Mavzu: qayta qurish yillarida o’zbekiston. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga “Rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi



Download 52,91 Kb.
bet4/6
Sana11.03.2023
Hajmi52,91 Kb.
#918034
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA QURISH YILLARIDA O’ZBEKISTON.

3. Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga “Rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi.
Ikkinchi jahon urushini g’alaba bilan tugallagan SSSR o’zini yanada mag’rur tuta boshladi. Oliy siyosiy rahbariyat fashizm ustidan qozonilgan bu g’alabani “sotsializmning imperializm – kopitalizm ustidan qozongan g’alabasi”, marksizm – leninizm – stalinizm1 g’oyasining “mardonavor tantanasi”, kommunistik mafkuraning yengilmas kuchi sifatida izohladilar.
Sovet qo’shinlari fashistlardan ozod qilgan bir qator Yevropa mamlakatlarida (Bolgariya, Vengriya, Ruminiya, Chexoslovakiya va boshqalar) “Sovetlarga” yangi hukumatlar tashkil qilinib, ular sotsialistik yo’ldan bora boshaladilar. Bu jarayonni kommunistik mafkura rahnamolari sotsializmning jahon miqyosida g’alabasi, “sotsializmning bir necha mamlakatlarda birdaniga g’alaba qilishi”, “sotsialistik sistemaning yuzaga kelishi” deb baholadilar. Urushdan keyingi yillardan boshlab kommunistik mafkura o’zining xalqaro va ichki miqyosidagi barcha targ’ibot-tashviqot, ommaviy – siyosiy ishlar olib boruvchi ulkan mexanizmni ana shu g’oyani xalq ommasi ongiga singdirishga safarbar qildi. Natijada urush tufayli bir oz bo’lsada susaygan g’oyaviy siyosiy tazyiqlar, cheklashlar yana avj ola boshladi. 3
Shunisi hayratlanarliki har bir tarixiy bosqichda kommunistik g’oyafurushlar yangi – yangi aqidalarni o’ylab topardilar.
50- yillarning oxirlarida SSSRda sotsializmning to’la va uzil-kesil g’alaba qilganligini KPSS XXI syezdi (1959 yil yanvar - fevral) tantanali ravishda e’lon qilindi. Shu bilan birga siyosiy rahbariyat “80- yillarda sovet xalqi kommunizmda yashaydi” deb va’da berdi. Hatto bo’lajak kommunizm kishisining “Ahloq kodeksi” ham ishlab chiqildi. Barcha madaniy – ma’rifiy, ommaviy – siyosiy, ishlar xalq ommasini “Ahloq kodeksi” ruhida qayta tarbiyalashga safarbar qilindi.
Biroq mustabid tuzum o’z mohiyatiga ko’ra unitary (qo’shma) davlat bo’lganligi uchun ham bunday “Erkin jamiyatni yarata olish mumkin emasdi”. 60- yillardayoq jamiyat taraqqiyotida kundan - kunga sekinlashish mexanizmi tobora kuchayib, ijtimoiy – iqtisodiy sohalarda ham beqaror rivojlanish ko’zga tashlandi va SSSRda 80-yillarga kelib “va’da qilingan kommunizm” bo’lmasligi yaqqol sezilib qoldi. Shu boisdan ham markaz siyosiy rahbariyati sovet xalqlarini kommunizmda yashashiga ishontirgan N.Xurishchevga barcha aybni qo’yib, “Kommunizmga erishish uchun yana bir bosqich – “rivojlangan sotsializm” boshqichini bosib o’tish zarurligi, busiz kommunizmga o’tib bo’lmasligi” aytib o’tildi. Shu asosda “kommunizm g’oyasi” o’rniga navbatdagi aqida – “rivojlangan sotsializm” g’oyasi sovet jamiyatining ijtimoiy – siyosiy hayotiga sun’iy ravishda kiritildi. Bu partiyaning navbatdagi g’oyaviy – siyosiy o’yini xalq ommasini e’tiborini mustabid tuzumning illatlari oqibatida yuzaga kelgan jamiyat taraqqiyotiga bo’layotgan muhim muammolardan chalg’itish edi.1
60-80 yillarda partiya “rivojlangan sotsializmga” erishish uchun o’zining barcha imkoniyatlarini ishga soldi, Ommaviy axborot, targ’ibot – tashviqot bosmalari xalq ommasi ongiga, rivojlangan sotsializm “bosqichida sotsializm o’zining eng yuqori” fazasiga erishadi, bu davrda san’at, qishloq xo’jaligi, fan va texnika, madaniyat – ma’rifat imkon darajasida rivojlanadi, xalqning turmush darajasi muntazam olib boradi, sovet kishilarning yangi “sotsialistik turmush tarzi” shakllanadi, degan soxta, amalga oshirib bo’lmaydigan, g’oyalarni singdirishga harakat qildi. 4
1946-1985 yillar oralig’ida Markaz ideologlari tomonidan o’ylab topilgan ana shu xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo’lganidek, O’zbekistonda ham maorif oliy ta’lim, ilm – fan, san’at o’ta siyosiylashgan holda rivojlanishga majbur qilindi.
Yana eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar madaniyatini o’ziga mujassamlashtirgan yagona “sovet madaniyati” yaratilganligining e’tirof etilishi SSSRga birlashtirilgan barcha xalqlar ma’naviyatining bundan keyingi yo’nalishini belgilab berdi. Ushbu davra madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo’lgan. Erkinlik demokratiya1 batamom yo’q qilindi. Madaniyat, ayniqsa milliy madaniyatning “rivoji” maxsus qalbiga solindi. Siyosiy o’lchovlarga, kommunistik mezonga javob bermagan har qanday asar yo’qqa chiqarildi, uning muallifi jamiyatga yaroqsiz shaxs sifatida “chetga surib” qo’yildi.
Ayni paytda, 1946-1983 yillarni o’zbek madaniyati to’liq tushkunlik davri deyish ham xato bo’lur edi. Chunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar qolipga solishlar kuchaygan bo’lsada madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. Bu yillarda yaratilgan ijobiy ishlar, omma orasida olib borilgan madaniy – ma’rifiy tadbirlar o’ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo’lsa ham, u baribir o’zbek xalqining shu davrdagi milliy madaniyati bo’lib qoldi, xalqning madaniy – ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi. Xususan, maorif oliy ta’lim muassasalariga tegishlidir.
Respublika xalq urushidan keyingi yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keldi. Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor berilmadi. Ana shu “odat” urushdan keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi.
Urush davrida urushga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni urushdan keyingi dastlabki yillarda ta’lim tizimiga tortish juda muhim masala bo’lib qoldi. Bundan tashqari, urush yillarida ta’lim sifati ham juda pasayib ketgan bo’lib, 20-yillardagi qoloq uslublarda olib borildi. Bu esa o’quvchilarni o’qishdan bezdirar, o’qishni tashlash va sinfdan qolish hollari ko’paymoqda edi. Masalan, 1945-1946 o’quv yillarida O’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1mln.10 ming kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p bo’lib, 1946 yilda u barcha o’quvchilarning 37%ini tashkil etardi. Ayniqsa qiz bolalarni maktabga jalb qilish, ularni o’qishni tugatguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko’ndalang bo’lib turdi.
O’qituvchi xodimlar masalan urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. Chunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan 1947 yilda Respublika maktablarida mavjud bo’lgan kamchiliklar berilayotgan bilimlar fan – texnika taraqqiyoti darajasiga to’g’ri kelmasdi.
Shuning uchun ham 1959 yil martda O’zbekiston oliy soveti “Mamlakatning hayot bilan aloqasini mustahkamlashga va respublikada xalq ta’limi tizimining yanada rivojlanishi to’g’risidagi” yangi qonun qabul qilindi. Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo’lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik odati bu gal ham muammoni hal qilish yo’lida to’g’anoq bo’lib xizmat qildi, oqibatda xalq ta’limida ahvol o’zgarmadi. 60- yillar O’zbekistonda “ rivojlangan sotsiolizm” bosqichi deb e’lon qilindi. Jamiyat mamlakat rahbariyatidan ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy – ma’rifiy sohalarda jiddiy sifat o’zgarishlarini amalga oshirishni kutmoqda edi. Biroq amalda unday bo’lmadi. Lekin uning o’rniga siyosiy rahbariyat aqidaparastlikni ommaviy – siyosiy ishlarni avj oldirdi. Xalq ta’limi tizimi ham ana shu “girdobga” tashlandi.
Rasmiy hokimiyat soxta praletor baynalminalligini amalda kuchaytirish maqsadida maktablarda rus tili va adabiyotini kengroq o`qitishga urg`u berdi. Chunonchi “Xurushchevning topshirig`iga ko`ra Sudlov rahbarligida mafkuraviy mahkama SSSRning urush bo`lmagan millatlarni o`rislarga qo`shib yuborishga tayyorlash bo`yicha mufassal dastur tayyorladilar. Bu dasturda to`g`ridan-to`g`ri zo`ravonlik belgilari yo`q masxaraomuz va muloyim qilib: “Millatlarning gullab yashnashi va yaqinlashuvi” deb ataladi. Biroq “gullab yashnash” degan boshqa millatlarga o`ris madaniyatini singdirish, anglashlar, yaqinlashish” deganda esa “qo`shilib ketish” tushunilar edi. Dasturning o`zagi – yagona kommunistik millatni yaratishning dastlabki sharti bo`lgan o`ris bo`lmagan millatlar uchun tilini ona tiliga aylantirishdan iborat edi.5 Natijada 60-yillarda O`zbekiston tarixi, o`zbek tili va adabiyoti, chet tillari, musiqa va qo`shiqchilik darslari hajmi keskin qisqardi va ular o`quv rejasida belgilanganidan haftasiga 16,5 soatga kamayib ketdi. Masalan, o`quvchilar “XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida o’zbek adabiy – badiiy muhiti”, “Milliy madaniy jarayonlar” to’g’risidagi mavzularda dars o’tishi lozim bo’lgan soatlarda rus madaniyatining “progressiv” ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur bo’ldilar. Nihoyatda boy va ko’hna o’zbek xalqi tarixini o’rganishga 52 soat ajratilgan holda boshlang’ich maktablarda rus tili va adabiyoti predmetlari uchun 1600 soat ajratildi.6
70-80 yillarda O’zbekiston maktablarida ahvol sifat jihatidan o’zgarmay qolaverdi. Maktablar jahon tajribalaridan, zamonaviy texnika va o’qitish vositalaridan foydalanmadi. To’g’ri bu ishlarda maktablar, o’quvchilar soni yildan – yilga ortib bordi, son ko’rsatkichlari kishini hayratga solar darajada ortdi. Masalan, O’zbekistonda 1945-1946 o’quv yilida jami 4525 maktab bo’lib, qariyb 998 ming o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1970-1971 o’quv yilida respublikaning umumiy umumta’lim maktablari soni 7012 taga, ularning o’quvchilari esa 3mln164 ming kishiga yetdi.
Biroq ularning sifat darajasi (ayniqsa qishloq maktablari) ancha past edi. Chunki ko’klarga ko’tarib maqtalgan “rivojlangan sotsializm” bosqichi ham 20-30 yillarda shakllangan “qoldiq prinsipi”ning ijtimoiy oqibatlarini yo’qota olmagan edi.
1970-1980 yillarda xalq ta’limi uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag’ 11% dan 8% ga kamayib ketdi. Respublikaning barcha viloyatlaridagi maktablarning 20-60% zarur o’quv qurollari, asbob – anjomlar bilan jihozlanmay qolaberdi, 50%dan ortiq maktablarda issiq ovqat bufetlari tashkil etilmadi. Kuni uzaytirilgan guruhlar ishi ayniqsa o’lda – jo’lda qoldi. 70-80 yillarda 1-8 sinf o’quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruhlarda jalb etilgan edi xolos.7
Umumta’lim maktablarning faoliyati “rivojlangan sotsializm” g’oyasini o’quvchilarga singdirish, ularni “kommunistik ruhda” tarbiyalashdan iborat bo’ldi, “Kommunistik tarbiya”dan ko’zlangan maqsad esa yoshlarni “proletor internatsianalizm”ga “katta og’aga” sodiqlik, sinfiylik, partiyaviylik ruhida tarbiyalashdan iborat edi. Milliylik esa o’zbek maktablari mazmunidan chiqarila boshlandi. Maktablardagi tarbiya Yevropa tarixi misolida olib borildi. Yevropa madaniyati, tarixi amalda baynalmilallik namunasi sifatida talqin etildi. Natijada o’zbek o’quvchilarida milliy o’zlikni anglash, urf-odat, milliy an’analarga sodiqlik kayfiyatidan ajralish hollari ro’y bera boshladi. Maktab o’quvchilarining o’quv rejasidagi soatlarini uzaytira olmasligi odatiy hol bo’lib qoldi. Bu ularning paxta va qishloq xo’jalik ishlariga ko’proq jalb qilinishi bilan izohlanadi. O’quv yilining 3-4 oyi ana shunday majburiy tadbirlar bilan band bo’lishga ketar edi. Bu esa o’zbek o’quvchisini jahon standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy fan sohalarini o’zgartirishga imkon bermasdi.
Ikkinchi jahon urushidagi katta yo’qotishlar oliy ma’lumotni xodimlarning son va sifat jihatdan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida urushdan keyingi yillardanoq oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi.
1950 yilda respublika xalq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashda 26 ta oliy o’quv yurtlari, shuningdek, 2 ta universitet faoliyat ko’rsatadi. Shu bilan birga 92 ta texnikum, o’rta maxsus ta’lim tizimida ish olib bordi. 1950-1953 yillarda respublika oliy o’quv yurtlarida 16,600, o’rta maxsus bilim yurtlarida 19 ming mutaxassis tayyorlandi. Biroq o’zbek qishloqlari va shaharlaridagi og’ir iqtisodiy ahvol mahalliy aholi yoshlarini oliy maktablarda o’qishga imkon bermas, ulardan yuqori malakali mutaxassis xodimlar tayyorlashiga to’sqinlik qilardi. Xususan, 1950-1953 yillarda oliy o’quv yurtlarini bitirganlarning atigi 30%ini, o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilarining esa 33%ini o’zbeklar tashkil qildi xolos.8
O’zbek millatiga mansub yoshlarni oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlariga bunchalik kam jalb etilishining yana boshqa o’zga o’ziga xos sabablari ham bor edi, albatta. Bulardan birinchisi, o’quv yurtlariga kiruvchi yoshlar o’rta maktablarda ommaviy – siyosiy tadbirlarga, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa qishloq yoshlari) asossiz ravishda ko’plab jalb qilinishi oqibatida ular oliy o’quv yurtlariga kira olishlari uchun talab qilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo’lmasdilar. 60 yillardan boshlab oliy o’quv yurtlari qoshida maxsus tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan qishloq yoshlaridan jalb qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Yana muhim sabablardan biri, oliy o’quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtihon qo’yilishi va talabalarga rus tilida (80-yillardan boshlab) dars o’tilishi edi. Natijada respublika oliy o’quv yurtlarida qishloq yoshlari salmog’i kamayib ketdi. Chunki qishloq maktablarida na tarixiy tillar, na rus tili (bu soha o’qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishloq maktablarida ishlashni xohlamasliklari natijasida) yetarli darajada, ayrim maktablarda esa umuman o’qitilmas edi. Bu hol oliy maktablarda shaharlik yoshlarning ko’payib borishiga qishloqlarda esa oliy ma’lumotli mutaxassislar muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.



Download 52,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish