Agrar munosabatlar–bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish va qishloq xo‘jaligi vositalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan turli-tuman subyektlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Agrar munosabatlar – bu qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning keng doirasidir. Ayniqsa, mehnatda band aholining sezilarli darajada katta qismi qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan mamlakatlar uchun agrar munosabatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot sohalarida band bo‘lgan aholining uchdan bir qismi qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |