Shaxboks
Shaxmat? Boks? Ikkalasi birga? Bo’lishi mumkin emas? Bu eng oddiy anekdotga o’xshasada, aslida, chindan ham shaxmat va boksni o’z ichiga olgansport turi paydo bo’lgan. Bu sport turi deyarli yaqinda, 2003 yilda paydo bo’ldi. O’yin 11 raunddan iborat. Sportchilar o’z qobiliyatlarini avval ringda, keyin darhol shaxmatda navbatma-navbat ko’rsatishadi.
Skibob
Ushbu sport turida qandaydir jihati bilan oddiy velosipedni eslatadigan transport turi orqali qorli tog’ bo’ylab tushish kerak bo’ladi. Biroq bu transport uskunasida g’ildirak yo’q, ularning o’rniga chang’I bor. Skibob yaqinda paydo bo’lgan deb o’ylaysizmi? Lekin bu sport turi 100 yildan buyon mavjud. O’tkir hissoyotlarga chanqoq odamlar allaqachon skibobni o’ynab ko’rganlar. Unda maxsus qoidalar bor. Har bir sportchi pastga tushish uchn maxsus uskunalardan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |