Mavzu: Yangi uy Hamidulla Murodov
Ta’limiy: O’quvchilarga mustaqilligimizning 30-yilligi va shu davrda bo’lgan
o’zgarishlar haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: Ta’lim-tarbiya jarayonida beriladigan bilimlar yaxlit va ijtimoiy shart-sharoitlar, milliy va tarixiy ma’naviy omillar, umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini tushuntirish.
Yuksak insoniy fazilatlar mohiyatini anglatish, ularga ongli munosabatda bo’lish, yaxshini yomondan ajrata olish bilimini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi; Dars jarayonida egallangan bilimlarni aniqlash, umumlashtirish, mustahkamlash. Sinfning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qilish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya : TK4 badiiy adabiyotda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasviridagi o‘ziga xosliklarni anglash;TK5 jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish. FK-1: ertak va she’riy matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri, tez va bir daqiqada 30-35 ta so‘zni o‘qiy oladi;o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzu ga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;
Darsning turi : yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: aqliy hujum, suhbat, savol-javob, ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi, ko‘rsatmail va tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism : Salomlashish , davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirib nazorat qilish.
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash: “Aqliy hujum”metodi orqali o’quvchilarni darsga jalb etish.
─ Shoir yurtimiz jamolini qanday so’zlar bilan ulug’laydi?
Yurtimizda turizm sohasiga qanday e`tabor qaratiliyapti?
III.Yangi mavzuning bayoni: Yangi uy Hamidulla Murodov
Qishlog`imiz chekkasidagi eski bog` o`rnida g`ishtli chiroyli uylar quriladigan bo`lipid!
Bu gapni sinfdoshimiz Xurshidbek topib keldi. O`rtoqlari birpasda uni o`rab olishdi.
Qanaqa uylar deding?
Kimlar qurar ekan?
Kimlar turadi yangi uylarda?...
Kim quradi demay, quradiganlar kim ekan, deb so`ranglar. Bilasizmi ular kim? – Sinfga
kirib kelgan ustozlari Orif aka bolalarning savoliga savol bilan murojaat qildi.
Bilmay turibmizda ustoz! Bilolmay turibmiz…
Unda gapimni yaxshilab eshitib olinglar. Bu quriladigan uylar qishlog`imizning uyga
ehtiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan uylar siz-u bizniki. Endi kimni bo`sh vaqti bo`lsa o`qishdan keyin yordamga chiqsin. Quruvchilarga g`isht, qum, tuproq yetkazib turushda baholi qudrat yordam berasizlar.
Shu kuni darsdan keyin Xurshidbek ko`chasidagi o`rtoqlari bilan qurilish bo`layotgan joyga borishdi. Bolalarni ko`rib Bunyodbek amaki juda xursand bo`ldilar.
-Sizlarni o`zim yordamga chaqirmoqchi bo`lib turgandizm, - dedilar. – Yaxshiyam o`zingiz kelib qoldingiz. Endi gap shu, uylar qishloqniki, demak, sizlarniki ham. Shunday ekan, ustalarimizga g`isht, qum, tuproq tashib berib tursangiz xursand bo`lardik.
- Yordam beramiz! Yordam beramiz! Yoz tugamay yangi uylar qad rostlab, bir chekkadan bita boshladi. Uyning egalari ko`chib kela boshlashdi. Bu orada yangi o`quv yili boshlandi. Bir hafta o`qigan ham edik, bir kuni Xurshidbekni dadasi Bunyodbek amaki oila a`zolariga quvonchli xabarni aytdi.
Xurshibeklar oilasi ham yangi uyga ko`chadigan bo`lishdi. Xurshidbek keyin bilsa, yosh oilalar qatori yangi bitgan uylardan biri ularning oilasiga berilgan ekan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:
Xurshidbek bolalarga qanday yangilikni yetkazdi?
Bunyodbek amaki nima uchun xursand bo`ldi?
V. Baholash. O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorli-gi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to’g’ri va ravon o’qishi o’qutuvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. O`qib kelish.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi”O`TIBDO`: _______________________
Do'stlaringiz bilan baham: |