Маvzu: Qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi


lII BOB Qishloq xoʼjaligida ekinlarni sugʼorish usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi



Download 357 Kb.
bet8/11
Sana11.06.2022
Hajmi357 Kb.
#653653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ish

lII BOB Qishloq xoʼjaligida ekinlarni sugʼorish usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi
3.1 Qishloq xoʼjaligida ekinlarni sugʼorish usullari

Rasmdan kо’rinib turibdiki, mamlakatimizda zamonaviy sug’orish usullari


qо’llanilayotgan maydonlar yil sayin oshib bormoqda.


Qishloq xo’jaligida suv tejovchi sug’orish usullaridan foydalanishning afzalliklari

Egatga plyonka
to’shab sug’orish

Egiluvchan
quvurlar orqali
sug’orish



Yomg’irlatib
sug’orish

Tomchilatib sug’orish

(oqova suvlar
miqdori
kamayadi;
(egatlar butun
uzunligi bo’yicha
bir tekis
namlanadi;
(sug’oriladigan
maydondan
bug’lanish va
shimilish
kamayadi



(egiluvchan
shlanglar
oqariqning o’rnida
ishlatiladi;
(suv har bir egatga
bir tekis
taqsimlanadi;
(sug‗orish ishlari
yengillashadi

(oqova suvlar
bo’lmaydi;
(ekin dalasi
butun kattaligi
bo’yicha bir
tekis namlanadi;
(dalada egat va
o’q ariq olishga
hojat bo’lmaydi

(ekinlar hosildorligi ortadi va
sifati yaxshilanadi;
(suv miqdori 20-60% tejaladi;
(mehnat va resurslar sarfi
kamayadi;
(beriladigan o’g’it miqdori
50% gacha kamayadi;
(tuproq erroziyasi to’xtaydi va
sho’rlanish kamayadi;
(suv bir tekis ekinlar ildizi
joylashgan qismiga beriladi,
ya‘ni tuproq qotmaydi;



Tomchilatib sug’orilganda ekinlar hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi, ya‘ni paxta - 50-55 s/ga, makkajo’xori (ko’k poya) - 120-130 s/ga, makkajo’xori (don) - 25-32 s/ga, pomidor (ochiq yerda) - 130-140 s/ga, pomidor (issiqxonada) - 500 s/ga, uzum - 50s/ga va olma - 60 s/ga dan hosil olish mumkin.


Yer-suv resurslaridan foydalanishda davlat roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat yer va suv xo’jaligiga doir iqtisodiy islohotlar olib boradi, qonunlar, qaror va farmoyishlar ishlab chiqadi. O’zbekiston Respublikasi yer resurslaridan unumli foydalanish uchun ―Yer to’g’risidagi qonuni va ―Yer kodeksi, Vazirlar Mahkamasining ―Yer monitoringi to’g’risida, ―O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste‘moli to’g’risida, ―Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste‘mol qilish uchun ruxsatnoma berish tartibi‖, ―Tomchilatib va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni joriy etish davlat dasturini shakllantirish kabi Nizomlar, suv resurslaridan samarali foydalanish uchun ―Suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunlar qabul qilingan.
Yer resurslaridan foydalanish Yevropa ittifoqi davlatlaridan biri Gollandiyada bor-yo’g’i 500 ming gektar qishloq xo’jaligiga taalluqli yerlar mavjud. Bu mamlakatda 16 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi va aholi soni juda zich joylashgan. Gollandiyaning 50% hududi 5-6 metr dengiz sathidan pastda joylashgan bo’lib, 58% qishloq xo’jaligi yerlari hisoblanadi, shundan o’tloq yerlar – 31%, haydaladigan yerlar – 23,5% va issiqxona xo’jaliklari yerlari 3,2% ni tashkil etadi. Ushbu mamlakatda yalpi ichki mahsulotning 3-4% i qishloq xo’jaligi mahsulotlariga to’g’ri keladi, qayta ishlash, ya‘ni agrobiznes sohasiga esa 10% ni tashkil etadi. Gollandiya mamlakati uzoq yillar davomida dengizdan o’zlashtirib olgan yerlar 42-50 ming gektarni tashkil etadi.
Bu joylarda yerlarning tuproq unumdorligi yuqori bo’lgani uchun kartoshkadan olinadigan hosildorlik 1 gektardan 60-80 tonnani tashkil etadi. Boshqa yerlarda har 1 gektar yerdan 15-20 tonnadan kamroq hosil olinadi.
Yer monitoringi – yer tarkibidagi o‗zgarishni vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarning oldini olish, yerlarni baholash, salbiy oqibatlarni tugatish uchun yer fondining umumiy holatini kuzatish tizimidir. Monitoring obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasining barcha yerlari, (mulkchilik va xo‗jalik shaklining barchasiga tegishli ravishda) qanday maqsad va foydalanishiga qaramay, tan olingan. Davlat yer kadastrlari yuritishni, yer resurslaridan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta‘minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bosh boshqarmasi, O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va tegishli vazirlik hamda tashkilotlarning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. O’zbekiston Yer resurslari davlat qo’mitasi yer monitoringi ma‘lumotlarini umumlashtiradi.
Monitoring tadqiqotlarini olib borishda asosiy maydonlarni tanlash, vaqt o’tishi bilan tuproqlarning asosiy xususiyatlari o’zgarishini tahlil etish, tadqiqot olib boriladigan ekologik maydonlarda tuproqning holatini isbotlovchi ko’rsatkichlarni asoslash, tuproqning holatini kuzatish va ma‘lumotlarni to’plash hamda ularga o’zgarishlar kiritish ishlarini olib boradi.
Biz uchun qishloq xo’jaligi yerlari tuproqning suvga, shamol erroziyasi ta‘siri oqibatida o’zgarishi monitoringi; qishloq xo’jaligi yerlari tuproqlari sho’rlanganlik darajasining o’zgarishi jarayoni monitoringi; yerlarning zaharlanganlik darajasining o’zgarishi monitoringi; qishloq xo’jaligi yerlari tuproqlarining texnogen o’zgarishi monitoringi; o’simliklarning zaharli ximikatlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; organik va mineral o’g’itlardan foydalanish natijasida tuproq tarkibidagi o’zgarishlar monitoringi amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yer kadarstrini tuzishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
• yerdan foydalanishni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
• yerning sifati va miqdori bo’yicha hisobdan o’tkazish;
• yerni baholash, bunda bonitetlash va iqtisodiy baholash ham hisobga kiritiladi.
Ro’yxatdan o’tkazish yerlarni xususiylashtirish, ularga egalik qilish, foydalanish va ijaraga berish tuman hokimlari tomonidan qaror qabul qilingach, yer uchastkalarining chegaralarini aniqlab, hujjatlarni rasmiylashtirib berilgandan keyin shu asosda amalga oshiriladi. Yerning sifati va miqdori bo’yicha hisobdan o’tkazish yer mulkining obyektlari bo’yicha foydalanuvchilar yer uchastkalariga qarab, shuningdek, ekin maydon turlariga ko’ra amalga oshiriladi.
Yerni iqtisodiy baholash orqali esa yerning ishlab chiqarishga qanchalik yaroqliligini, ayniqsa qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarda ko’rish mumkin. Bunda, albatta tuproq unumdorligi ham rol o’ynaydi. Tuproq unumdorligini aniqlashda hosildorlik, mahsulotni sotish bahosi, tannarx orqali aniqlanadi. Tuproq unumdorligini aniqlashda ball bonitetiga qarab e‘tibor qaratiladi.
Yer bonitirovkasi – bu tuproqning unumdorligiga ko’ra, yerlarni birbiriga taqqoslash, solishtirish bahosidir. U agrotexnik tadbirlar va yerga ishlov berish intensivligi darajasida o’tkaziladi. Bonitirovka qilishdagi ko’rsatkichlar tizimda qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi bilan birgalikda tuproq turlari va tarkibi, xususiyatlari (o’z ichiga olgan fizik holati, gumus, mineral o’g’itlar, namlik o’tkazuvchanligi kabilarni) ham e‘tiborga olinadi.
Natijada ball-bonitet hisoblanib, guruhlar bo’yicha hisob-kitob qilinadi. Shunga ko’ra bonitet tuproqning tabiiy unumdorlik ko’rsatkichi bo’lib, u 100 ballik shaklda baholanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini suv bilan ta‘minlashda esa suv obyektlaridan suvni me‘yorlar bo’yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solishdan iborat. Davlat bu ishlarni nazorat qilish maqsadida ―Suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunni 1993 yil
6 mayda qabul qildi. Qonun 29 bob, 119 moddadan iborat bo’lib, suvga doir munosabatlarni tartibga solish, suvdan oqilona foydalanish, suvni bug’lanib ketishdan saqlash, uning zararli ta‘sirini oldini olish, suv obyektlarining holatini yaxshilash, shuningdek suv ta‘minoti korxonalari bilan suv iste‘molchilari o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash, suvdan unumli foydalanishning huquqiy asoslaridan iborat.
Suv uchun haq to’lash, suvdan limit bo’yicha foydalanish, nazorat qilishni Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuningdek, yer monitoringi kabi suv monitoringi degan tushuncha ham mavjud. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini o’rganib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiya va melioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar. Davlat yer va suv resurslarini isrof qilmasdan, ulardan unumli foydalanishni soliqlari bilan ham nazorat qilib turadi.
Umumiy aytganda, yagona yer solig’i bilan tartibga solib turadi. Yagona yer solig’ining maqsadi yerdan ratsional foydalanishni yo’lga qo’yish, yer muhofazasi va mulk sifatida qaratilishi, tuproq unumdorligini oshirish hamda turli toifadagi yerlarda ijtimoiy-iqtisodiy shaklda tenglik tamoyili asosida xo’jalik yuritishni yo’lga qo’yishdan iborat. Yagona yer solig’iga har yili yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulk egalari tortiladilar.
Ijara haqi vaqtincha foydalanish uchun ijaraga olganning yer egasiga beradigan xaqidir. Uning miqdori shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Yer bahosi esa yer munosabatlarini amalga oshirish va yo’lga qo’yishda, yerni mulkka aylantirishda, meros qilishda va xokazolarda ahamiyatlidir.



Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish