KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy yo`naltirilgan, ochiq iqtisodiy siyosatga
va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan bozor iqtisodiyotida o`tish
sharoitida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonida soliq
munosabatlarini takomillashtirish, jumladan, qo`shilgan qiymat solig`i va uning
amal qilish mexanizmini ilmiy tahlil qilish o`ta muhim zaruriyat hamda
murakkab muammolardan biri bo`lib hisoblanadi. Yuqorida bildirilgan
fikrlarning nechog`li haqiqatga yaqinligini davlatimiz harbari I.Karimovning
quyida bildirgan fikrlarida ham ko`rish mumkin: “Soliq yukini yanada
kamaytirish, jumladan, yuridik shaxslar uchun foyda solig‘i stavkasini 9 foizdan
8 foizga, jismoniy shaxslar uchun eng kam soliq hajmini 8 foizdan 7,5 foizga
tushirish iqtisodiyotimiz rivojida albatta muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday soliq yengilliklari 130 milliard so‘mdan ortiq mablag’ni tejash va
uni korxonalar ixtiyorida qoldirib, ularning o‘z aylanma mablag‘larini
ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash,
shuningdek, aholi daromadlarini 90 milliard so‘mdan ko‘proq oshirish imkonini
beradi
1
”.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy faoliyatini soliqlar vositasida,
ayniqsa uning eng katta turi bo`lgan qo`shilgan qiymat solig`ini undirish
tartibini takomillashtirish orqali rag`batlantirish katta ahamiyat kasb etadi.
Chunki deyarli barcha tovarlar ishlab chiqarishdan to iste`molchiga yetib
borguncha bo`lgan jarayonda hech bo`lmasa bir marta qo`shilgan qiymat
solig`iga tortilishi shubhasizdir.
O`zbekiston Respublikasi istiqlol yillarida ijtimoiy himoyalangan bozor
iqtisodiyotiga o`tish jarayonida bosqichma-bosqich mustaqil soliqlar tizimini
barpo etdi. Bu jarayonda eski, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydigan
1
Karimov I.A. 2014-yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish,
o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo`ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan majlisidagi ma`ruzasi. //Xalq so’zi
gazetasi, 18-yanvar 2014-yil, 13-son
4
soliqlar (oborot solig`i, foydadan ajratma, o`rmon solig`i va hokazolar) tugatildi
va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi soliq tizimi joriy etildi.
Demak, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida moliyaviy va soliq
munosabatlarini takomillashtirish o`ta muhim va murakkab muammolardan biri
bo`lib qolmoqda.
Respublika soliq tizimidagi o`zgarishlar bu masalaning ijobiy ham etilishi,
turli xil yo`llar orqali amalga oshirilishini amalda ko`rsatmoqda. Bu borada soliq
siyosatini erkinlashtirish mazkur sohalarda erishiladigan yutuqlar garovidir. Shu
sababli, mamlakatimiz rivojlanishining muhim ustuvor yo`nalishi sifatida soliq
siyosatini erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas.
Qo`shilgan qiymat solig`iga davrimizning ko`pchilik iqtisodchi olimlari
turlicha ta`rif berib kelmoqdalar, lekin shu ta`riflarni barchasi mazmuni va
mohiyati jihatidan bir xil hisoblanadi. Qo`shilgan qiymat solig`i ishlab chiqarish
yoki muomalaning har bir bosqichida qo`shilgan qiymat qismidan undiriladi.
Qo`shilgan qiymatga ish haqi, amortizatsiya, kredit uchun foiz, elektr
energiyaga, transportga, reklamaga ketgan sarf xarajatlar kiradi. Bittagina Tovar
boshqatdan sotilayotgan bo`lsa, soliq xarid va sotish narxlari o`rtasidagi
ayirmani hosil qiluvchi qo`shilgan qiymatdan hisoblanadi. So`ngra bu soliq
tovarning uzil-kesil narxiga qo`shiladi, ya`ni bunda ishlab chiqaruvchini emas,
balki iste`molchining daromadi soliq solish obyekti bo`ladi. Qo`shilgan qiymat
solig`i respublikada joriy qilingan soliqqa tortishning eng murakkab, ko’p qirrali
va nisbatan kam takomillashgan qismidir. Qo`shilgan qiymat solig`i tovarlarni
sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatilganda aksariyat yangi hosil
qilingan qiymatdan (foyda, amortizatsiya ajratmasi, mehnat haqi fondi) kelib
chiqib budjet daromadiga o`tkazishning bir shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |