Transport vositalari.
Yukniqoraqalpoqlarqayiqvaaravadatashiganlar. Aravaga odatda ho‘kiz qo‘shilgan. Ikki xil arava yasashgan: tat arava va telegen arava. Qaysi hayvon qo‘shilganiga qarab ot arava, ho‘kiz arava va eshak arava deyilgan. Ish hayvonlaridan ko‘proq ho‘kiz va eshak ishlatilgan, ayrim hollarda esa ot minishgan.
Milliy kiyim-kechaklar.
Usti-bosh uchun zarur gazlama, matolarni to‘quvchi ustalar yetkazib bergan. Bo‘z to‘n tikish uchun ishlatiladigan yo‘l-yo‘l alasha, ayollar ko‘ylaklari uchun ishlatiladigan katak-katak shatirash, ingichka tuya junidan movut (shol), qop va har xil xalta tikishda foydalanadigan jun gazlama tayyorlangan. Po‘stin, qalpoq, poyabzalbop teri (asosan qo‘y terisi ishlangan) shular jumlasidandir.
Qoraqalpoq erkaklarining kiyimi Xorazm erkaklarnikiga o‘xshab ketadi. Erkaklar ko‘ylak-ishton, dambal kiyganlar. Ishtonning poychalari etik ichiga tiqib kelingan. Sovuq kunlarda yupqa ishton ustidan qalin chit yoki jun gazlamadan tikilgan issiq sim (ishton) kiyib yurishgan. Keyinchalik no‘g‘oy yoqali ko‘ylak kiyishgan.
Qoraqalpoqlarda chopon keng tarqalgan.Har xil chopon tikilgan, qavilgan chopon ham ishlatilgan.Jun, gazlama, movutdan shekpen (chakman) tayyorlangan.Bayram kunlari yaltiroq gazlamadan tikilgan chopon kiyilgan. Chopon ustidan belbog‘, ba’zan kayis (kamar) bog‘lab yurilgan. Qishda qoraqalpoqlar po‘stin va qalpoq kiyishni yoqtirishadi. Qalpoqni qalpoq takiya ham deyishgan. Qalpoq katta va keng qilib tikilgan. Salla o‘rashmagan. Din peshvolarigina salla o‘rab yurishgan.
Oyoqlariga charm poyabzal, mahsi, kalish, etik, qishda jun paypoq kiyishgan.
Yoshlar bilan katta yoshdagi erkaklarning kiyimi deyarli farq qilmagan.Katta yoshdagilar kiyimlari sal kengroq, uzunroq tikilgan.
Qoraqalpoq ayollarining kiyimi ko‘ylak, ishton (lozim), ish kiyim, kamzul, yengsiz chopondan iborat bo‘lgan. Boshlariga do‘ppi kiyishgan, ro‘mol o‘rashgan, yana jegde yopib yurishgan.
Bayram ko‘ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan. Ko‘ylakning tugma tikiladigan ikki tomonida yoqasidan beligacha, yenglari, etagiga xilma-xil rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan. Bunday ko‘ylaklar halqali ko‘ylak deyilgan. Azador ayollar gulsiz ko‘k ko‘ylak kiyishgan. Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari boshqa xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi. Ayniqsa, kimishek va savkali deb ataladigan bosh kiyimlari juda qiziqarlidir.
Qiz yashaydigan xonadonning hammasida albatta kimishek tikilgan. Uni qizning o‘zi tikkan va ovulga kuyov kelgan kuni kiygan. Kimishekni kuyov ovulidan kelgan ayollardan biri qizning bo‘ynigasolib qo‘yadi. Chunki kimishekda boshda kiyish uchun maxsus teshigi bor. Kimishekning old tarafi qizil movutdan uchburchak shaklda, orqasi kuyrikshasi Buxoro shoyisidan popukdor qilib, har xil rangdagi jun ipdan to‘qiladi. Yonlarida quloqchinlari bor. Old tarafida peshonaga tushib turadigan jiga (peshona) bo‘lib, orqasidan uzun guldor “kokil” osilib turadi. Boshga yana “jegde” deb yuritiladigan chopon yopinib yuradilar. Qoraqalpoq kiyimlarining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri jengsedir. Bunday yenglar ko‘pincha qizil guldor matodan alohida maxsus tayyorlanadi. So‘ngra to‘n yoki choponga tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |