- Mushak qavat (tunica muscularis) ikki: tashqi bo'ylama va ichki aylanma qavatdan tashkil topgan. Qizilo'ngachning yuqori qismida mushak qavati ko'ndalang-targ'il mushaklardan iborat bo'lib, o'rta qismida sekin-asta silliq mushak bilan almashadi. Pastki qismi esa silliq mushak tolalaridan tuzilgan bo'lib, me’da devoriga davom etadi. Bo'ylama mushak tolalarining qisqarishi uni kengaytirsa, halqasimon mushak tolalari toraytiradi.
- Tashqi biriktiruvchi to'qimali qavat (tunica adventitia) yumshoq tolali biriktiruvchi to'qimadan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |