Taniqli o`zbek olimi M.V. Muxamedjonov ma'lumotiga qaraganda 1 gektar unumdor tuproqdagi mikro-organizmlar soni 3- 3,5 mlrd bo`lib, yarim metr qalinlikdagi 1 gektar tuproqda ularning massasi 8-12 tonnaga yetadi. Yil davomida bu mikroorganizmlar avlodi 18-27 martagacha almashadi. Rus olimi V.A. Kovdaning hisoblariga ko`ra tuproqdagi mikroorganizmlar biomassasining yillik yig`indisi o`sha maydonda o`sgan o`simlik fotomassasiga teng, ba'zi unumdor yerlarda esa hatto undan 1,5-2 baravar ortiq. Qora tuproqlarda va boshqa unumdor yerlar tuprog`ida mikroorganizmlar biomassasining yillik yig`indisi gektariga 20-50 tonnaga yetadi.
Akademik V.R.Vilyams birinchi bo’lib o‘simlik hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo‘lmaslik qonunini bayon etdi. Bu qonunga ko‘ra, o‘simlik hayot omillarining hech biri boshqa biron-bir omil bilan almashtirilmaydi, chunki har bir omil o‘simlik hayotida m a'lum bir funksiyani bajaradi.Dehqonchilikda omillaming teng ahamiyatliligi oʼsimlikning unga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda bir xil sharoit bolmaganligi uchun nisbiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, turli xil tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan ekinlar mavjud omillar har xil nisbatda bo‘lishini taqozo etadi.Minimum (minimum, optimum va maksimum) qonuni. Yu. Libix o'simlik hosili minimumda turgan faktor miqdorini ko‘paytirishga to‘g‘ri proporsionalligini bayon etdi, ya’ni hosildorlik minimumda turgan omilga bog‘liq boiadi. 0 ‘simliklaming hayot omillariga b oʼlgan talabi boʼyicha minimal, optimal va maksimal me’yorlami belgilash mumkin.
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini 1840— yilda Yu. Libix kashf etdi. Bu uning dehqonchilikdagi ikkinchi qonunidir. Bu qonunga binoan tuproqdan hosil bilan chiqib ketgan moddalar o‘gʼit solish yo‘li bilan tuproqqa qaytarilishi lozim. Qaytarish qonuniga ko‘ra, tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtira oladigan oziq moddalarning balansi olinadigan hosil bilanmi yoki boshqa sabablar natijasida buziladimi, baribir uni tegishli oʼg‘itlar bilanmi yoki agrotexnik tadbirlar bilanmi tiklash lozim. Bu qonunga amal qilish faqat tuproq unumdorligini saqlash yoki oshirishdagina ahamiyatga ega bo‘lmay, balki sifatli va yuqori mahsulotlar yetishtirishda ham yetakchi rol oʼynaydi.
Qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi davomida "dehqonchilik" tushunchasi ham o‘zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi deb tushunildi va keyinchalik undan chorvachilik ajralib chiqqan.A.Teer XIX asrda "Qishloq xo‘jaligining ratsional asoslari" kitobining 1-qismini umumiy masalalarga, 2-qismini o‘simliklarni ta ’riflashga ajratdi. Keyinchalik 1-qism umumiy dehqonchilik, 2- qism o ‘simlikshunoslik deb atala boshlandi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi davomida boshqa fanlar ham ajralib chiqdi. Dehqonchilik fanida yerlardan ratsional foydalanish, tuproqning effektiv unumdorligini oshirish, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi.Dehqonchilik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan qator olimlarni sanab o‘tish mumkin. Masalan: M.V.Lomonosov (1711 -1765)
Dehqonchilik - qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i boʻlib, aholini oziq-ovqat, sanoatni xom- ashyo, chorvachilikni esa yem-xashak bilan ta’minlaydi, ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi. Yerning asosiy xususiyatlaridan biri uning eskirmasligidir. Yerdan to‘g‘ri foydalanish qishloq xoʻjaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir, M a’lumki, hamma o‘simliklar ham boshqa tirik organizmlar kabi, o ‘sib-rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan shart-sharoit boʼlishini talab qiladi. Demak, ularning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bogiiq. Shu boisdan ham о‘sirniiklarning tashqi muhit vositasida o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi ilmiy dehqonchilikning asosi hisoblanadi. 0ʼsimlik organlari hosil b oʼ lish id a qatnashuvchi, o ‘sishiga, rivojlanishiga, hosildorligiga, yetishtirilgan mahsulot sifatiga ta ’sir etuvchi om illar dehqonchilikda madaniy o'sim liklarning hayot omillari deyiladi. 0 ‘sirniiklarning hayot omillari ikki guruhga boiinadi: birinchisi, kosmik yoki energetik omil, bunga yoruglik va issiqlik; ikkinchisi, yer omillari, bunga suv, havo va oziq elementlari kiradi. 0 ‘sirniiklarning o‘sish va rivojlanishiga hayot omillari bilan bir qatorda muhit sharoiti ham ta’sir etadi. Muhit sharoiti deganda, hayot omillarining o‘simlikka ta’siri natijasida sodir boiadigan tashqi holatni tushunamiz. Muhit sharoiti o‘z navbatida uch guruhga boiinadi: 1) tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yeming sho‘rlanganligi, sizot suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar); 2) fltologik (ekinlaming vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona octlar, kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 3) agrotexnik tadbirlar (dala ishlarini okz vaqtida sifatli o‘tkazilishi yoki olkazilmasligi oqibatida sodir boʻadigan sabablar va boshqalar).
ʼʼYer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurash, o‘g‘itlash masalalari bo‘yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi.U yetti dalah almashlab ekishning 3 ta dalasi qo‘riq bo‘lishini bayon etdi.I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib ko‘p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleev mineral o‘g‘itlami qo‘llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha katta ishlar olib bordi.V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doya- renko, K.K.Gedroyts kabi olimlar o£simliklarning oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo£yicha qator asarlar yaratganlar. N.Rijov (1903-1981) glo‘zani sug£orish va tuproqning fizik xossalarini o‘rganish bo‘yicha ishlar qildi. M .V.Muhamedjonov va A.Q.Qashqarov yer haydash, yer haydashni tabaqalashtirish, oraliq va siderat ekinlarni ekish masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, ishlab chiqarishga tavsiyanomalar berishdi.Dehqonchilik hozirgi davrda fan va texnika yangiliklari hamda ishlab chiqarish ilg£orlari tajribasi natijalarini umumlashtirgan holda oʼziga xos yo‘nalishda rivojlanmoqda.
Tuproqning inson va hayvonlar uchun yana bir ahamiyati shundaki, tuproq tarkibidagi mikroelementlar tirik organizmlar tarkibida ham uchraydi. Hozirgi vaktda o`simlik va hayvonlar organizmida 60 ga yaqin kimyoviy modda borligi aniqlangan. Bu kimyoviy moddalar biomikroelementlar sifatida oziq-ovqat bilan odam organizmiga tuproqdan o`tadi.
Odam qoni tarkibida aniqlangan 24 xil va ona sutidagi 30 xil mikroelementlarning barchasi inson uchun zarur moddalar bo`lib, tuproqda u yoki bu elementning yetishmasligi ularning oziq - ovqat mahsulotlarida va demak odam organizmida ham yetishmasligiga olib keladi. Buning ta'sirida organizmda modda almashinuvi buzilib, kishi turli kasalliklarga chalinishi mumkin.
Tuproqning tirik mavjudotlar uchun sanitariya-gigiyena va meditsina nuqtai nazaridan ham katta ta'siri bor. U ayni vaqtda ko`pgina kasalliklarni tug`diradigan mikroorganizmlarning yashash muhiti hamdir. Tuproqda vabo, o`lat, ich terlamasi, sil, dizenteriya, brutsellyoz kasalliklarini qo`zg`atuvchi mikroblarning yashashi uchun yetarli sharoit mavjud. Shuningdek tuproq ba'zi gelmintlar, hasharotlar, kanalar va ularni tarqatuvchi kemiruvchilar uchun ham o`ziga xos inkubatordir. Lekin shu bilan birga tuproq ko`pgina iflosliklarni o`zidagi mikroorganizmlar yordamida parchalab zararsizlantiradi. Demak, tuproq o`zini o`zi tozalash qobiliyatiga ega bo`lib, uning bu xusususiyati biosferada moddalar aylanib yurishiga asos soladi.
Shundya qilib tuproqning unumdorligini ta'minlashda uning barcha tarkibiy qismlari ishtirok etadi. Shuning uchun ham hakli ravishda aytish mumkinki tuproq o`zining bu tarkibiy qismlari bilan birgalikda organik hayotning manbaidir va shu bilan birga uning o`zi ham organik hayotning hosilasidir, binobarin ular bir-biri bilan doimo o`zaro ta'sirda bo`ladi. Darhaqiqat, o`simlik tuproqdagi oziq moddalar va suvni o`zlashtirib o`sadi va rivojlanadi.
Hayvonlar o`simliklar bilan ozuqlanadi. Natijada iste'mol qilingan oziq moddalar yana tuproqqa qaytadi va unda parchalanib yana o`simlik o`zlashtiradigan mineral moddalarga aylanadi. Shunday qilib, tuproq «hayot» deb ataluvchi zanjirning muhim halqalaridan biridir. U o`simliklar uchun, demak hayvonlar va pirovardida inson uchun ham zaruriy omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |