Mavzu: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat iqtisodiyoti salohiyatidan samarali foydalanish muammolarini hal etish yo‘nalishlari Mundarija


Oziq – ovqat sohasida xalqaro bozorga chiqishdagi muammolar uning yechimlari



Download 80,61 Kb.
bet8/11
Sana01.05.2022
Hajmi80,61 Kb.
#600964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat iqtisodiyoti salohiyatidan samarali foydalanish muammolarini hal etish yo‘nalishlari

2.2. Oziq – ovqat sohasida xalqaro bozorga chiqishdagi muammolar uning yechimlari

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida qayd etilishicha, davlatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilandi11.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish masalalariga eng muhim vazifalar sifatida qarab, “inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh maqsadi etib belgilanganligi”ning aholi turmush darajasi oshishiga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotganligidan dalolatdir. Murojaatnomada xalq farovonligi va aholi turmush darajasiga doir tahliliy-tanqidiy ma’lumotlar keltirilib, maqolamizda ushbu jihatlarni ham tadqiqotimiz ob’ekti sifatida qaraganmiz12.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2018 yil PF-5308-sonli “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar asosida tahlillar qilib, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim vazifalarni belgilab olamiz, jumladan, farmonda qayd etilishicha, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi yo‘llar barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo‘llar qurish va elektrlashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini ko‘rish lozim13.
Shu vaqtga qadar O‘zbekistonda pandemiya qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarda jiddiy uzilishlarga olib kelmadi. Bahorgi ekin mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishi, meva-sabzavotchilik mahsulotlarining yangi hosili iste’molchilarga to‘siqlarsiz yetib borishi, soha xodimlari o‘z ish joylariga nisbatan erkin yetib olishlari uchun hukumat barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqda.
Mahalliy bozor pandemiya keltirib chiqargan vahimaga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi bilan javob berdi. Ammo ularning asosiy turlari, masalan mahalliy bug‘doy va un uchun, narxlar xozirgi kunda ko‘tarilgan bo‘lsa ham, ular unchalik yuqori emas. Bundan tashqari, biz do‘konlarning peshtaxtalari va bozorlarning rastalari mahsulotga to‘la ekanligini, mahallalarda oziq-ovqat mahsulotlarini sotish shoxobchalari ochilayotganini, ko‘pgina sotuvchilar esa mahsulotlarni uygacha yetkazib berish xizmatlarini taklif etayotganini ko‘rmoqdamiz.
Albatta, mamlakatning ayrim hududlarida oziq-ovqat mahsulotlarining ba’zi turlari bo‘yicha taqchillik yuzaga kelishi mumkinligini istisno etmaslik lozim, ammo mahalliy hokimiyatlar ushbu masalani hal qilish uchun yetarli darajada tezkor choralar ko‘rmoqdalar.
Misol uchun, Andijon viloyatida mahalliy ishlab chiqarilgan un yetishmovchiligi to‘g‘risida xabarlar bo‘ldi. Haqiqatdan ham, karantin davrida viloyatlardagi un tegirmonlariga bug‘doy va oziq-ovqat do‘konlariga un yetkazib berish hajmlarini oshirish kerak va bu hukumat tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, iste’molchilar vahimaga berilmasliklari va unni haddan tashqari katta hajmlarda xarid qilmasliklari lozim. O‘zbekistonda bug‘doy zaxiralari keragidan ham ortiqroq, bundan tashqari, iyun oyida don ekinlari yangi hosilining terimi boshlanadi, bu esa mahalliy ishlab chiqarilgan un zaxiralarini qo‘shimcha oshirish imkoniyatini beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ichki bozorda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shakar, un va o‘simlik yog‘idan tashqari O‘zbekiston, umuman olganda, oziq-ovqat importiga bog‘lanib qolmagan. Bu yilgi mavsumning asosiy vazifasi butun mamlakat bo‘ylab fermerlar mahsulotlarini o‘z vaqtida ekib, hosilini yig‘ib olishlaridan iborat.
2020 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun mavjud xatarlar orasida mahalliy meva-sabzavotchilik mahsulotlarining eksporti bilan bog‘liq murakkabliklarni aytib o‘tish mumkin. So‘ngi uch yil mobaynida ushbu mahsulotlarning eksport hajmlari 570 mln AQSh dollaridan 1,3 mlrd dollargacha o‘sdi. Lekin mahalliy sabzavotlar va mevalarning asosiy importchilari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istondagi aholining xarid qilish qobiliyati pasayishi, shuningdek ularning milliy valyutalari devalvatsiyasi munosabati bilan mazkur mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda, O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pgina holatlarda raqobatchilarning, deylik Turkiya va Chili davlatlaridagi, mahsulotlaridan arzonroq narxlarda sotilishi 2020 yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga talabning nisbatan o‘sishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozirgi bosqichda meva-sabzavotchilik mahsulotlarining mahalliy eksportchilari uchun qandaydir muayyan prognozlar qilish mushkul.
2020 yilda mazkur sohadagi o‘sish, O‘zbekistonning butun iqtisodiyoti kabi, katta ehtimol bilan sekinlashadi (Jahon bankining prognozlariga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi joriy yilda 5.7% dan 1.6% ga pasayadi — tah.). Ayni paytda agrar sohaning o‘sishi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda o‘rtachadan yuqoriroq bo‘ladi, chunki pandemiya davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lib, milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi.
Kuzgi bug‘doy ekini yaxshi qishlab oldi va don ekinlarining hosili o‘tgan yilgi hajmi 6 mln tonnaga yetgan hosildan kam bo‘lmaydi. Paxta klasterlarining yaxshi tayyorgarligi sababli paxtani ekish jarayoni me’yorida o‘tmoqda.
Bundan tashqari, fermerlarga urug‘larni, yonilg‘i-moylash materiallarini va o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun «yashil yo‘lakchalarni» yaratishdagi hamda bularni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlarni ajratishdagi davlat yordamini ham inobatga olish zarur. Yaqin orada kartoshka, meva va sabzavotlar hosilini terib olishning asosiy mavsumi boshlandi va barcha fermer xo‘jaliklari bunga o‘z tayyorgarliklarini boshlab yubordilar.
Sohadagi o‘sish sur’atining pasayishiga va muayyan darajada bandlikning kamayishiga hissa qo‘shuvchi omillar, avvalroq aytib o‘tganimdek, import qiluvchi mamlakatlardagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bo‘lgan talabning kamayishidan iborat. Pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida daromadlarning hamda mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalarining kamayishi natijasida O‘zbekiston aholisidagi xarid qilish qobiliyatining pasayishi xam salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hosil terimiga jalb etiladigan ish kuchining, ayniqsa mamlakatning boshqa viloyatlaridan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga keluvchi fuqarolarning harakatiga vaqtincha cheklovlar o‘rnatilishi ham sohadagi o‘sishning sekinlashuviga hissa qo‘shadi.
Aprel oyining boshida BMTning Oziq-ovqat va qishloq-xo‘jaligi dasturi (FAO), Jahon sog‘liqni-saqlash tashkiloti (BSST) va Jahon savdo tashkiloti (JST) rahbarlari oziq-ovqat ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida dunyo mamlakatlarini xalqaro savdoga cheklovlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chorladilar.
Darhaqiqat, alohida hukumatlar o‘z oziq-ovqat xavfsizliklarini ta’minlash maqsadida qator oziq-ovqat mahsulotlariga nisabatan vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatdilar. Jahon banki FAO, JSST va JST xavotiriga qo‘shilgan holda hisoblaydi-ki, hukumatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xalqaro savdosi uchun to‘siqlar yaratayotgan mamlakatlarda eksport cheklovlari oziq-ovqat ta’minoti muammosini hal etmaydi.
Bular bevaqt javob choralaridir, ayniqsa pandemiya shundoq ham jahon bozorlari uchun ko‘plab xatarlar va noaniqliklar keltirib chiqarishini inobatga oladigan bo‘lsak. Jahondagi oziq-ovqat zaxiralari har qachongidan ham katta ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ta’qiq o‘rnatish hojatsiz zarar keltiradi, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlariga narxlarning ko‘tarilishi hamda inqirozning aholi uchun iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini faqat og‘irlashtiradi.
Xususan, Qozog‘iston tomonidan joriy yilning 1 aprelidan bug‘doy va un uchun eksport kvotalarining o‘rnatilishi O‘zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu mamlakatdan bug‘doyni eksport qilish uchun kvota aprel oyiga hukumat tomonidan 200 ming tonna miqdorida belgilangan, un eksporti uchun esa 70 ming tonna miqdorida. Eksport kvotalari iste’molchi mamlakatlarga, shu jumladan O‘zbekistonga ham, ushbu turdagi mahsulot importining kamayishiga olib keladi. Lekin mazkur cheklovlarning salbiy ta’siri O‘zbekiston uchun kichik va vaqtinchalik bo‘ladi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Birinchidan, mart oyida O‘zbekiston joriy yilning yanvar va fevral oylariga nisbatan ikki baravar ko‘proq hajmda Qozog‘iston bug‘doyi va unini import qildi va shu orqali yaqin muddat uchun yetarlicha zaxira hosil qildi. Mahalliy un ishlab chiqaruvchi zavodlar ham o‘tish davri uchun un zaxiralariga ega.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda davlat g‘alla zaxiralari va rezervlari aprel oyi boshiga 1 mln tonnadan iborat bo‘lib, ulardan 750 ming tonna un olish mumkin. Ma’lumot uchun, mamlakatda o‘rtacha oylik un iste’moli 300 ming tonnadan oshmaydi.
Uchinchidan, O‘zbekiston Qozog‘iston tomonidan belgilangan eksport kvotasi chegarasida bug‘doy va un importini davom ettirishi mumkin. Va nihoyat, g‘allaning yangi hosili O‘zbekistonda iyun oyida yig‘ib olinadi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, bu mahalliy un zaxiralarini ko‘paytirib olishga imkon beradi.
Shunday qilib, O‘zbekiston 2020 yilni un va non mahsulotlari uchun barqaror narxlar bilan o‘tkazishini kutish mumkin.
Darhaqiqat, bug‘doy yetishtiruvchi mamlakatlar tomonidan don mahsulotlarining eksportiga cheklovlar o‘rnatilishi O‘zbekiston hukumatining 2021 yilda g‘alla maydonlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ta’sir ko‘rsatishi xatari mavjud.
Lekin xozirgi bosqichda bu ehtimoldan uzoq holat va mamlakat uchun umuman zarur bo‘lmagan chora. G‘alla maydonlari 1,3 mln gektar yerni yoki mamlakatdagi barcha sug‘oriladigan yerlarning 35%ni egallagan. Shuning uchun, hudud jihatidan shundoq ham yetarli darajada ulkan bo‘lgan g‘alla ekadigan maydonlarni emas, balki g‘allaning o‘rtacha hosildorligini oshirish kerak.
Bundan tashqari, Qozog‘iston tomonidan bug‘doy eksportiga cheklovlar o‘rnatilishi — bu vaqtinchalik chora. Mamlakat ushbu turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik o‘ntalikka kiradi va uni sotishdan tiyilish davlat uchun manfaatli emas. 2019 yil Kog‘ozistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun kamhosil bo‘ldi. Jumladan, bug‘doy so‘ngi yillardagi ko‘rsatkichdan 20%ga kamroq yetishtirildi. Bu esa eksportning 25%ga qisqarishiga olib keldi. Bug‘doyning past darajadagi hosili ichki bozordagi un narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi va bu koronavirus pandemiyasiga javob tariqasida Qozog‘iston hukumati tomonidan karantin cheklovlarini kiritishidan ancha avvalroq ro‘y berdi.
Bundan tashqari, shu oyning o‘zida jahon bozorida neft narxlarining keskin tushib ketishi YaIMning 20% neft va gaz sohasiga to‘g‘ri keluvchi Qozog‘iston budjeti uchun ulkan ziyon olib keldi. Bu hukumatning moliyaviy imkoniyatlarini va, natijada, inqiroz davrida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish salohiyatini cheklab qo‘ydi. Mazkur holatlarning barchasi mamlakatda bug‘doy va un eksportiga vaqtinchalik cheklovlarni kiritishga olib keldi.
Qozog‘iston tomonidan amalga oshirilgan, yuqorida aytib o‘tilgan harakatlarning sabablari nimalardan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston ushbu vaziyatdan tegishli xulosa chiqarishi kerak. Bu kabi holatlarga tezkor javob berish uchun ishonchli oziq-ovqat zaxiralari zarur, ayniqsa mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan bug‘doyning zaxiralari.
O‘zbekiston davlatning strategik g‘alla zaxiralari hajmini oshirish hamda 2021 yilda g‘alla uchun davlat buyurtmasi tizimini bekor qilish munosabati bilan uni yetishtirish mexanizmlarini takomillashtirish borasida kelgusi ishlarni amalga oshirishi lozim. Mazkur sohadagi davlat nazoratidan voz kechish fermerlarni o‘z mehnatlari samaradorligini oshirishga rag‘batlantiradi, bu esa yetishtiriladigan g‘allaning sifati va hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, urug‘chilik yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat investitsiyalari hamda don hosildorligi va sifatini oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni xarid qilishda fermerlarga ko‘mak berish zarur.
Koronavirus pandemiyasi yuzaga keltirgan bugungi iqtisodiy inqiroz qishloq xo‘jaligidagi yoki O‘zbekiston iqtisodiyotining boshqa sohalaridagi boshqaruvning avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik usullariga qaytish uchun bahona sifatida foydalanilmasligi, shuningdek iqtisodiy islohotlarning so‘nggi bir necha yil mobaynida erishilgan ijobiy natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agrar sohada davlatning tartibga soluvchi vazifasini kamaytirish, bunda bozor mexanizmlarini joriy etish, uni yanada diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hamda mahalliy va horijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish zarur.
Ushbu choralar mahalliy fermerlar va agrokorxonalarning daromadlarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ularning eksport salohiyatini kengaytirish hisobiga o‘sishiga olib keladi. Jahon banki yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun hukumatga moliyaviy va texnik ko‘mak berishni davom ettiradi.
O‘zbekiston uchun ushbu murakkab davrda Jahon banki koronavirus pandemiyasining aholi salomatligi uchun, ularning ijtimoiy farovonligi uchun, tadbirkorlik va umuman milliy iqtisodiyot uchun oqibatlarini yumshatish borasidagi hukumat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa xalqaro homiylar bilan ishlashni ham davom ettiradi.


Download 80,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish