- Qizilo'ngachning devori quyidagi qavatlardan iborat:
- Shilliq qavat (tunica mucosa) nisbatan qalin bo'lib, unda yaxshi bilingan mushak qatlami bor. U ichki tomondan ko'p qavatli yassi epiteliy bilan
- qoplangan. Shilliq pardada bo'ylama burmalar, a ’zo bo'shlig'iga ochiladigan qizilo'ngachning shilliq ishlab chiqaruvchi bezlari (glandulae oesophageae)va yakka-yakka limfoid tugunchalari bor.
- Shilliq osti qavat (tela submucosa) yaxshi rivojlangan bo'lgani uchun shilliq qavatda bo'ylam a burm alar hosil qiladi va qizilo'ngachning ko'ndalang kesmasida uning bo'shlig'i yulduzsimon shaklda ko'rinadi. Bo'ylama burmalar ovqat luqmasi o'tgan vaqtda tekislanib, qizilo'ngach bo'shlig'i kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |