Маvzu: Qishloq xoʼjaligi ekinlarini sugʼorish usullari va ularning iqtisodiy samaradorligi


Suv iste’molchilari uyushmasi. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari



Download 357 Kb.
bet9/11
Sana14.01.2023
Hajmi357 Kb.
#899441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маvzu Qishloq xo jaligi ekinlarini sug orish usullari va ularni

3.2 Suv iste’molchilari uyushmasi. Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari
O’zbekiston Respublikasida suvga bo’lgan talabni qondirish muammolarini yechish barchaning zimmasidagi vazifadir. Qishloq xo’jalik korxonalarini suv bilan ta‘minlashda suv obyektlaridan tejamli foydalanish, suvni meyorlar bo’yicha olishni tashkil etish va foydalanishni tartibga solish zarurdir. Suv bilan ta‘minlash va sug’orish ishlarini magistral kanallar, suv omborlari va boshqa suv xo’jaligi obyektlari bajaradi.
O’zbekiston Respublikasida 2019 yil holatida suv xo’jaligi obyektlari – 180 ming km sug’orish tarmoqlari, 160 ming dona suv xo’jaligi inshootlari, 800 ta yirik inshootlar, 1496 ta nasos stansiyalari, 19,1 mlrd. m3 bo‗lgan 55 ta suv omborlari, 4124 dona sug’orish tik quduqlari, 102,8 ming km ochiq zovur tarmoqlari, 38,3 ming km yopiq drenaj tarmoqlari, 3451 ta tik drenaj quduqlari, 153 ta meliorativ nasos stansiyalari va 24839 ta kuzatuv quduqlari mavjud.
Suvlardan foydalanish ishlari ichki xo’jalik va suv tizimi rejalariga asosan amalga oshiriladi. Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasi bo’lganlarga suv limit bo’yicha beriladi. Suvdan foydalanish tartibi suv xo’jaligi organlari tomonidan ishlab chiqiladi. Vazirlar Mahkamasi esa suv uchun haq to’lash, suvdan limit bo’yicha foydalanish, nazorat qilishni amalga oshiradi. Suv olish va uning hisob-kitobini yuritish suv xo’jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Suvdan foydalanuvchilar sug’orishni ichki suv yo’llari, drenaj, suv chiqarish quduqlari yordamida amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi ―Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risidagi PF-3226-sonli Farmoniga asosan, respublikada fermer xo’jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Farmonga muvofiq, respublika qishloq va suv xo’jaligida o’tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, soha boshqaruvini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-sonli va 21 iyuldagi 320-sonli qarorlari qabul qilindi.
Respublika suv xo’jaligida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Suv resurslarini ma‘muriy-hududiy boshqarish prinsipidan havzaviy boshqarish prinsipiga o’tkazildi. Qishloq xo’jaligi korxonalarini qayta qurish jarayoni tamoyilida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va sohani bozor munosabatlari tamoyillariga asosan qayta qurishni taqozo etmoqda.
Respublikada suv xo’jaligi majmuasini qayta qurish jarayoni uch yo’nalish bo’yicha amalga oshirilmoqda.
Birinchi yo’nalish – qayta qurilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga suv xizmati tuzilmasining bozor munosabatlari sharoitiga mos shaklini barpo qilish.
Ikkinchi yo’nalish – respublika suv xo’jaligi kompleksini boshqarishni takomillashtirish.
Uchinchi yo’nalish – suv xo’jaligi obyektlarini zamonaviylashtirish.
Hozirgi kunda tugatilgan qishloq xo’jaligi korxonalari negizida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga suv xizmati ko’rsatuvchi tuzilmaning bozor munosabatlari sharoitiga mos shakli barpo qilindi, xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarida suvdan foydalanuvchilar soni ko’payib, suvning hisob-kitobini olib borish hamda suvdan oqilona va maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qaroriga asosan ―Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonalari hududida o’zaro suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solish to’g’risidagi tartib tasdiqlandi. Mazkur tartibga asosan tugatilgan xo’jaliklar hududida joylashgan barcha ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar birlashtirilib, sug’orish tarmog’i bo’yicha ularning ―Uyushmasi‖ tashkil etilishi belgilab qo’yildi.
Suv iste‘molchilari uyushmasi (SIU) zimmasiga xo’jalik ichki sug’orish tarmoqlarini bir maromda ishlatish, ikkilamchi suvdan foydalanuvchilar o’rtasida adolatli suv taqsimotini o’rnatish, sug’orishning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish kabi vazifalar belgilandi. Suv iste‘molchilari uyushmalariga qator imtiyozlar yaratilgan.
Chunonchi, SIUlar notijorat shaklda faoliyat ko’rsatgani uchun O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan notijorat tashkilotlarga berilgan barcha imtiyozlardan foydalanadilar. Suvdan foydalanuvchilar uyushmalarining ta‘sischilari, asosan suv iste‘molchilari, ya‘ni fermer va dehqon xo’jaliklari bo’lganligi sababli keyinchalik ularni ―Suv iste‘molchilari uyushmasi nomi bilan tashkil qilindi.
Suv iste’molchilari uyushmasi(SIU) bir yoki undan ortiq kanal atrofidagi suvdan foydalanuvchilarning xohish irodasi bilan tuziladigan va ular tomonidan boshqariladigan notijorat tashkilot bo’lib, muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqovaga chiqarish bilan bog’liq xo’jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari hamda boshqa yuridik, jismoniy shaxslar uyushmasidir.
Suv iste‘molchilari – fermer, dehqon xo’jaliklari, tomorqa egalari va boshqalar bo’lib, adolatli suv taqsimoti hamda irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish orqali uyushma hududida sug’orma dehqonchilikni rivojlantiradilar va buning uchun o’zlarining moliyaviy va texnik imkoniyatlarini birlashtiradilar.
Suv iste‘molchilari – cheklangan miqdordagi suvni olish, undan va ichki suv xo’jaligi obyektlaridan foydalanish bilan bog’liq xo’jalik hamda boshqa faoliyatlarni amalga oshiruvchi fermer va dehqon xo’jaliklari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslardir.
SIU o’z a‘zolari bo’lgan suvdan foydalanuvchilarga sug’orish tarmog’idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish imkoniyatini beradi.
Suv iste‘molchilari(SIU) ning moliyaviy boshqaruvini oshkora tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan holda nafaqat suv xo’jaligi, balki qishloq xo’jaligi bilan bog’liq umumiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga bo’lgan ishonchini orttiradi.
Qishloq xo’jaligidagi foydalaniladigan suvni monitoring qilish orqali salbiy jarayonlarning sabab va oqibatlari o’rganilib, suvlardan foydalanish samaradorligini oshiradilar. Suv iste‘molchilari qonunlarda belgilangan tartibda irrigatsiyamelioratsiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar.
Suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari quyidagilar:
-suv resurslaridan foydalanishda suvning aniq hisob-kitobini joyiga qo’yish;
-suv o’lchash qurilmasi, ya‘ni gidropostlar qurilishini tashkil etish;
-qishloq xo’jaligi korxonalarida ekin maydonlari yaqinlaridagi ariq, kanal va zovurlar tozaligini doimiy nazorat qilish;
-eng asosiysi, suv sarfi isrofgarchiligiga yo’l qo’ymaslik;
- belgilangan suv limitlari asosida suvdan tejamli foydalanishni yo’lga qo’yish
va hokazolar.
Xo’jaliklardagi miroblarning roli pasayib, xo’jalik boshliqlari irrigatsiya
ishlarini to’g’ridan-to’g’ri o’zlari bilgancha bajarishi oqibatida suv
ta‘minotining buzilishi kundan-kunga ko’paymoqda. Hatto xo’jalik ichidagi suv
bo’linadigan inshootlarning darvozalariga bo’lgan e‘tiborsizlik tufayli yaroqsiz
holga kelib qolgan.
Suv taqsimoti ayrim xo’jaliklarda eski usul bilan taxminiy
ravishda bajarilayotganini inobatga olib, shu kamchiliklarni tugatish natijasida
suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish mumkin.
Shuningdek, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun
suv ta‘minoti uchun zarur asbob-uskunalar, texnika va mablag’lar bilan
ta‘minlanishni yo’lga qo’yish lozim. Qishloq xo’jaliklariga suvni o’z vaqtida
yetkazib berishni tashkil etish uchun boshqaruv tizimini bozor munosabatlarida
shakllantirib, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish lozim.
Suv ta‘minoti korxonalarining asosiy vazifasi iste‘molchilariga suvni o’z vaqtida shartnoma asosida yetkazib berish va suv uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
Respublikamizdagi mavjud suv xo’jaligi tashkilotlari va xizmat
ko’rsatuvchi tuzilmalar hamda ularning hududiy bo’linmalari negizida
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tuzildi.
Havza boshqarmasining vazifasi iqtisodiyot tarmoqlari hamda qishloq xo’jaligi korxonalarida mahsulot yetishtirish uchun suv bilan ta‘minlash va suv xo’jaliklariga servis xizmati ko’rsatishdan iborat.
Havza boshqarmasi o’z funksiyalariga ega bo’lib, suvdan foydalanish
bashoratini umumlashtiradi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi
vazirligiga suv limitlari bo’yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida
viloyatlar qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari, irrigatsiya tizimlari
boshqarmalari, magistral kanal (tizim)lar, suv xo’jaligi obyektlari, irrigatsiya
tizimlari, viloyat va tumanlar bo’yicha suv olish limitlarini belgilab beradi.
Shuningdek, suv xo’jaligi va suvdan foydalanuvchilar o’rtasidagi hisob-kitob
ishlarini yuritadi, suv resurslari balansini tuzadi, suv kadastrlarini yuritadi.
Suv o’lchash vositalari ta‘minoti, aloqa avtomatika, telemexanikaning zamonaviy tizimlarini joriy etadi; tizimlarni rivojlantirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va ularni amalga oshiradi; havza suv xo’jaligini istiqbolli rivojlantirish strategic rejalarni tuzadi; investitsiyalar kiritadi; irrigatsiya tizimlari va inshootlarini jihozlash va rekonstruksiya qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi, suv
resurslarining byudjet mablag’larini belgilab beradi va hokazo.
Suv va suvdan foydalanish uyushmalari Turkiya mamlakatida Tibra va
Yevfrat daryolar sohilida joylashgan fermer xo’jaliklari va dehqonlarga xizmat
Ko’rsatadi. Suvdan foydalanish uyushmalari fermer va dehqonlar bilan
shartnomalar asosida faoliyat olib boradi.
SFU yil boshida har bir fermer va dehqon uchun suv berish grafigini tasdiqlaydi. Suv pulli va sarflangan suv miqdoriga qarab to’lanadi. Har bir ekin turi uchun suv miqdorining me‘yori mavjud bo’lib, bu meyor ta‘minlab beriladi. Fermer suv kanalining boshidami yoki oxirida bo’ladimi qat‘i nazar, elektron xarita va elektron grafik orqali amalga oshiriladi. Ortiqcha suv sarflanishiga yo’l qo’yilmaydi va suv miqdori tasdiqlangan grafik hamda miqdor bo’yicha fermer va dehqonlarga yetkazib beriladi.
1 gektar sug’oriladigan yerlardan fermer va dehqonlar suv miqdoriga haq
to’lashadi: paxta - 11 mln TL (Turkiya lirasi), g’alla - 5 mln TL, piyoz va
sarimsoqpiyoz - 12 mln TL, sitrusli ekinlar - 6 mln TL, pista ekinlari - 8 mln TL,
mosh va loviya ekinlari - 10 mln TL va hokazo. Agar takroriy ekinlar ekilsa,
20% chegirmasi mavjud.




Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish