Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar tahlili ko‘rsatishicha, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish birgalikda yuz berdi.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida mulkiy munosabatlarning o’ziga xos xususiyatlari.
Mulkchilik munosabatlarini isloh qilish borasida MDH mamlakatlari iqtisodiyotining barchasi uchun quyidagi umumiy qonuniyatlar xosdir:
• ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi o‘rniga turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllarini vujudga keltirish;
• har bir mamlakat oldida turgan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan vazifalar va ijtimoiy siyosatdan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotda tuzilmaviy o‘zgarishlar qilish;
• ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;