Mavzu: "Qisasi Rabg'uziy" hikoyatlar poetikasi. Reja: Kirish. I bob



Download 108,5 Kb.
bet5/9
Sana23.01.2021
Hajmi108,5 Kb.
#56332
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

Kurs ishining obyekti: Nosiruddin Rabg`uziyning “Qisasi Rabg`uziy” asari.

Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, II bob, 4 masala, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, hajmi - 22 sahifani tashkil etadi.

I Bob. "Qisasi Rabg'uziy" - o'zbek adabiyotining ilk nasriy namunasi.

I.1. “Qisasi Rabg'uziy” asari va uning janriy tarkibi.

XIII-XIVasrlar adabiyotinig eng yirik vakili bo`lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e`tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg`uziyning hayoti va ijodi haqida bizgacha juda kam ma’lumot yetib kelgan. Rabg‘uziy (taxallusi; asl ism-sharifi Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li) XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida Xorazmning Raboti o’g’uz degan joyida yashab ijod qilgan. Bu hozirgi Bog’ot tumanining “Qizilrabot” qishlog’iga to’g’ri keladi. Ushbu qishloq tuman markazidan 20 km sharqda Hazorasp tumaniga 7 km yaqinlikda joylashgan. Bizgacha uning “Qissasi Rabg’uziy”dan boshqa asari ma’lum emas. Mazkur kitobda u o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan “...bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, masnaviyat xiyobonin kezgan, oz ozuqliq, ko’p yozuqlik Raboti o’g’uz qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin ...” deb yozadi. Rubg’uziy taxallusi ham u yashagan joy nomi bilan bog’liq. Yetuk ulamo va diniy oilada tarbiyalangan Nosuriddinning o’z zamonasida taniqli tarixchi, yetuk shoir va iste’dodli tarjimon sifatida tan olinganligidan dalolat beruvchi bir talay yordamchi manbalar mavjud.



Raboti o‘g‘uzda qozilik qilgan. Sharq xalqlari og‘zaki ijodini, ayniqsa, rivoyatlarni, avliyo-anbiyolar to‘g‘risidagi qissalarni chuqur o‘rgangan. O‘zi ham ko‘pgina ibratli hikoyatlar, qissalar yozgan. Turkiy xalqlar adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib nasrda rivoyatlardan hikoyat, hikoyatlardan qissa yaratishni boshlab bergan. Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboti o‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik tinimsiz mehnatdan so‘ng hijriy 710-yilning Hut (milodiy 1310-yil 21-fevral-21-mart) oyida nihoyasiga yetkazadi. Bu haqida qo‘lyozmaning so‘zboshisida ya’ni, Rabg‘uziyning o‘zi tomonidan yozilgan birinchi kitobdagi muqaddimada keng qamrovli sharh berilgan. Shuningdek, muallif ikkinchi kitobning she’riy xulosasida ham uni qachon yozganligini ifoda etadi. “O‘zgalar dunyo lazzati deb, qimmatbaho toshlardan mol dunyo yiqqanida, xushmanzara joylarda ko‘ngil ochib yurganida men so‘zdan gavhar-u dur tuzdim”, deb bashorat qiladi. Darhaqiqat, ushbu kitob o‘lmas ganjina bo‘lib, asrlardan asrlarga, xalqlar tilidan o‘zga xalqlar tiliga o‘tib kelyapti. Rabg‘uziy uni shunday ifoda etadi:

O‘zgalar ko‘p olamunchoq tuzdilar el tizginib,

Man guvar, dur, yinju tuzdim, kezmadim yobon yozi.

Yetti yuz o‘n erdi yilg‘akim bitildi bu kitob,

Tug‘mish erdi ul o‘g‘urda Hut saodat yulduzi.

Darhaqiqat, allomaning o‘zi aytganidek, asarni dur-u gavharga qiyos etgulik. Ayni paytda bu kitobni butun jahon ahli o‘qib o‘rganayotganligi buni tasdiqlaydi.

Asosan payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor. Musulmon Sharqida bu mavzuda “Qisas ul-anbiyo” (“Payg’ambarlar qissasi”) nomi bilan mashhur ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin, asarda yozilishicha, ularning “bazisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, bazisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (puxta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor. Shuning uchun ham bek To’qbo’g’a adibdan “o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berishini so’ragan edi. Mazkur vazifani ulkan salohiyat, katta mahorat bilan uddalagan adibning asari “Qissasi Rabg’uziy” yoki “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomi bilan shuhrat topdi va yaratilgandan to bugungi kungacha sevilib o’qib kelinmoqda. Kitob turkiy tilda, asosan, nasrda, madhiyalar, ba’zi qissalarning xulosalari, lirik kechinmalar va xotima qismi esa nazmda yozilgan. Qur’oni karimdagi ba’zi lavhalar, islomga oid boshqa kitoblardan va Abu Is’hoq Nishopuriyning «Qisas ul-anbiyo»sidan ayrim faktlar asarga asos qilib olingan. Asar an’anaviy hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ng uning yozilish sababi, muallif haqida ma’lumot beruvchi qisqa so‘zboshi, keyin esa qissalar keladi. Jami 72 qissadan iborat.  Qissalar hajmi turlicha: Masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat.

Qissaning XV asrga oid qo‘lyozmasi Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda ko‘chirilgan nusxasi Sankt-Peterburgda, XIX asrda ko‘chirilgan qo‘lyozma, shuningdek, bosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir.

Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi XV asrda ko‘chirilgan bo‘lib, u Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Ushbu nusxaning faksimelisi mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan. Qarangki, bizning kitobxonlarimizga o‘qish ta’qiqlangan kitob, o‘sha davrda Yevropada keng tarqalgan va qiziqish bilan o‘qilgan.

Rabg‘uziy asarining qo‘lyozma nusxalaridan eng mo‘tabarlaridan yana biri Rossiya Sharqshunoslik institutining Sank-Peterburg bo‘limida S-245 inventar raqami bilan saqlanayotgan nusxasi bo‘lib, u XV yoki XVI asrda ko‘chirilgan deb taxmin qilinadi.

“Qisasi Rabg‘uziy”ning boshqa nusxalari keyingi davrlarda ko‘chirilgan bo‘lib, bularning leksikasi vaqt taqozosiga ko‘ra o‘zgarib borgan. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yodgorlik Toshkent, Qozon shaharlarida litografiya asosida bir necha marta nashr qilingan. Asarning to‘la teksti ilk marta rus turkshunos olimi N. I. Ilminskiy tomonidan 1859-yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Bu nashr nisbatan keyinroq ko‘chirilgan nusxaga asoslangan bo‘lib, til jihatdan asl nusxadan ancha farq qiladi.

XIX asr oxirlari va XX asrning boshlarida “Qisasi Rabg‘uziy”ning ayrim parchalarining ruscha tarjimasi, ba’zi lingvistik sharhlar bilan P. M. Melioranskiy, S. YE Milov, N. F. Katanov, N. F. Ostroumov kabi olimlar tomonidan o‘quvchilar hukmiga havola qilingan. Olimlarning asarga bo‘lgan e’tiborining o‘zi ham bu asarning katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, ushbu asar milliy kitobatimiz tarixining durdonasi ekanligi bilan ham katta ahamiyatga ega.

Nosiruddin Burxonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari mustaqilligimiz sharofati va bir guruh olimlarimizning sa’y-harakati bilan kitob javonlarimizdan o‘rin oldi. Asarning eng qadimiy qo‘lyozmasi bo‘lmish, XV asrda ko‘chirilgan, Britaniya muzeyida saqlanayotgan nusxaning faksimilesi ya’ni mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948-yili Kopengagenda nashr qilingan faksimile-“Qisasi Rabg‘uziy” kitobini tayyorlovchilar – filologiya fanlari nomzodlari Abdullo Yunusov, Hamidullo Dadaboyev tomonidan asos qilib olingan. “Yozuvchi” nashriyotida 1990-yil chop etilgan kitobga filologiya fanlari doktori, professor Ergash Fozilov so‘zboshi yozgan. Oyatlar, hadislar, arabiy she’rlarni hozirgi o‘zbek tiliga filologiya fanlari nomzodi Yusufxon Shokirov tarjima qilgan.



Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish