18
Sug’oriladigan yerlarning mahsuldorligini pasayishi ko’p hollarda eroziya
bilan bog’liq. Tuproqda o’simlik ildizi rivojlanadigan qismining shamol taьsirida
bo’zilishi (chirindi miqdorini kamayishi, mexanik tarkibini dag’allashuvi, foydali
mikroelementtlarni yo’qolishi va boshq.) uni vegetatsiya sharoitlarini noqulay
ahvolga olib keladi. SHuni eьtiborga olib tuproq yuvilishini oldini olish zarur,
chora-tadbirlar tizimini tatbiq qilish amaliy ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, qiya yonbag’irlarni haydashga alohida ahamiyat berish zarur.
Yerlarni ko’ndalangiga chuqur haydash yomg’ir suvlarini tuproq qatlamlariga
chuqur kirib borishiga imkon beradi, binobarin tuproqning zichlanib ketmasiligi
oqibatida namlik tezda singib ketadi, bunda oqim vujudga kelmaydi. Irrigatsiya
eroziyasini boshlanmasligi uchun egatlarga suv taralayotganda sug’orish meьyorini
ortib ketmasligiga erishish kerak, qanchalik suv kam miqdorda ko’ndalangiga
olingan ariqlar bo’yicha taratilsa suv tuproqni yuvmaydi. SHuningdek ariqlarning
qisqaligiga ham ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Eroziya jihatdan havfli
bo’lgan to’lqinsimon yonbag’irlar maьlum masofalarda darahtli ihotazorlar bilan
band bo’lsa tuproq yuvilishi ancha kamayadi.Eroziyaga uchragan tuproqlarning
mahsuldorligini oshirish maqsadida mineral va organik o’g’itlardan oqilona
foydalanish darkor, shuningdek kimyoviy preparatlarni ishlatilishi tuproq
strukturasini yaxshilaydi, tuproqning yuvilishga berilishini kamaytiradi.
Jar eroziyasiga moyil bo’lgan juda qiya (8-10
o
va undan katta)
yonbag’irlarni haydashda ko’pgina omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq,
avvalo barcha yerlarni haydamasdan, faqat ayrim areallar bo’yicha ekin
maydonlarini tayyorlash kuchli eroziyani oldini oladi, mavjud darahtli va butali
o’simliklarni saqlab, yana qo’shimcha darahtlar ekish zarur. Bu sharoitda lalmi yer
yaylov bilan almashib kelgani maьqul.
Deflyatsiyaning oldini olish tub asosi bilan ixotazorlarni vujudga keltirish,
mavjudlarini saqlab qolishga bog’liq. Sug’oriladigan va lalmi yerlarda maьlum
masofalarda (200 m dan 350 m gacha va undan ko’p) ikki yoki to’rt qatorli
daraxtzor mintaqalarini vujudga keltirish shamol kuchini ancha qisqaradi.
O’simliklarni kulis usulida joylashtirishga ahamiyat berish kerak.
19
Sug’oriladigan yerlarning qashshoqlanishini to’xtatish va ularning
mahsuldorligini oshirish uchun beda va dukkakli ekinlarni maьlum reja asosida
almashlab ekishga erishmoq lozim. Tuproqlarni bonitetlash, yer kadastrini ishlab
chiqish va ularga rioya qilish mo’l hosil olishga asos bo’ladi.
Erni iqtisodiy baholash deganda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi
sifatidagi nisbiy bahosi tushuniladi yoki boshqacha aytganda, turli sifat
ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yerlarning nisbiy daromad miqdori anglanadi. Yerni
iqtisodiy baholashning bosh mohiyati uni sifatining qishloq xo’jaligidagi ijtimoiy
ishlab chiqarishda mehnat unumdorligiga taьsirini aniqlashdan iborat.
Odatda, yerning tabiiy, sunьiy va samarali hosildorlik xususiyatlari ajratiladi.
Yerning tabiiy hosildorligi tuproqning hosil bo’lish jarayonlari bilan bog’liq.
Sunьiy hosildorlik inson tomonidan unga turli ishlov berish (haydash, o’g’it solish,
melioratsiya, agrotexnik va boshqa tadbirlar) jarayonida vujudga keladi. Samarali
yoki iqtisodiy hosildorlik tabiiy va sunьiy hosildorliklarning o’zaro qo’shilishidan
hosil bo’ladi. Aslida, bu ikki guruhdagi hosildorlik yaqindan bog’liq bo’lib, bir-
birlarini taqozo etadi. Sunьiy hosildorlikning bo’zilishi tuproq degradatsiyasiga
olib keladi. Yerning hosildorligi qotib qolgan hodisa emas, u o’zgarib turadi: tabiiy
va inson omillari taьsirida yuqori bo’lishi yoki aksincha pasayshi mumkin.
SHuning uchun ham yerning iqtisodiy bahosini butun bir umrga yetarli qilib
aniqlanmaydi, uni maьlum vaqtlarda qaytadan aniqlab turish lozim. Yerni iqtisodiy
baholashda uning faqat hosildorligigagina emas, shuningdek, joylashgan o’rni,
chunonchi, shaharlarga yaqinligi, sanoat markazlaridan o’zoqligi, transport qatnovi
yo’lga qo’yilganligi ham hisobga olinadi.
Erni iqtisodiy baholash jarayoniga relьefning o’ydim-chuqurligi, gorizontal
parchalanganligi, qiyaligi, tuproqning qalinligi, toshloqligi, mexanik tarkibi, tuproq
turi va kichik turi, grunt suvlari sathining joylashuvi, tuproq tarkibida birlamchi
to’z va gipsning mavjudligi, shamol va boshqa hodisalar faol taьsir etadi. Bu
omillarni tahlil qilish bilan tuproq ball tizimida baholanadi, so’nggida yer kadastri
ishlab chiqiladi.
20
Erni iqtisodiy baholash maqsadida uni materiallar bilan taьminlash uchun,
shuningdek, qishloq xo’jaligini rejalashtirish va tashkil qilish niyatida hamda yer
balansini, yerni baholashning hududiy birliklarini hisobga olish uchun barcha
yerlarni toifalarga bo’lish maqsadga muvofiq: xo’jalik ichidagi va umumiy yer
(baholash birliklari). Bu birliklar xo’jalikning ichida qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishini rejalashtirish va tashkil qilish talablariga mos kelishi lozim. Bu
toifadagi yerlar o’z navbatida yana ikki guruhga ajratilishi mumkin: Birinchi
guruhdagi yerlarga xo’jalikning yerdan foydalanish to’zilmasiga muvofiq xo’jalik
uchun umuman ajratilgan yerlar,fermerlar,dexqon va boshqalarga foydalanish
uchun berilgan yerlar kiradi; ikkinchi guruhga xo’jalik jihatidan foydalaniladigan
(ekinzorlar) yer massivlari, chunonchi, paxta, sholi, bug’doy, yem-xashak, poliz,
bog’,o’rmon va boshqalar ekiladigan yerlar, o’t-almashlab ekish uchastkalari,
ayrim dalalar, partov, ishdan chiqqan maydonlar,yaylov,pichanzor va boshqalar
kiradi. Jamoa xo’jaligi hududida barcha ekinzorlarni shu tartibda o’zaro bog’liq
holda solishtirish yo’li bilan yerning nisbiy bahosini aniqlash mumkin.
SHuni nazarda tutish kerakki, ekinzorlar joylashishida avvalo ularni maьlum
relьef elementlariga (qavariq, botiq, yonbag’ir,tekislik, qiya va to’lqinsimon
tekisliklar) qarab joylashuvi, tuproq turlari, grunt suvlari rejimi, iqlimiy
xususiyatlar, yaylov turi va boshqalarning aniq hisobga olinishi baholashning
asoslanganligiga jiddiy taьsir etadi. Bunda suv manbalari va ularning sifati alohida
eьtiborda bo’ladi.
Tuproqning
sifati
yoki
mahsuldorligi
uning
turi,
fizik-kimyoviy
xususiyatlari, mexanik tarkibi, gumus qatlamining qalinligi va miqdori, grunt
suvlari sathining joylashuvi va boshqa omillarga bog’liqligini hech kim inkor
etmaydi. Tuproq qanchalik qulay tabiiy xususiyatlarga ega bo’lsa, shunchalik
katta hosildorlikka ega bo’ladi. Lekin bu ko’rsatkichlar tuproqning iqtisodiy
mahsuldorligi mezonlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Tuproqni iqtisodiy jihatdan
baholaganda undagi ekinlarning hosildorligi va maydon birligi (gek.) dan olingan
daromad eng yaxshi va ishonchli mezonlar hisoblanadi.
21
Hosildorlik qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining so’ngi natijasi, shuning
uchun ham yerning bahosini qayd qiladi. Ekinlardan olingan hosil miqdoriga
qarab, dalalarning bahosini aniqlash mumkin, tuproqning mahsuldorligi qiymati
ravshan bo’ladi.Tuproq mahsuldorligi barcha tabiiy va sunьiy meliorativ ahvolni
to’liq mujassamlashtiradi. Yerni iqtisodiy baholash ikki ko’rsatkichda amalga
oshiriladi; yalpi mahsulot bo’yicha amalga oshirish yerning ishlab chiqarish
vositasi sifatida maydon birligi bo’yicha qiymatini bilishga imkon beradi. Bu
ko’rsatkich ishlab chiqarish hajmini maydon birligida tabaqalashgan holda
rejalashtirish uchun, ekin maydonidan oqilona foydalanish, soliq tizimini to’g’ri
amalga oshirish va boshqalarni aniqlashda zarur. Sof daromad bo’yicha yerni
iqtisodiy baholash maydon birligidan olinadigan daromadni chamalashda qo’l
keladi, bu hol tabaqalashgan soliq, rentalarni aniqlashda zarur omil hisoblanadi.
Hosildorlik va sof daromad xo’jalik hududida oldindan qishloq xo’jalik
mahsulotlarining hajmi va undan keladigan sof daromadni rejalashtirishda eng
ishonchli mexanizm bo’lib xizmat qiladi.
Kadastr (fran so’zcha-reestr, ro’yxat) - ob’ekt yoki hodisa to’g’risida
jamlama sifatida va miqdoriy maьlumotlarning tizimli majmuasi hisoblanadi, ko’p
hollarda ular iqtisodiy baholashni nazarda tutadi. Kadastrning turlari ko’p. yer
kadastri quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: a) yerga egalik qilish va yerdan
foydalanishni ro’yxatdan o’tkazish; b) yerni miqdoriy hisobi; v) yerning sifati; g)
tuproq bonitirovkasi; d ) yerlarni iqtisodiy baholash.
Tuproq bonitirovkasi (lotin tilida - asl, sifatli)
-
tuproqning unumdorligi
bo’yicha nisbiy baholashdan iborat. Qiyosiy baholash tuproqlarni majud ob’ektiv
xususiyatlari va belgilari asosida amalga oshirish, bular qishloq xo’jalik
ekinlarining o’sishida eng muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bonitirovkada miqdoriy
ko’rsatkichlar (ballar) qo’llaniladi. Ular bir tuproqni ikkinchi tuproqdan qanchalik
yaxshi yoki yomon ekanligini aniqlashga imkon beradi. Bunda tuproqning eng
muhim xususiyatlari va hosildorligi eьtiborga olinadi. Boshqacha aytganda, tuproq
bonitirovkasi-bu,
tuproqning
hosildorligini
ball
hisobida
agronomik
inventarizatsiya qilish bo’lib, ball tuproqning asosiy xususiyatlari va eng muhim
22
qishloq xo’jalik ekinlarining o’rtacha hosildorligi hamda tabiiy yaylov (pichanzor)
larning mahsuldorligi hisoblangan ko’rsatkichidir.
Tuproq bonitirovkasi yer kadastrining asosiy qismlaridan biri bo’lib, yer
resurslarini miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hisoblanadi. Miqdoriy hisobga
olishning mohiyati yerdan foydalanish va ekinlarning turi bo’yicha maydoni
hisobida taqsimlanishni ko’rsatadi. Haydaladigan, sug’oriladigan yerlar, bog’lar,
pichanzor,yaylovlar va boshqalarning maydoni hisobga olinadi. Sifat jihatidan
inventarizatsiya qilishda tuproqning asosiy xususiyatlari, ayniqsa, unumdorligi
hamda mehnat mahsuli-ekinlarning hosildorligi (ko’rsatkichi) hisobga olinadi.
Bunda har bir yer uchastkasining haqiqiy va potentsial (imkoniy) mahsuldorligi,
shunindek, butun jamoa xo’jaligi, tuman va viloyat bo’yicha ko’rsatkichlar
aniqlanadi. Bunday tartibda yer uchastkalarini hisobga olish qishloq xo’jalik
yerlarini (ekinzorlarini), haydaladigan yerlar, pichanzor, yaylov, o’rmon va
boshqalarning mahsuldorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishda zarur bo’ladi.
U xo’jaliklarning to’g’ri ixtisoslashuvi va tarmoqlarning oqilona almashib kelishi,
yerlarni melioratsiya qilishda kapital mablag’ sarflashni rejalishtirishda asos
bo’ladi. SHu bilan birga tuproq bonitirovkasi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib,
maьlum hududlarni (fermer xo’jaligi, tuman, viloyat) tuproqlarining unumdorligi
bo’yicha guruhlarga birlashtirish va solishtirish uchun imkon beradi, fermer
xo’jaliklari va ishlab chiqarish faoliyatiga hududning iqlimiy va iqtisodiy
sharoitlarini eьtiborga olib ob’ektiv baho berish, tuproqlardan oqilona foydalanish
asosida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish, bu boradagi
imkoniyatlarni aniqlashga yordam beradi.
Bonitirovkada paxta, don, sholi, yem-xashak, qand lavlagi yetishtirish, tabiiy
o’t va o’rmonlar, bog’lar tashkil qilish uchun eng qulay sharoitlarni aniqlash
maqsad qilib qo’yiladi. U qishloq xo’jalik mutaxassislariga sug’orma, lalmi
yerlardan, yaylovlardan jadal foydalanish tadbirlarini ishlab chiqishda yordam
beradi. Bonitirovka asosida tuproq sifatiga mos keladigan hosildorlikni oldindan
belgilash, tuproqqa solinadigan mineral va organik o’g’itlar miqdorini aniqlash
mumkin. Bonitirovka tuproqning qanday chora-tadbirlarga muhtojligi, eroziya va
23
deflyatsiya, qurutish melioratsiyasi, fitomelioratsiya tadbirlarini amalga oshirish
zarurligini hudud bo’yicha hamda ayrim areallarda muntazam keng miqyosda
qo’llashni asoslaydi.
Bonitirovka usullari va bonitirovka shkalasi baholash mezonlari bo’yicha
farqlanadi.
Bunda
tuproqning
ayrim
tabiiy
xususiyatlari
yoki
ushbu
xususiyatlaridan jami baholashda foydalaniladi. Lekin baholash jarayonida
tuproqning qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanadigan sharoitlarini belgilovchi
xususiyatlari va belgilari asos qilib olinadi. SHuning uchun ham maьlum
xususiyatlarga ega bo’lgan tuproq bir turdagi ekin uchun qulay, boshqa turdagi
ekinlar uchun esa noqulay bo’lishi mumkin.
Tuproqlarni xususiyatlari bo’yicha baholash mantiqan qishloq xo’jalik
ekinlari hosildorligini nazorat qiladi. Tuproqlarni baholashda ularga jiddiy taьsir
etuvchi omillar, yaьni relьef, grunt suvlari sathi va mineralashuv darajasi, iqlim
xususiyatlari, gruntning suv o’tkazuvchanligi, yotqiziqlarning litologik tarkibi,
yerning o’lchamlari va boshqalarga katta ahamiyat beriladi.
MDH mamlakatlarida, shu jumladan, O’zbekistonda 100 ballik baholovchi
shkala qabul qilingan. Ballarni ishlab chiqish yer to’zish davlat loyiha
instituti(«O’zgiprozem») oliy o’quv yurtlarining tuproqshunoslik kafedralari,
Tuproqshunoslik va agrokimyo institutida mahalliy tabiiy va iqlimiy sharoitlarni
hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bonitirovka ballarini har bir baholash belgisi bo’yicha hisob-kitob qilish
qabul qilingan quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |