O'tkir kamqonlik
Ko'p qon yo'qotish natijasida, qon aylanishining keskin buzilishi, og'ir kislorod tanqisligi vujudga kelishi sababli o'tkir kamqonlik rivojlanadi.
O'tkir kamqonlik belgilari o'ziga xosdir. Bemorning tinka madori qurib, quvvati ketayotganidan, quloqlari shang'illab, ko’z oldi qorong'ilashayotganidan, boshi aylanishidan. tashnalikdan va ko'ngli aynib qayt qilishidan shikoyat qiladi. Teri va shilliq pardalarning rangi oqaradi, yortoq suyaklari turtib chiqadi, qo'l-oyoqlar muzdek bo'ladi va yopishqoq sovuq ter bosadi, tomiri sust uradi, temperatura tushib ketadi, nafas olishi tezlashadi, qon bosimi pasayib ketadi, qon oqishi tezda to'xtatilmasa, bemor o'ladi.
O'tkir kamqonlik belgilari paydo bo'lishi bilanoq tezda yordam berish kerak. Avvalo qon oqishini to'xtatish zarur. So'ngra qon va qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar venaga yuboriladi. Bemorga issiq choy,
kofe ko'p ichiriladi. Bunday hollarda bemorning qo'l va oyoqlarini yuqori ko'tarilib, boshini pastga tushirib yotqizish kerak (miyada qon aylanishi tezroq tiklanishi uchun)va tezda bemorni xirurgiya bo’limiga yuborish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |