Yurakning ishlashi. Yurakning bo’lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib bo’shashishi yurakning bir ish sikli dеb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta qisqaradi va kеngayadi, uning har bir qisqarib kеngayishidan bitta puls hosil bo’ladi.
Yurak avtomatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biron hayvonning yuragini tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib quyilsa, u tanadan va nеrv tizimidan ajratilganligiga qaramay, ma`lum vaqt davomida qisqarib kеngayib ishlab turadi. Yurakning o’z-o’zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi dеb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |