Mavzu: "Qisasi Rabg'uziy" hikoyatlar poetikasi. Reja: Kirish. I bob


II.2. Payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahorati



Download 108,5 Kb.
bet8/9
Sana23.01.2021
Hajmi108,5 Kb.
#56332
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

II.2. Payg`ambarlar tasvirini berishda adibning tasavvur kuchi va mahorati.

Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘y-u amallari, hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan. El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar “Payg‘ambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhissalomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta o‘rin berilgan.

Rabg‘uziyning kitobida ta’kidlanishicha, Odam Atodan Muhammad alayhissalomgacha bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar o‘tgan. Ba’zi payg‘ambarlar bir davrda zamondosh bo‘lib, yonma-yon yashashgan. Masalan, Rabg‘uziy o‘z asarida Muso bilan Xizirni, Muso bilan Xorunni, Muso bilan Lutni, Dovud bilan Ishmuilni, Xizir bilan Ilyosni, Maxaharqiyo bilan Yunusni zamondosh deb tasvirlaydi. Masalan, Rabg‘uziy Ilyos payg‘ambarning hayotini tasvirlaganida shunday suhbatni keltiradi:


  • Sen Jalil tog‘ida turgan Ilyosmisan?- so‘radi Armala.

  • Bale, – javob qildi Ilyos.

  • Men sen aytayotgan so‘z uchun uch yuz yetmish payg‘ambarni o‘ldirdim. Ularning yetakchisi sensan. Men seni o‘ldi deb hisoblayman. Sen o‘z oyoqing bilan o‘limga kelding.

Demak, Rabg‘uziy o‘z asarida ta’kidlashicha, Ilyos payg‘ambar bilan zamondosh uch yuz yetmish payg‘ambar bo‘lgan.

Rabg‘uziyning birinchi kitobida Odam Ato alayhissalom, Shis alayhissalom, Idris alayhissalom, Nuh alayhissalom, Hud alayhissalom, Solih alayhissalom, Ibrohim alayhissalom, Ismoil alayhissalom, Is’hoq alayhissalom, Lut alayhissalom, Yoqub alayhissalom, Yusuf alayhissalom, Muso alayhissalom kabi o‘n uch nafar payg‘ambar hayoti va faoliyati haqida alohida hikoya qilinadi.

Ikkinchi kitobida esa Muso alayhissalom, Xorun alayhissalom, Dovud alayhissalom, Ishmuil alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, Maxaharqiyo alayhissalom, Yunus alayhissalom, Ilyos alayhissalom, Jirjis alayhissalom, Luqmoni raximahullohi, Uzayr alayhissalom, Zakariyo alayhissalom, Yahyo alayhissalom, Iyso alayhissalom, Zulqarnayn, Muhammad Rasululloh kabi o‘n yetti nafar yalovoch va tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

Shuningdek, payg‘ambarlarning zavjasi(xotini) yoki volidasi(onasi) bo‘lgan avliyo, salohiyatli ayollarga ham lutfan alohida sahifalar bag‘ishlagan. Odam Ato yonida Momo Havoni, Ibrohim payg‘ambar bilan Sora raziyallohu anhuni, Ismoil payg‘ambar bilan onasi Bibi Hojarni, Yusuf bilan Zulayhoni, Iysoning volidasi Bibi Maryamni, Muhammad Rasululloh yonida Xadicha raziyallohu anhu va Oyisha raziyallohu anhuni go‘zal tasbehlar bilan aks ettiradi.

Bu ikkala kitobda yigirma to‘qqiz nafar payg‘ambar va tarixiy shaxslar haqida alohida qissalar mavjud bo‘lib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona rivoyat-u hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Qur’oni karimdan oyatlar keltirilishi asarning orginalligini oshirgan. Ikkinchi kitobning o‘zida yetti yuzga yaqin oyat-u hadislardan misollar keltiriladi. Shuningdek, rivoyatlar va hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi nimadaligi, Ya’juj bilan Ma’juj haqidagi axborotlar asosli va g‘oyat go‘zal ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy. Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilmu fanga juda qiziqqanligini o‘zida aks ettiradi.

Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma- xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom o‘ylantirib, bahslarga sabab bo‘lib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari ba’zan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud. Zulqarnaynga oid ilk manba Qur’oni Karim bo‘lib, “Kahf” surasining 83:98 oyatlarida u haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Ushbu muborak manbada Iskandarning avval g‘arbga borib, bir qavmni to‘g‘ri yo‘lga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi ta’kidlanadi. Rabg‘uziy ham Zulqarnayn haqida Qur’oni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan ko‘rinib turadi. Masalan: “Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan bo‘lgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom bo`lib, yer yuzining mag‘ribidan mashriqigacha bosib olib, bo‘yinsundurgani uchun shunday ataldi. “Qarn” so`zi arab tilida “muynuz”(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan ma’noni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulg‘asi)da oltindan ikkita shox bor edi. Mavlo Taolo unga payg‘ambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli bo‘lib yashagan edi. Yana uning payg‘ambarligiga ham ixtiloflar bor. Ba’zilar payg‘ambar edi dedilar, ba’zilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.

“Kahf” surasidagi bu oyatni dalil qilib keltiradilar: “Darhaqiqat, Biz unga (Zurqarnaynga) bu Yerda saltanat, hukmronlik berdik va (ko‘zlangan) barcha narsasiga yo‘l imkoniyat ato etdik”(18: 84)”.

Rabg‘uziy o‘zi yozgan so‘z boshida mengacha payg‘ambarlar qissasi ko‘p yozilgan ularndan o‘tib biror narsa deyishim qiyin deb ma’lumot beradi va kamtarligini ham namoyon etadi. Bitta shu jumlaning o‘zi ham ajdodlarimizning ilmga bo‘lgan e’tiborini anglatadi.

Rabg‘uziy Muhammad Rasululloh hayoti va faoliyatini go‘zal qahramonliklarning namunasi qilib ko‘rsata olgan. Shuningdek, asarda Muhammad payg‘ambar Hindistonga musulmonlikni qabul qilishlari uchun xat jo‘natgani ta’kidlanadi. Diplomatik aloqalarga ham o‘rin beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Rabg‘uziyning payg‘ambarlar haqidagi qissalari ham badiiylik, ham til nuqtai nazaridan katta e’tiborga loyiq yozma yodgorlikdir. Unda qadimiy qadriyatlarimiz ila sharq falsafasi uyg‘unlashib ketgan. Masalan, birinchi kitobdan o‘rin olgan as-samovati-Samoning siyrati, Sifati al-arazna-Yer siyrati qismi bilan tanishsangiz, rivoyat-u hikmatlar dunyoviy ilmlarga ham uyg‘unligini his etasiz. Bugungi fanda ham yer turli qatlamlardan iborat ekanligi aytiladi va har birining o‘z nomi bor. Bu asarda ana shu yer qatlamlarining qadimgi nomlaridan ogoh bo‘lish mumkin. Shuningdek, bu kitob sharqona qadriyatlarimizga hamohang. Rivoyat va hikmatlar esa xalqimiz hayotining mazmun-mohiyatini, ezgulik, yaxshilik, mehr-oqibat ila yashashga intilishini anglatadi. Payg‘ambarlar haqidagi rivoyatlarning har birida esa katta hikmat bor. U ezgulikka, diyonatga, imonli bo‘lishga chorlaydi.



XULOSA
Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar
shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib o`tgan.
Ma`lumki, XIII-XIV asrlar turkiy xalqlar va turkiy tillar tarixida alohida
va murakkab davrni tashkil etadi. Bu davrda O`rta Osiyo va Oltin
O`rda muzofotlarida til xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiluvchi
asarlar yuzaga keldi. Ushbu asarlarning bir-biridan farq qilishiga
ularning juda katta maydonda va turli joylarda bunyod etilgani sabab
bo`lgan. Til jihatidan “Tafsir”, “Xusrav va Shirin”, “Naxjul farodis”,
“Sirojul-qulub” obidalariga yaqin turuvchi “Qissasi Rabg`uziy” O`rta
Osiyoda yashovchi turkiy xalqlar orasida “Qissasul anbiyo” nomi bilan
mashhur bo`lib kitobxonlar tomonidan e`zozlab o`qiluvchi oqin va
baxshilar tomonidan sevib kuylanuvchi asarlardan biri hisoblanadi.
Muallif asardan ko`zlangan maqsadini ta`riflab shunday deydi:
“Munda maqsad payg`ambarlar qissasi erdi va lekin odamdin
burunroq yaratilg`on bor uchun andin boshlanadur. Foydasi ortuqroq
bo`lg`ay deb tartib uza yaratulg`onlardin og`oz qildimiz. Ertakliga
o`ng`ay istakliga tebray bo`lsin deb “Qissasi ar-Rabg`uziy” deb ot
berdimiz”. Payg`ambarlar haqidagi afsonaviy qissalarning asosiy qismi diniy
xarakterga ega bo`lib biz ushbu ishimizda Rabg`uziyning aksariyat
“Qur`on” va va o`zga diniy manbalardagi mifologik sujetlarga
diqqatini qaratganini guvohi bo`ldik. Yodgorlikni insonlarni o`zaro
to`g`ri munosabatda bo`lishga, jabr-zulm qilmaslikka, nohaq qon
to`kmaslikka, harom-harish ishlarga undovchi o`gitlari bugungi kunda
ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Xulosa o`rnida yana shuni
ta`kidlash lozimki, Rabg`uziyning payg`ambarlar haqidagi qissalari
ham badiiylik jihatidan ham til nuqtai nazardan katta manbaadir.



Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish