MAVZU: QAYTA QURISH YILLARIDA O’ZBEKISTON.
REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM:
1. «Qayta qurish» siyosati va ijtimoiy-siyosiy inqiroz
2. Qayta qurish yillarida O’zbekiston madaniyati.
3. Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga “Rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi.
4. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi xalqlarning XX asrning 50-80 yillarida madaniyatdagi ziddiyatlar.
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. “Hoyotimizda qanday o’zgarishlar ro’y berganini baholash uchun, - deydi Respublikamiz 1-Prezidenti I.A.Karimov, - bizga sodiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur… Noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaxarlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi.”1 Totalitar tuzum tazyiqidan qutulish uchun milliy o’zlikni anglash kishilarni eski tafakkur qoliplaridan xalos qilish lozim bo’ldi. Bu u’lkan ijtimoiy – tarixiy axamiyatga ega vazifa eng avvalo tarixchi olimlar zimmasiga tushadi, chunki: “Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini balan ko’tarib yurishi uchun insonga, albatt, tarixiy xotira kerak… Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustaxkamlaydi”.
Qayta qurish — 20-asrning 80-yillari oʻrtalarida keng isteʼmolga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni "qayta qurish" yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M.S.Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda maʼlum oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, "sovuq urush"ning tugashi va h.k.). Qayta qurishniamalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80-yillarning oxiri — 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida boʻhronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol boʻladi.
Qayta qurish sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik gʻoyalariga toʻgʻri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |