk
sharq mutaffakkirlari musiqa talimotini rivojlantirishgan qo‟shgan xissalari tarixiy
qimmatga ega bo‟lib O‟rta Osiyoda musiqa, san‟at, ma‟daniyat, ta‟lim- tarbiya
sohalarini, shakllanishiga salmohli xissa qo‟shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |