Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo’yi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995-yili Mo’ynoqda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. Tarixchilar Qoraqalpog’iston hududida turizmni targ’ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997-yili sentyabrda Nukusda “Qirqqiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O‘zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Qaipbergenovlar qatoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, SHarapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib qo’shildi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy ilmiy muassasa. Asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy fanlar sohasida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ishlarni amalga oshirishdan iborat. Qoraqalpogʻistonda ilmiy tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi. Qoraqalpogʻistonda dastlabki ilmiy muassasa — Kompleks ilmiy tekshirish instituti 1931-yil tashkil etilgan. 1939-yil bu institut Qoraqalpogʻiston XKS huzuridagi Til va adabiyot institutiga aylantirildi. Institut 1947-yil Oʻzbekiston FA tarkibiga kirdi va Qoraqalpogʻiston iqtisodiyot va madaniyat ilmiy tekshirish instituti deb nomlandi. 1957-yil institut Kompleks ilmiy tekshirish institutiga aylantirildi. 1959- yil ushbu institut negizida Oʻzbekiston FA ning Qoraqalpogʻiston filiali tashkil etildi. 1991-yil filial Oʻzbekiston FA ning Qoraqalpogʻiston boʻlimiga aylantirildi. Tarkibida N.Dovqorayev
Do'stlaringiz bilan baham: |