3-rasm. Yerdan maqsadli va samarali foydalanishni ta‟minlash yo’llari
Yer resurslaridan samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.Yer resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun esa yerdan foydalanuvchilar ham bir qancha qonun-qoidalarga rioya etishlari kerak.
Bular quyidagilar:
yer resurslaridan qat‘iy belgilangan maqsadda foydalanish;
tabiiy resurs-obyekt bo’lmish yerga zarar yetkazmaslik;
yer uchastkasini ko’z qorachig’idek asrab-avaylash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
Tadbirlar majmui Yer uchastkasidan maqsadli foydlanishni rag’batlantirish yo’llari:
yer to’lovi imtiyozlari
rag’batlantirish jamg’armalarini tashkil qilish
kreditlashtirish va hokazo
Yerdan samarasiz foydalanish sabablari va sharoitlarini bartaraf qilish yo’llari: yer berish tizimini kadrlar bilan ta‘minlash kuchaytirish
yerdan noto’g’ri foydalanish natijasida va keltirilgan zararni hisoblashni ilmiy asoslash
yer monitoringi, nazorat va ekspertizalarni yagona huquqiy asosini yaratish va hokazo
Yerdan oqilona foydalanish talablarini buzishning oldini olishning tezkor huquqiy choralarini belgilash yo’llari:
vaqtinchalik to‗xtatib turish
cheklash qayta ixtisoslashtirish
jazoning muqarrarligini ta‘minlash va hokazo
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo’lmasa, yer uchastkasini bir yil ichida o’zlashtirish;
yer uchastkalarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda uning holatiga, unumdorligiga e‘tibor berish;
yer uchastkalarini turli kimyoviy o’g’itlar, yadoximikatlar bilan zararlantirib, nochor ahvolga solmaslik;
yerga sarflanayotgan mablag’larni to’g’ri taqsimlash va undan kelayotgan daromadni to’g’ri sarflash va hokazo.
3.3 Suv resurslaridan foydalanishni ragʼbatlantirish mexanizmlari
Yer resurslari, umuman tabiiy resurslar har bir mamlakatning umumiy holda jahon boyligining bir qismidir. Yer abadiy mavjud va ajdodlardan avlodlarga o‗tib keladi. Yer resurslarining sifati qishloq xo‗jaligi yerlarining hosildorligiga bog‗liq bo‗lib, insonlarning oziq-ovqat mahsulotlariga, yashash va dam olishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirishga ko‗p jihatdan xarakterlanadi. Masalan, qishloq xo‗jaligi yerlaridan noratsional foydalanish ularning hosildorligining tushib ketishiga sabab bo‗ladi, bu esa o‗z o‗rnida qishloq xo‗jaligi mahsulotlari sifati va darajasiga salbiy ta‘sir qiladi. Yerlarga kimyoviy elementlar, yadoximikat unsurlar yordamida ishlov berish ularni zararlantiradi, bu esa yerlarning boshqa miqdorlarda ham ishlatib bo‗lmasligiga olib keladi. Shuning uchun jamiyat yerlarni hozirgi kun uchun va kelajak avlodlarning foydalanishi uchun asrash va muhofaza qilish choratadbirlarini ishlab chiqishi kerak. Yer-suv resurslaridan foydalanish salbiy va ijobiy natijalarga bog‗liq. Ekin maydoniga yaqin joy yoki qo‗shni yer uchastkasida keraksiz qurilish unga qo‗shni bo‗lgan boshqa yer uchastkalariga, soya bo‗lishi, quyosh tegmasligi natijasida salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Qishloq xo‗jaligi yerlarida kimyoviy o‗g‗itlar yadoximikatlarning ko‗p ishlatilishi natijasida nafaqat mahsulotlar sifatiga, balki yer osti suvlarining ifloslanishiga, tuproq unumdorligining pasayishiga, ko‗l va daryolardagi baliqlarning nobud bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Qishloq xo‗jaligida an‘anaviy texnologiyalardan foydalanish, qishloq joylarida an‘anaviy hayot tarzining saqlanib qolishi jamiyatda har doim ijobiy natija bergan. Chunki bu orqali tabiatni asrash - qishloq xo‗jaligi afzalliklari namoyish etiladi. Bundan, albatta qishloq aholisining ―nimalardandur‖ voz kechishi kuzatiladiki, jamiyat va davlat bu ―nimalarningdur‖ rag‗batlantirilishini ham yo‗lga qo‗yadi, imoratlarning qurilishi, yashash shart-sharoitlari (suv, gaz, elektr energiya, madaniy)ning yaxshilanishi qishloq aholisiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Buni jamiyat manfaatlari uchun yer-suv resurslaridan unumli foydalanishni rag‗batlantirish deyiladi. Ayniqsa, davlat rahbarligida qishloqlarda olib boradigan islohotlari qatoriga yuqoridagi dam olish maskanlari, sihatgohlar, 151 istirohat bog‗lari, tabiat manzarasiga boy tibbiy sanatoriylar, kinoteatrlar qurish va ishga tushirishda mas‘uldir. Bulardan tashqari, jamiyatimiz oldida turgan maqsadlarimizdan yana biri yer mulkchiligi bilan bog‗liq daromadlarning to‗g‗ri taqsimlanishidir. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 iyundagi 176-sonli qarori bilan tomchilatib sug‗oriladigan yerlar joriy qilingan oydan boshlab, besh yil muddatga yagona yer solig‗i to‗lashdan ozod qilinadi, tejalgan suv hisobidan boshoqli don ekinlaridan bo‗shagan maydonlarda takroriy ekin yetishtirishga ruxsat berildi va hokazo. Davlat yer-suv resurslaridan foydalanuvchilarga shunday tartibni yo‗lga qo‗yishi kerakki, bunda faqat yer egasi - mulkdorgina emas, balki yerda yollanib ishlovchilar ham manfaatdor bo‗lishlari kerak. Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‗batlantirishda quyidagi maqsadlar ko‗zda tutiladi: yer-suv resurslarini yanada yaxshilash va muhofaza qilish; atrof-muhit muhofazasi va inson hayoti uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish; yer-suv resurslaridan ijobiy natijalar keltiruvchi omillar sifatida foydalanish va yer resurslarini taqsimlashda tenglik tamoyiliga rioya qilish; yerga bo‗lgan huquqlarga kafolatlarning yaratilishi; yer resurslarini ishlatishdan kelgan daromadning to‗g‗ri taqsimlanishi. Ushbu asosiy maqsadlardan kelib chiqib, davlatning rag‗batlantirish yo‗nalishlari belgilab berilgan, bu yo‗nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: yer-suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish; yer-suv resurslarini taqsimlash ustidan nazorat o‗rnatish; yer-suv resurslaring soliq siyosatini olib borish; yer resurslarini ishlatish va taqsimlash; xususiy mulk egalarining yerlaridan jamiyat manfaatlari uchun foydalanishga olish va hokazo. Yer-suv resurslaridan foydalanishni rag‗batlantirish uchun davlat yer islohotini amalga oshiradi. Umuman olganda yer islohoti, suv islohoti kabilar amalga oshiriladi. Yer islohoti – bu yer munosabatlarining shakllanishi bo‗lib, insonlar orasida yerdan foydalanish, taqsimlash va egalik qilish borasidagi munosabatlar yig‗indisidir. Respublikamizda yer islohotlarining asosiy yo‗nalishlari iqtisodiyotning agrar sektoriga qaratildi. Ayniqsa 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖ gi, ―Dehqon xo‗jaligi to‗grisida‖ gi Qonunlar yer uchastkalarining fermer va dehqonlarga taqsimlanishida bosh yo‗l ko‗rsatdi. Bu qonunlar orqali haqiqiy yer egalari, mulkdorlar sinfi shakllantirilib, ham aholiga, ham davlatga katta foyda keltirish yo‗llari ko‗rsatildi. Ko‗pchilik davlatlarda agrar yer siyosati oilaviy xo‗jaliklar – fermer va dehqonlarga yo‗naltirilgan. Qoidalar ishlab chiqishda ko‗pincha fermer, 152 dehqonlar manfaatlari hisobga olinadi, chunki ular yer islohotiga hammadan ko‗ra muhtoj va mas‘uldirlar. Yer islohotida ko‗pincha yer uchastkalari bilan bog‗liq masalalarda turli cheklanishlar ham qo‗llaniladi. Masalan, alohida talablarni ilgari suradigan masalalar qatoriga sotish va sotib olish, ijaraga olish, yerlarni meros qilish kabi masalalarni kiritish mumkin. Miqdori turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Daniyada bu miqdor 150 gektarni, Germaniyaning janubiy hududlarida 400-500 gektarni, Shveysariyaning ba‘zi hududlarida 20-30 gektarni tashkil etadi. Suv islohoti – suvdan foydalanish, suvni to‗g‗ri taqsimlash va bu boradagi munosabatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |